Qisqartma soʻzlar barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar
Download 40.5 Kb.
|
Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Mas, IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalqtaʼlimi boshqarmasi, fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi va faol qoʻllanishi natijasida keyinchalik ogʻzaki nutqqa ham oʻtadi. Qisqartma so‘zlar, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qs.ning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"); 3) soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bosh qismlarini olib qoʻshish bilan (biofak — biologiya fakulteti, jurfak — jurnalistika fakulteti); 4) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarni qisqartirmay qoʻshish bilan (Oʻzdonmahsulot, Oʻzgazloyiha); 5) aralash yoʻl bilan (Oʻzbektelekom, Oʻzteleradiokompaniya, Oʻzavtoyoʻl) va boshqa. Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzLDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora, muassasa, tashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding , Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Q.s tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin. Keyingi turga man-sub oʻzbekcha Qisqartma soʻzlarning aksariyati rus tilidagi soʻz birikmalari va ular asosidagi Qisqartma soʻzlarning kalkalari hisoblanadi, mas, BMT -ma’ruza Ilmiy tadqiqotda qisqartma, havola va bibliografik malumotlarni berish Reja: 1.Ilmiy ishda qisqartmalar. 2. Havola va bibliografik ma’lumotlarni berish usullari. 3. Ilmiy halollik va o’g’rilik (plagiat) nima? Dastlab shartli qisqartmalar haqida. Tadqiqotda juda kop hollarda ayni bir manba (ilmiy adabiyot, tajriba-sinov ishlari natijasi, ayrim tushuncha va atama, hatto tarif va qonuniyat)larni juda kop marotaba, tez-tez takrorlab turishga togri keladi. Chunonchi, "Abdulla Qodiriy asarlarida eskirgan sozlar" mavzusidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi bu adibning "Otkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Juvonboz" kabi asarlarini onlab marotaba tilga olishi, har bir fikrni asoslash uchun bu asarlardan yuzlab misol keltirishi lozim. Bundan tashqari, tadqiqotchi eskirgan sozlar muammosini mufassal tahlil etgan, masalan, Ernest Begmatovning "Ozbek tilining leksik qatlamlari", E. Qilichevning "Badiiy tasvirning leksik vositalari" asarlari, Sh. Rahmatullayevning "ToshDU Ilmiy asarlari. Yangi sira. 211-chiqishi. Filologiya. 24-kitob. Toshkent, 1963" toplamida chiqqan "Arxaizm va istorizm" maqolasini, har xil lugatlarni - ikki jilddan iborat bolgan "Ozbek tilining izohli lugati"ni, 4 jildli "Alisher Navoiy asarlarining izohli lugati" v. h.ni tez-tez takrorlab turishi lozim. Ilmiy ishda, ixchamlik va tejamlik nuqtayi nazaridan, unda tez-tez takrorlanib turuvchi manba va tushunchalarni tadqiqotchi, odatda, qisqartma (shartli qisqartma)lar bilan beradi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarda juda kop holda chizma, diagramma, qonuniyatlarni ixcham va yorqin aks ettiruvchi formula, jadvallar keng qollaniladi. Ularda ham, asosan, har xil shartli qisqartmalar qollaniladi. Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qollaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xildir. Ularning birinchi turi malum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilardir. Kimiyoda H (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada " + " (qoshish), " - " (ayirish), " " (ildiz), " a2 " (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), V (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidandir. Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V - fel, Vtr - otimli fel, Vin - otimsiz fel, S - ega, P -kesim, Pv - fel kesim. , Pn - ot kesim. Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, "Tilshunoslikka kirish" oquv qollanmalarida sharhlanadi. Muallif bunday qisqartmalardan foydalanganda qisqartma olingan manbani aniq korsatishi lozim. Chunonchi, M. Saidovaning tadqiqotida shunday jumlani oqiymiz:' Modellarda biz "Русская грамматика. Москва. Наука. 1980" kitobida berilgan shartli belgi va qisqartmalar tizimini tola-tokis saqlaymiz. Bunda tayanch manba ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan, mashhur, har bir ilmiy kutubxonada osongina topiladigan bolishi lozim. Ikkinchi turdagi qisqartmalar muallifning ozi tomonidan yaratiladi. Bunday qisqartmalar qulay va toliq sharhiga nima bilandir ishora qilib turadigan bolishi zarur. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning yuqorida sanab otilgan uch romanida eskirgan sozlarning qollanilish muammosini organayotgan tadqiqotchi ularni RI (yani birinchi roman), RII, R III deb ham, A1, A2, A3, deb ham, oddiygina I, II, III shartli qisqartma sifatida berishi mumkin. Lekin bunday qisqartma noqulay. Kitobxonni qiynaydi. Bu romanlarni OK, MCh, ObK qisqartmalari bilan berish esa ancha qulay, chunki qisqartmada asarning toliq nomiga ishora mavjud: OK-"Otkan kunlar", MCh-"Mehrobdan Chayon" v. h. Muallif oz ishida foydalangan qisqartmalar alohida asarlarda (dissertatsiya, monografiya, darslik v. h. ) ishning kirish qismidan oldin, mundarijadan keyin, ilmiy maqolalarda esa maqola oxirida maxsus sarlavha (foydalanilgan qisqartmalar) ostida toliq va aniq ochib berilishi shart. Yosh tadqiqotghilarga shu eslatib otish joizki, qisqartmalardan zarur bolgan hollarda foydalanish kerak: qisqartmalar sonining kopligi, ularning o‘rinsizligi ishni oqish va uqishni murakkablashtidadi,qulaylik o‘rnida chigallik tugdiradi. Endi ilmiy tadqiqda havolalar masalasiga otamiz. Ilmiy tadqiqotning muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalardir. Ilmiy havola tadqiqotchining qanday manbalarga tayanib tadqiqot olib borganligini korsatib turadi. Tadqiqotda havola asosan, ikki turlidir. Bular: a) material, tadqiq hodisalari, tajriba-sinov ishlariga havola; b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilarning fikriga havola. Istagan ilmiy tadqiqot hamisha faktlarga (faktik materialga) tayanadi. Bu faktik material tilshunoslik tadqiqotlarida malum bir manbadan - tilning voqelanish korinishlari - nutqdan (jonli sozlashuv, sheva, yozuvchilarning asarlari v. h. dan), otkaziladigan tajriba-sinov natijalaridan, zarur holatda ilmiy tadqiqotlardan olinadi. Bularning barchasi tadqiqotchi va tadiqiqot uchun material manbayidir. Ilmiy ishda keltirilgan har bir faktik materialning qaysi manbadan olinganligi aniq (tadqiqotni oqiyotgan boshqa shaxs osonlikcha topa oladigan shaklda) korsatilgan bolishi kerak. Material manbayi, odatda, faktik material keltirilgach, qavsda - juda kop holda shartli qisqartmalar bilan beriladi. Chunonchi: Qodiriy asarlarida moziy sozi "otmish", "otgan zamon" manosida qollaniladi: Moziyga qaytib ish korish xayrlik (OK-10). Faktik materialning tur va xususiyatiga kora havolada uning manbayini korsatish ham xilma-xil bolishi mumkin. Faktik material manbayi tadqiqot matni ichida (chunonchi: "bir tilli" shevada r malum pozitsiyalarda . . . . tushib qoladi. . . . . 23) berilishi mumkin. Tajriba-sinov ishlari natijalari faktik material sifatida keltirilganda, natijalar elon qilingan bolsa, nashr manbayi, elon qilinmagan bolsa, otkazilgan orni va vaqti, uni qayd etgan muassasa korsatilishi zarur. Faktik material arxiv yoki muzey materiallaridan olinganda, arxiv (muzey), uning joyi, fond raqami (nomi), qayd raqami korsatiladi. Faktik material havolasidan maqsad kitobxonning - zarur bolganda - shu malumotni oson topishi va tekshira olishi ekanligini unutmaslik lozim. Ilmiy ishda havolaning ikkinchi turi boshqa tadqiqotchilarning ish va fikrlariga ishoradir. Bunday havolalar ilmiy tadqiqotda, asosan, uch usul bilan berilishi mumkin: a) sahifaosti izoh; b) matn ichida ajratilgan izoh; d) bob (bolim, tadqiqot) oxirida keltirilgan izoh Ilmiy ishlar, fikrlar manbayi ham ilmiy tadqiqotlar(monografiya, maqola, maruza v. h. )da 4 turda berilish mumkin: 1) muallif, asari, nashriyoti, nashr yili, zarur betlari toliq korsatilgan holda; 2) raqamlash usuli bilan; 3) muallif va bosilgan yilini korsatuvchi qisqartma holida; 4) tadqiqotchi lozim ko`rgan qisqartma shakllaridan birida. Birinchi turdan, asosan sahifaosti izohlarda foydalaniladi. Bu usul fikrlar manbayini kitobxonga yetkazishning eng qulay usuli, lekin, birinchidan, juda kop joyni egallaydi.Ikkinchidan, havolalarni bunday berish kitobxon diqqatini chalgitib turadi. Bazan bu turdan bob ( yoki asar) oxirida beriladigan izohda ham foydalaniladi. Bu holda tadqiqot matni ichida boshqa tadqiqotlarga, fikr manbalariga havola orinlari arab raqamlari bilan batartib belgilab boriladi va bob (asar) oxirida har bir tartib raqamiga mos manba aniq va toliq korsatiladi. Bunda bir muallifning ayni bir tadqiqoti takror-takror keltirilganda, birinchi keltirilishda toliq berilib, qolgan orinlarda faqat muallif korsatiladi va "Osha asar" havolasi beriladi va shu oringa aloqador betlarga ishora qilinadi. Havolalarni raqamlash usuli bilan berish eng tejamli usuldir. Bunda bob (asar) oxirida "Foydalanilgan adabiyotlar" sarlavhasi ostida manbalar qatiy alifbo tartibida beriladi. Matn ichida havola zarur bolganda shu manbaning bu royxatidagi tartib raqami, undan keyin vergul qoyilib, zarur beti korsatiladi, nuqta yoki nuqtali vergul qoyiladi: Chunonchi: "Boglovchilar gap bolaklari va ayrim-ayrim sodda gaplarni boglash uchun xizmat qiladigan yordamchi sozlardir" 342, 501.24 Demak, R. Sayfullayeva bu fikrni shu shaklda "Foydalanilgan adabiyotlar royxati"da 342-raqam ostida keltirilgan manbaning 501-betidan olgan. Matn ichida bir orinda bir necha manbaga havola etilganda, har bir manba raqami nuqtali vergul bilan ajratib boriladi. Havolaning bu tejamli usuli ham oz noqulayliklariga ega. Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlarning goyalari va materiallariga tayanib ishlayotganligini bilish uchun kitobxon bob (asar) oxiriga qayta-qayta murojaat etishi zarur. Ikkinchidan, bunday tizimdan foydalanish muallifdan katta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Zeroki, bitta raqamdagi xato manbani tamoman ozgartirib yuboradi. Ilmiy ishda esa bu nafaqat qopol xato, balki salaflarga hurmatsizlik deb ham sanaladi. Havolalarni uchinchi usulda (asar muallifi va uning bosilgan yiliga ishora etuvchi qisqartma bilan berish yoli) ilmiy ishlarda eng qulay va tejamkordir. Bu usuldan havola berishning tortala turida ham bemalol foydalanish mumkin . Bu usuldan foydalanganda manbaning shartli qisqartmasi yo ishning boshida - shartli qisqartmalar bolimida, yoki ishning oxirida "Foydalanilgan adabiyotlar va ularning qisqartmalari" - qismida toliq ochib boriladi. Bunday qism ilmiy tadqiqlotda, xususan, dissertatsiyada "Adabiyotlar royxati" zaruriy qismi ornini ham bosadi. Ilmiy ishda havolalar quyidagi hollarda beriladi: 1. Biror tadqiqotchi (muallif)ning asari, maruzasidan malum bir fikr, izoh yoki malumot aynan keltirilganda. Bunda bu olinma kochirma gap sifatida imlo qoidalariga mos ravishda berilgani maqul va oxirida olinma manbayi korsatilishi shart. Bunday olinma bitta atama, bir-ikki soz birikmasi yoki gap hajmida ham, katta (bazan bir-bir yarim bet) band (yoki abzaslar)dan iborat bolishi ham mumkin. Bunday olinmada tadqiqotchi olinmaning malum bir qismini tushirib qoldirsa, osha orin kop nuqta (. . . ) bilan belgilanadi; bir qismini alohida borttirib (kursiv, ajratilgan harf, ostiga chizish v. h. usulda) ajratsa, olinma ichidagi izohda korsatilishi lozim. 2. Tadqiqotchi oz fikrini bayon qilayotganda boshqa tadqiqotchilarning ismi sharifini tilga olib, ularning materialiga tayanib tahlil olib borayotganligini eslatganda ham manbalarga havola berishi zarur. 3. Tadqiqotchi biror hodisa (voqea) tavsifini berayotganda ozgalarning ishidan olgan (ozlashtirgan) malumotlarni alohida takid bilan ajratmay, oz nutqiga singdirib borgan hollarda ozlashtirilgan malumot manbayi shu malumotdan keyin korsatilishi zarur. Ilmiy havola ilmiy halollik belgisidir.Havolalar orqali tadqiqotchi oz salaflari bilan boglanadi, ularning xizmatini tan oladi, kimlarning yelkasida turib tadqiq olib borayotganligini e`tirof etadi. Lekin havolala Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling