Qiymatlari qanday o‘zgaradi
Download 32.3 Kb.
|
Kimyo
Kimyo [1] _______________________________________ 1. Etalon sifatida 12C izotopi absolyut massasining 1/12 qismi o‘rniga, 24Mg izotopi absolyut massasining 1/12 qismi olinsa, massa atom birligi (a) va nisbiy molekulyar massa (b) qiymatlari qanday o‘zgaradi? A) a – 2 marta ortadi; b – 2 marta ortadi B) a – 2 marta kamayadi; b – 2 marta kamayadi C) a – 2 marta ortadi; b – 2 marta kamayadi D) a – 2 marta kamayadi; b – 2 marta ortadi 2. Quyidagi sxemada moddalarning uch xil fizik agregat holatga o‘tishi tasvirlangan. Ushbu sxemadan foydalangan holda, quyidagilarni juftlang. a) suyuqlanish; b) kondensatlanish; c) sublimatlanish; d) bug‘lanish; e) kristallanish (qotish); f) desublimatlanish. A) 1 – e; 2 – a; 3 – c; 4 – f; 5 – b; 6 – d B) 1 – e; 2 – b; 3 – c; 4 – f; 5 – a; 6 – d C) 1 – e; 2 – a; 3 – d; 4 – f; 5 – b; 6 – c D) 1 – e; 2 – a; 3 – f; 4 – c; 5 – b; 6 – d 3. Sulfat angidrid va noma’lum gaz teng massada aralashtirilganda molyar massa 32 g/mol bo‘ldi. Ushbu gazlar teng hajmda aralashtirilsa, molyar massa nimaga teng bo‘ladi? A) 25,6 B) 36 C) 40 D) 50 4. Molyar nisbatlari 2:1 bo‘lgan XH3 va CH4 aralashmasida 16 g metan bo‘lib, aralashmadagi elementar zarrachalar (proton, elektron, neytron) soni Avogadro sonidan 70 marta ko‘p bo‘lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) bor B) azot C) aluminiy D) fosfor 5. 232Th → 208Pb + xe + yα ushbu jarayonda 4,16 g qo‘rg‘oshin izotopi hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha mmol elektron ajralgan? A) 20 B) 40 C) 60 D) 80 6. Ftor atomi tarkibidagi toq elektronning barcha kvant sonlari yig‘indisini aniqlang. A) 4,5 B) 5,5 C) 6,5 D) 7,5 7. Aren molekulasi (benzol gomologi) tarkibidagi uglerod – uglerod bog‘lar soni uglerod – vodorod bog‘lar sonidan 1 taga kam bo‘lsa, molekuladagi gibrid orbitallar sonini hisoblang. A) 22 B) 26 C) 30 D) 34 8. Quyidagi sxemada berilgan X va Y moddalarga mos kelmaydigan javobni aniqlang. mol H mol Tuz mol Y mol X 2 1 1 2 1 2 A) Mg va HCl B) Zn va NaOH C) Al va HBr D) Zn va HCl 9. Quyidagi jadvaldan foydalangan holda geliy gazining miqdorlari o‘rtasidagi munosabatni aniqlang. № Bosim (atm) Hajm (litr) Harorat (ºC) Miqdor (mol) 1 1 22,4 0 x 2 2 22,4 273 y 3 4 44,8 0 z A) x > y > z B) x = y < z C) x = y > z D) x < y < z 10. NH4ClO4(q) → N2(g) + Cl2(g) + O2(g) + H2O(s) ushbu jarayonda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 163/4 B) 131/3 C) 235/8 D) 203/7 11. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, birikma formulasini toping. Birikma ω(X) ω(Y) X3Y2 1/2 1/2 ? 4/7 3/7 A) X2Y B) XY C) X2Y3 D) XY2 12. Qotishma sulfat kislotada eritilganda sulfit angidrid va vodorod, xlorid kislota yoki natriy gidroksid eritmalarida eritilganda faqat vodorod Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim gazi ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibida qanday metallar bo‘lishi mumkin? A) mis, natriy B) kumush, magniy C) rux, mis D) mis, magniy, oltin 13. Molyal konsentratsiyasi 6,25 mol∙kg-1 bo‘lgan natriy gidroksid eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang. A) 10% B) 20% C) 30% D) 40% 14. Bariy gidroksid va bariy xlorid saqlagan 50 sm3 eritmada 0,1 mol xlor ionlari bor. Eritmaning pH qiymati 14 ga teng bo‘lsa, bariy ionlarining konsentratsiyasini hisoblang. A) c(Ba2+) = 1 mol/dm3 B) c(Ba2+) = 1,5 mol/dm3 C) c(Ba2+) = 2 mol/dm3 D) c(Ba2+) = 2,5 mol/dm3 15. 2X2(g) + Y2(g) → 2X2Y(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha kimyoviy reaksiya tezligi 6,4 mol/l∙s va tezlik konstantasi 200 l 2/mol 2∙s. Moddalar stexiometrik nisbatda olingan bo‘lsa, X2 moddaning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4 16. Rux sulfat kislota eritmasida eritilganda, molyar massasi 44 g/mol bo‘lgan sulfit angidrid va vodorod sulfiddan iborat 0,3 mol gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suv miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,8 B) 1,0 C) 1,2 D) 1,5 17. MnCl2 + KClOx + KOH → K2MnO4 + KCl + H2O ushbu reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisi 22 ga teng bo‘lsa, “x” ning qiymatini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 18. Bertolle tuzi parchalana boshlaganda katalizator qo‘shildi. Reaksiya natijasida ekvimolyar nisbatda tuzlar aralashmasi va 0,3 mol kislorod hosil bo‘lgan bo‘lsa, qanday massadagi (g) tuz parchalangan? A) 24,5 B) 49 C) 73,5 D) 98 19. Quyidagi jarayonlar asosida suvning molyar bug‘lanish entalpiyasini hisoblang. H2(g) + O2(g) → H2O(g) ∆H0 f = – 242 kJ∙mol-1 H2(g) + O2(g) → H2O(s) ∆H0 f = – 286 kJ∙mol-1 A) ∆H 0 f = – 44 kJ∙mol-1 B) ∆H 0 f = + 44 kJ∙mol-1 C) ∆H 0 f = – 528 kJ∙mol-1 D) ∆H0 f = + 528 kJ∙mol-1 20. 400 g suvda (10ºC) m g A tuz eritilib, olingan to‘yingan eritma 40ºC gacha qizdirilganda ajralgan cho‘kmani to‘liq eritish uchun eritmaga 200 g suv qo‘shilgan bo‘lsa, x va y ning bog‘liqlik ifodasini aniqlang (tuzning eruvchanligi ekzotermik). harorat 10ºC 40ºC eruvchanlik x y A) 2x = y B) 3x = 2y C) 2x = 3y D) x = 2y 21. Mis (II) sulfat eritmasi mis elektrodlar [m(katod) = 20 g va m(anod) = 40 g] ishtirokida elektroliz qilindi. Jarayon oxirida katod massasi anod massasidan 12 g ga ko‘p bo‘lsa, eritmadan necha faradey tok o‘tgan? A) 0,125 B) 0,25 C) 0,50 D) 0,75 22. 31,2 g natriy peroksidni regeneratsiya qilish uchun tarkibida hajm jihatdan 2% karbonat angidrid tutgan havodan qancha hajm (litr, n.sh.) talab etiladi? A) 22,4 B) 44,8 C) 224 D) 448 23. Siklobutan va metilsiklopropan uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) molekulyar massasi; 2) suyuqlanish temperaturasi; 3) qaynash temperaturasi; 4) uglerod atomlarining valentligi; 5) uglerod atomlarining oksidlanish darajasi; 6) normal sharoitdagi agregat holati. A) 1, 5, 6 B) 4, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 4, 5 24. Molyar massasi 26 g/mol bo‘lgan metan, etilen va asetilendan iborat 0,5 mol gazlar aralashmasi yetarli miqdordagi kumush oksidining ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashganda aralashma massasi 5,2 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi metanning miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,05 B) 0,10 C) 0,15 D) 0,20 Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim 25. Alken kislotali muhitda (KMnO4) oksidlanganda butanon-2 va 3-metilbutanon-2 hosil bo‘ldi. Neytral muhitda oksidlanganda nima hosil bo‘ladi? A) 2,3,4-trimetilgeksandiol-3,4 B) 2,2,3,4-tetrametilgeksandiol-3,4 C) 2,5-dimetilgeptandiol-3,4 D) 2,6-dimetilgeptandiol-3,4 26. Molyar massasi 28 g/mol bo‘lgan etan, eten va etindan iborat 5,6 g aralashmani to‘liq yondirish uchun qanday miqdordagi (mol) kislorod sarflanadi? A) 0,6 B) 0,75 C) 1,2 D) 1,5 27. Glukozaning 4/5 qismi spirtli bijg‘itilganda 0,6 mol gaz ajraldi. Qolgan qismi moy kislotali bijg‘itilganda necha mol gaz ajraladi? A) 4,8 B) 1,8 C) 0,8 D) 0,3 28. Murakkab efir konsentrlangan sulfat kislota eritmasi bilan qo‘shib qizdirildi. Bunda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi bromli suvga yuttirilganda aralashmaning hajmi 2 marta kamaydi, zichligi o‘zgarmadi. Murakkab efirni aniqlang. A) etilformiat B) izopropilformiat C) izobutilformiat D) izopentilformiat 29. Murakkab efir va magniy organik birikma reaksiyasidan olingan birikmalar gidrolizlanganda 0,1 mol aseton va 0,4 mol uchlamchi butil spirti hosil bo‘ldi. Dastlabki moddalarning miqdor va sifat tarkibini aniqlang. A) 0,5 mol etilasetat va 0,9 mol metilmagniy yodid B) 0,5 mol metilasetat va 0,9 mol etilmagniy yodid C) 0,9 mol etilasetat va 0,5 mol metilmagniy yodid D) 0,9 mol metilasetat va 0,5 mol etilmagniy yodid 30. Chiziqli tuzilishli polipeptid 20 ta glitsin va 30 ta noma’lum aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, polipeptidning molyar massasi 3288 g/mol bo‘lsa, noma’lum aminokislotaning molyar massasini (g/mol) hisoblang. 89 B) 103 C) 117 D) 131 Kimyo-2 __________________________________________ 1. Dunyodagi eng katta olmos 1905-yilda Janubiy Afrikada topilgan “kullinan” olmosidir. Olmos uglerodning allotropik shakl ko‘rinishi ekanligini bilgan holda 300 g olmos tarkibidagi atomlar sonini hisoblang. (NA = 6∙1023 mol-1 ) A) 1,5∙1025 B) 1,5∙1026 C) 3∙1025 D) 3∙1026 2. Nisbiy atom massa birligi sifatida qabul qilingan etalonga mos keluvchi qiymatlarni ko‘rsating. 1) mα( 1H); 2) (1/12)mα( 12C); 3) mα(1/12); 4) 1/NA. A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 2 D) 1, 2, 4 3. Qaysi radikalning ½ moli tarkibidagi elementar zarrachalar (proton, elektron, neytron) yig‘indisi 59∙NA ga teng? A) fenil (C6H5 ∙ ) B) siklogeksil (C6H11 ∙ ) C) geksinil (C6H9 ∙ ) D) geksil (C6H13 ∙ ) 4. Ekvimolyar nisbatda olingan ammiak va vodorod sulfid reaksiyasi natijasida 1,0 g modda ortib qolgan bo‘lsa, bunda hosil bo‘lgan tuz massasini (g) hisoblang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 5. Neon va argondan iborat aralashmadagi neonning massa ulushi 2/3 ga teng bo‘lsa, hajmiy ulushi nimaga teng? A) 1/5 B) 2/5 C) 3/5 D) 4/5 6. Agar elementlarning elektron konfigurat-siyalarini ifodalashda pog‘onalarning tartib raqamlari o‘rniga energetik pog‘onalarining harfli belgisidan foydalanilganda surma atomining elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi? A) ...Os2Op3 B) ...Os2Op4 C) ...Ps2 Pp3 D) ...Ps2 Pp4 7. 224Fr → 208Tl + xα + ye ushbu yadro reaksiyasida 20 mmol alfa zarracha ajralgan bo‘lsa, fransiy izotopining massasini (g) hisoblang. A) 1,12 B) 2,24 C) 3,36 D) 4,48 8. Zarrachalarining o‘lchami 5∙10-9 dm va 5∙10-6 sm bo‘lgan dispers sistemalar qanday nomlanadi? A) chin dispers sistema; kolloid dispers sistema B) chin dispers sistema; dag‘al dispers sistema C) kolloid dispers sistema; dag‘al dispers sistema D) kolloid dispers sistema; chin dispers sistema 9. Rux plastinka qaysi eritmada tutib turilganda, uning massasi ortadi? 1) kumush nitrat; 2) marganes (II) sulfat; 3) xlorid kislota; 4) bariy xlorid. A) 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1 10. 200 g 17% li kumush nitrat eritmasida qanday miqdordagi (mol) natriy metali eritilganda 190 g eritma hosil bo‘ladi? A) 0,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 1,0 11. 200 g litiy karbonat va 228,8 g aluminiy sulfat eritmalari aralashtirildi. Bunda litiy ionining massa ulushi 2 marta, karbonat ionining mol miqdori 4 marta kamaygan bo‘lsa, dastlabki eritmadagi moddalarning miqdorini (mol) aniqlang. A) 0,3; 0,1 B) 0,6; 0,2 C) 0,4; 0,1 D) 0,8; 0,2 12. Quyida berilgan reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang. NiSO4 + NaClO + NaOH → NiO(OH) + NaCl + Na2SO4 + H2O A) 46 B) 35 C) 24 D) 13 13. 1 mol mis (II) sulfat saqlagan eritma 3 F tok bilan elektroliz qilinganda katodda va anodda necha grammdan moddalar ajraladi? A) 64; 16 B) 65; 24 C) 66; 32 D) 66; 40 14. Quyidagi ma’lumotlar asosida ∆H2 ning qiymatini (kJ∙mol-1 ) hisoblang. Kimyoviy bog‘lanish bog‘lanish energiyasi kJ∙mol-1 H – H 432 Cl – Cl 240 H – Cl 428 NaOH + HCl → NaCl + H2O ∆H1 = -55 kJ∙mol-1 NaCl + H2O → NaOH + ½H2 + ½Cl2 ∆H2 = ? A) +101 kJ∙mol-1 B) +147 kJ∙mol-1 C) -101 kJ∙mol-1 B) -147 kJ∙mol-1 15. Natriy asetat kristallogidrati tarkibidagi vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan 1,75 marta ko‘p bo‘lsa, kristallogidratning molyar massasini (g∙mol-1 ) hisoblang. A) 100 B) 118 C) 136 D) 154 16. Brutto formulasi C8H11N bo‘lgan piridin gomologining molekulasida bitta radikal saqlovchi barcha izomerlaridagi birlamchi uglerod atomlari sonini aniqlang. A) 6 B) 9 C) 19 D) 22 Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim 17. A(g) + B(g) ↔ C(g) + D(g) sistemada moddalar-ning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/dm3 ) tenglamaga mos ravishda 4, 3, 2, 6 ga teng bo‘lgan sistemaga 1 mol B modda qo‘shildi. Yangi muvozanat sistemadagi A moddaning konsentratsiyasini (mol/dm3 ) hisoblang (reaksiya hajmi 1000 sm3 bo‘lgan idishda olib borildi). A) 2,50 B) 2,75 C) 3,50 D) 3,75 18. 100 g 6,0% li nitrat kislota eritmasiga sulfat kislota eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi nitrat kislota va sulfat kislotaning massa ulushlari mos ravishda 5,0% va 2,5% bo‘lsa, qo‘shilgan sulfat kislota eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang. A) 15% B) 30% C) 45% D) 60% 19. Kalsiy bromid eritmasining molyal konsentratsiyasi ham molyar konsentratsiyasi ham 2,0 ga teng bo‘lsa, eritmaning zichligini (g∙ml-1 ) hisoblang. (V = 1 litr) A) 1,1 B) 1,2 C) 1,3 D) 1,4 20. 53 g H2SO4∙0,1SO3 tarkibli oleum necha mol suvda eritilganda vodorod va kislorod atomlari soni teng bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi? A) 1,15 B) 1,3 C) 1,45 D) 1,6 21. 0,5 mol litiy gidrid qanday hajmdagi (ml) suvda eritilganda 5,0% li eritma hosil bo‘ladi? A) 239 B) 238 C) 237 D) 236 22. 6,0 g litiy oksid qanday massadagi (g) suvda eritilganda to‘yingan eritma hosil qiladi? S(LiOH) = 96 A) 13,6 B) 20,4 C) 27,2 D) 40,8 23. Metanga noma’lum alkan qo‘shilganda uglerod atomlari soni 7 marta, vodorod atomlari soni 5 marta ortgan bo‘lsa, alkanni aniqlang. A) etan B) propan C) butan D) pentan 24. Ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi uglerod atomlari soni o‘zaro teng bo‘lgan sikloalkan molekulasida birlamchi uglerod atomlari soni 6 ta bo‘lsa, sikloalkanning brutto formulasini aniqlang. A) C12H24 B) C16H32 C) C18H36 D) C24H48 25. Quyida berilgan reaksiya tenglamasining o‘ng va chap tomonidagi barcha atomlar yig‘indisini aniqlang. Buten-1 + KMnO4 + H2O → butandiol-1,2 + MnO2 + KOH A) 84 B) 102 C) 120 D) 138 26. Aren molekulasi (CnH2n-6) tarkibida 22 ta gibrid orbital bo‘lsa, “n” ning qiymatini aniqlang. A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 27. Tozalik darajasi 80% bo‘lgan kalsiy karbid-dan normal sharoitda o‘lchangan 1,12 litr asetilen olingan bo‘lsa, texnik karbidning massasini (g) aniqlang. A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 28. Metilbenzoat molekulasi tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig‘indisini hisoblang. A) +10B) +8 C) +6 D) +4 29. 7,0 g urotropinni (geksametilentetramin) yondirish uchun necha mol kislorod sarflanadi? A) 0,45 B) 0,55 C) 0,9 D) 1,1 30. 2L(g) → 3D(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha L moddaning dastlabki konsentrat-siyasi 4 mol∙l -1. Reaksiyaning o‘rtacha tezligi 0,05 mol∙l -1∙s - 1 bo‘lsa, necha sekunddan keyin moddalarning konsentratsiyalari tenglashadi? 4 B) 8 C) 16 D) 32 Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling