Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
Adabiyotlararo aloqalar har bir millatning ma’naviy-
madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiy aloqalarning qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti sifatidagi o‘rni, uning mohiyati haqida juda ko‘p ilmiy asar bitilgan. A.Dima, I.Neupokoyeva, N.Konrad, M.Jirmunskiy, B.Nazarov, N.Karimov, B.Karimov va boshqa olimlarning tadqiqotlarida adabiy aloqalar va ularning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati borasida muhim ilmiy-nazariy xulosalar bayon qilingan. T.T.Xamidova, M.Ye. Rasuli , S.Matkarimova, T.Sultanov va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari bevosita adabiy alo- qalarga bag‘ishlangan1. I.G.Neupokoyeva xalqlararo adabiy aloqalarni tipologik va genetik turlarga bo‘lib o‘rganishni, bunda ijtimoiy omillarni hisobga olish zarurligini qayd eta- di. Shuningdek, olima adabiy aloqalar tarixiy ehtiyoj, tajriba almashish maydoni ekanini alohida ta’kidlaydi («...готовых творческих решений ни одна из литератур другой дат не может, но и ни одна литература не может пройти мимо того инонационалного, художественного опыта, который ей исторически нужен»)2. 1 Хамидова Т. Русско-узбекские литературные связи в годы Великой отечественной войны. – Ташкент, 1973; Расули М.Е. К проблеме взаимовлияния и взаимообогащения русской и узбекской литератур. – Ташкент: Фан, 1978; Маткаримова С. Анъана, янгилик ва бадиий маҳорат (Хоразм шоирлари ижодида Навоий анъаналари мисолида). – Тошкент, 2019; Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар, ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019. 2 Неупокоева И.Г. История всемирной литературы. Проблемы системного и сравни- тельного анализа. – М.: Наука, 1976. – С.85. N.I.Konrad adabiy aloqalarni bir xalq adabiyotining bosh- qa bir xalq adabiyoti olamiga kirib borishi deb ta’riflaydi va adabiyotlararo aloqalarning 5 ta asosiy turini ajratib ko‘rsa- tadi: Badiiy asarlar bilan originalda tanishish, o‘rganish va o‘z xalqi orasida ommalashtirish. Masalan, Yevropa yoki rus sharqshunoslari Alisher Navoiy asarlarini tarjimada emas, originalda o‘qiy olishgan. Tarjimalar bir xalq adabiyotining boshqa bir xalq adabi- yoti olamiga kirib borishidagi yana bir adabiy aloqa shaklidir. Bunda tarjimon adabiy vositachi (литературный посредник) vazifasini bajaradi; Aynan bir xil mavzuning turli xalqlar adabiyotida yori- tilishi ham adabiyotlararo aloqaning bir shakli. Masalan, Ni- zomiy, Dehlaviy, Navoiyning «Xamsa» asari aynan adabiy alo- qalarning samarali natijasidir. Jahon adabiy aloqalari tarixi bir xalq adabiyotining bosh- qa bir xalq adabiyoti olamiga kirib borishidagi yana bir shakl. Adabiy aloqalarning bu turini N.I.Konrad «milliy adaptatsiya» deb izohlaydi. Masalan, «Otogi boko» (1666) g‘aroyib voqealar haqidagi hikoyalar to‘plami. Asardagi voqelar ko‘p jihatdan «Szyanden sinxua» nomli xitoy hikoyalariga mushtarak. Le- kin xitoy hikoyalaridan ta’sirlanib yozilgan yapon hikoyalari, yapon odamiga mo‘ljallanib, ularning tafakkur tarziga mos ravishda bitilgan. Hamma xalqlarda mavjud manoqib qissalar (повесть житие) va ularning o‘zaro adabiy aloqasi. Masalan, hotamtoy- likda tengsiz Budda, chiroy timsoli Yusuf, Aleksandr Nevskiy haqidagi hikoyatlar1. Bu kabi hikoyalar bugun narrativ proza 1 Batafsil qarang: Конрад Н.И. К вопросу о литературных связях // Литература и театр. – М.: Наука, 1978. –Б.49 – 59. deb ataladi. Shuningdek, badiiy asar yozishda narrativ usuldan (qiziqarli hikoya qilish san’ati) ham unumli foydalanilmoqda1. M.Jirmunskiyning fikricha, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalasi tarixiy kategoriya bo‘lib, konkret tarixiy sharoitlarda turli xil intensivlik darajasida va har xil shaklda namoyon bo‘la- di (Литературные связи и взаимодействия представляют категорию историческую и в различных конкретных исто- рических условиях имеют разную степен интенсивности и принимают разные формы)2. Adabiyotshunos K.Quramboyev ta’kidlaganidek, adabiy aloqalar va ta’sirlar masalasi milliy adabiyotlar taraqqiyoti- ni kafolatlaydigan omillardan biri ekani isbot talab qilmay- digan haqiqatga aylangan. Jahonda biror adabiyot yo‘qki, faqat o‘z qobig‘ida, o‘z adabiyoti an’analari doirasida boshqa milliy adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayanmagan holda rivojlanib, o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan bo‘lsin3. So‘nggi yillarda milliy adabiyotimizni rivojlantirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, bu jarayonda dunyo xalqlarining, jumladan, qar- dosh ellarning adabiyoti bilan yaqindan tanishish, ularning eng sara adabiy asarlarini asliyatidan o‘zbek tiliga tarjima qi- lish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sh.Rizayev adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji uchun nihoyatda zarur omillardan biri ekanini ta’kidlarkan, adabiy mahdudlik va badiiy tafakkurning biqiq xolga tushib qolishi, avvalo, boshqa adabiyotlarni o‘rganmaslik, o‘z adabi- yotiga tanqidiy nazar bilan qaray bilmaslik, qiyoslash, so- 1 Qarang: О нарративных техниках // http:// litmasters.ru/pisatelskoe-masterstvo/o- narrativnyx-texnikax.html 2 Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л., 1979. – С.77. 3 Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қонуният- ларидан бири // lishtirish imkoniyatidan mahrumlik hisobiga ro‘y berishi, shu ma’noda uzoq va yaqin xorijdagi barcha adabiy hodisalarni o‘rganib borish, badiiy yangiliklardan boxabarlik, mutolaa va ijodiy aloqalarga kirishish muayyan xalqqa mansub har qan- day adabiy jarayonni professional jihatdan oziqlantirishi ha- qidagi muhim fikrni bildiradi1. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling