Qisqacha tarixi Maqsad va vazifalari


Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi


Download 29.82 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi29.82 Kb.
#212084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islom taraqqiyot banki

Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.


Joriy yilda xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan yo‘naltirilgan 2,7 milliard dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Ularning asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yig‘ilishda xalqaro moliya institutlari pandemiya bilan kurash uchun sog‘liqni saqlash sohasiga ajratayotgan 277 million dollar miqdoridagi mablag‘larni tez fursatlarda va samarali o‘zlashtirish lozimligi ta'kidlandi.

Islom taraqqiyot banki bilan kelishib, Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxona va Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin hududini zamonaviy tibbiy texnikalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Islom taraqqiyot banki koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak beradi. Bu haqda investitsiyalar va tashki savdo vazirligi rasmiy saytida ma'lumot berilgan.

Xabarda aytilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzoqov bu borada Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan videomuloqot olib borgan.

Muzokaralar yakunida ITB prezidenti 2,3 milliard dollar miqdordagi «Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami» mablag‘laridan 17 million dollari O‘zbekistonga yo‘naltirilishini ma'lum qilgan.

«Shuningdek, Bandar Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlash loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million AQSh dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Jahon banki rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan va unga ko‘ra bank O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar kredit ajratishga tayyorligi xabar qilingandi.



Yuqoridagi ma`lumotlar milliy saytlarimizdan olindi. Quyida ITB rasmiy saytidagi ma`lumotlar bilan qizqa tarzda tanishamiz. https://www.isdb.org/search?qq=Republic+of+Uzbekistan&qloc=&qtype=

O'zbekiston ITB ga 2003 yilda a'zo bo'lgan. Kapitalda uning ulushi 13.4 million (0.03% ITB jami kapitali). O'zbekiston ham XSRIK, ISFD va IRTI a'zolaridir. O'zbekiston strategik jihatdan Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston Respublikasi, Turkmaniston va Afg'oniston bilan chegaradosh quruqlikdagi mamlakatdir. O'rta daromadli mamlakat va mineral resurslarga boy. 32,1 mln. aholi (2017) bilan O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi umumiy aholisining 45% ini tashkil etadi. 448,9 ming km hududga ega.

11 fevral 2007 ITB tomonidan moliya va savdo orqali ajratilgan 943 million AQSH dollari kapitaldan 10.3 millioni yuqori maktab(Kolledj va Akademil litsey)larni moliyalashtirish va jihozlashga yo`naltirildi.

8 aprel 2008 ITB tomonidan 15 million AQSH dollari O`zbekiston milliy bankiga texnik sohani rivojlantirish uchun ajratildi.

16 sentyabr Osiyo Taraqqiyot banki va Islom Taraqqiyot banklari 4 milliard dollarlik reja bitimini imzolashdi. Bitimga ko`ra 2tomon 2 milliarddan kapitalni taminlashni o`z zimmasiga oladi. Yig`ilgan kapital kelgusi 3(2009-2011) yil ichida nisbatan rivojlanmagan (Afghanistan, Azerbaijan, Bangladesh, Indonesia, Kazakhstan, Kyrgyz Republic, Maldives, Pakistan, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan) kabi 14ta a`zo mamlakatlarni rivojlantirish uchun sarflanishi rejalashtirildi.

22 iyun 2009 Islom taraqqiyot banki 664 million AQSh dollarini o'n olti A'zo mamlakatga taqsimladi. O'zbekiston Respublikasi uchun 53 million AQSH dollari Jizzax va Sirdaryo hududlarida sug'orishni va tarmoqlashtirishni rivojlantirish uchun ajratildi.

14 dekabr 2009 ITB yangi rivojlanish proektlariga 504 million AQSH dollari miqdorida kapital ajratdi. Unda 35 millioni O`zbekistonga to`g`ri keldi.

13 iyul 2010 ITB Markaziy Osiyoga A'zo mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda bo`yicha qatpr qarorlar qabul qilindi.

21 aprel 2013 O`zbekiston va ITB guruh azo davlatlarini qo`llab quvvatlash maqsadida chora tadbirlar olib boorish to`g`risida qaror va fikirlar ko`rib chiqildi.
21 may 2013 ITB 462 million AQSH dollarini a`zo mamlakatlar rivojlanish proektlari uchun ajratdi.

24 dekabr 2013 O`zbekistonda Sog`liqni saqlash labaratoriyalarini rivojlantirish uchun 17.4 million shuningdek qishloq joylarni rivojlantirish uchun 9 million AQSH dollari miqdorida kapital ajratildi.

4 iyun 2017 Dr. Bandar Hajar Pokiston va O`zbekiston rivojlanish yo`llari haqida fikir bildirdi.

Toshkent, O'zbekiston, 2018 yil 18 sentyabr-Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi O'zbekiston Respublikasi uchun $1,3 mlrd.lik hamkorlik strategiyasini (2018-2021) e'lon qildi. O'zbekiston hukumati bilan yaqin maslahatlashgan holda tayyorlangan A'zo mamlakat hamkorlik strategiyasi (MQP) keyingi to'rt yil mobaynida mamlakatda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qator ikki tomonlama va mintaqaviy tashabbuslar orqali qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
20-oktyabr 2016 ITB Markaziy Osiyo uchun maxsus programma doirasida O`zbekistonni qo`llab quvvatladi.
Islom banki to`g`risida mutahasislar fikri bilan telegramdagi “Islom moliyasi” kanali va YouTubedagi Mfaktor kanallaridan foydali ma`lumotlar olsa bo`ladi. Bu ijtimoiy sahifalarda ko`rgan va o`qigalarimni to`liq yoritib bera olmadim, shunisiga rozi bo`lasizlar. Agar sizlarni bu mavzu qiziqtirgan bo`lsa yuqoridagi aytib o`tgan ijtimoiy sahifalarga albatta tashrif buyuring.

Foydalanilgan adabiyotlar

https://en.wikipedia.org/wiki/Islamic_Development_Bank

https://kun.uz

https://kun.uz/uz/news/2018/09/19/zamsid-kuckorov-islom-tarakkiet-banki-prezidenti-bilan-ucrasdi

https://www.isdb.org

https://www.youtube.com/watch?v=3tLCJN-JFs8

https://www.youtube.com/channel/UCndfnAvNF8vutbH15zLRapA/videos

tm/islom moliyasi kanali

Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling