Qisqacha tarixi Maqsad va vazifalari


-son 10.02.2004. ISLOM TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 29.82 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi29.82 Kb.
#212084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islom taraqqiyot banki

65-son 10.02.2004. ISLOM TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2004—2007-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish mo‘ljallangan loyihalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

2. Islom taraqqiyot banki bilan birgalikdagi loyihalar va texnik ko‘maklashish grantlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari:

amalga oshirish mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni tayyorlashdan tortib to‘liq tugallashgacha bo‘lgan zarur ishlarning butun turkumi bo‘yicha samarali monitoringni ta’minlash uchun ikki hafta muddatda ishchi guruhlar tuzsinlar;

xarajatlarning mahalliy ulushini moliyalashtirish va qarz mablag‘larni qaytarishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Islom taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga majburiy tartibda kelishish uchun taqdim etiladi;

yangi loyihalarni moliyalashtirishga buyurtmanomalar Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan Islom taraqqiyot bankiga yuboriladi.

5. 1-ilovada ko‘rsatilgan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining raisi E.M.G‘aniyev moliyaviy va texnik ko‘makni olish uchun Islom taraqqiyot bankida buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.




Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling