Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet22/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Tayanch tushunchalar: milliy, hududiy va jahon adabiyoti, adabiy aloqalar, Alisher Navoiy, multikulturalizm, A.Hayitmetov, N.Konrad, M.Jirmunskiy, Sh.Rizayev.


Milliy, hududiy va jahon adabiyoti doimo o‘zaro aloqada ri- vojlanadi va bir-birini boyitadi. Jahonda biror adabiyot faqat o‘z qobig‘ida, o‘z adabiy an’analari doirasida rivojlanmaydi, balki boshqa adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayangan hol- da o‘z taraqqiyotini belgilaydi.
Milliy adabiyot – har bir xalq madaniy hayotining ajralmas qismi, muayyan millatning, masalan o‘zbek, rus, yapon xal- qining adabiy merosi, nazmiy va nasriy durdonalari, o‘lmas asarlaridir. Rus komparativist olimi B.G.Reizovning fikriga ko‘ra, milliy adabiyot ko‘plab adabiy va madaniy kuchlarning, tendensiya va imkoniyatlarning birlashuvidir1.
Milliy adabiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri unda bi-
larni aniqlashga yordam beradi. Masalan, «o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoq xalqlari nafaqat geografik jihatdan o‘xshash mintaqada yoki ijtimoiy-tarixiy sharoiti umumiy xususiyatga ega hududda yashaydi, balki ularning tili, adabiyoti, tarixi va urf-odatlarida ham mushtaraklik oz emas. Ularning xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti tarixida o‘xshashliklar ko‘pligiga misollar yetarli. Bu omillar Markaziy Osiyo adabiyotlarini o‘zaro yaqinlashtirishni, ular o‘rtasida adabiy aloqalar va ta’sirlarning yuzaga kelishi va muvaffaqi- yatli rivojlanishini ta’minlaydi»1.
«Jahon adabiyoti» deganda, u yoki bu mamlakatda yarati- lib, o‘zining estetik darajasi bo‘yicha butun dunyoda talab qilingan asarlar tushunilgan»2.
Qaysi mashhur asarni olmaylik, u avvalo, ma’lum bir millat vakilining ijodiy merosi, u yoki bu xalqning ma’naviy boyli- gidir. Masalan, Alisher Navoiy asarlari turkiy xalqlarning ma’- naviy merosi bo‘lishi bilan birga, butun dunyo xalqlarining in- tellektual boyligidir. Chunki shoirning asarlarida ifodalangan insonparvarlik, mardlik, do‘stlik kabi umumbashariy g‘oyalar barcha xalqlar uchun birdek qadrli va ahamiyatlidir.

ror xalq mentalitetiga xos an’analarning, urf-odatlarning,

millat ruhiyatining aks etishidir.


1 Данилина Г.И. Сравнительное литературоведение. Хрестоматия. – Тюмень, 2011. – C.134.
1 Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қонуният- ларидан бири // http://uzadab.ndpi.uz/adabiy_aloqalar.html
2 Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akadem- nashr, 2019. – B.35.

Har bir millat adabiyoti dunyo badiiy tafakkurining ajral- mas qismini tashkil qiladi. Jahon xalqlarining qiziqishi va o‘qi- shi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlar- dandir. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, o‘sha xalq madaniyati, san’ati va adabiyotining qanday miqyosda tarqalishi va tan olinishiga bog‘liqdir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling