Qizg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov O‘zbekiston
Download 163.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1
1-kazus Qizg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatiga tashrif buyurib, Andijon shahrining mebel va shaxsiy xo‘jalik mollari sotiluvchi do‘kondan mebel anjomlarini xarid qildi. Xarid qilingan mebelni mashinaga ortish jarayonida mebelning tashqi tomoniga sotuvchi tomonidan ozroq shikast yetkazildi. Odamboy Begmatov sotuvchidan ushbu mebelni boshqasiga almashtirib berishini so‘raganida sotuvchi Odamboy Begmatov O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi emasligini, shuningdek bu yerda uning hech qanday fuqarolik huquqlari yo‘q ekanligini ta’kidlab, mebelni almashtirib bermasligini ta’kidladi.
2
Ushbu vaziyatda taraflar o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi vujudga kelyapti. Dastavval oldi-sotdi shartnomasi xususida to‘xtalib o‘tsak. Oldi-sotdi fuqarolik huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan shartnomalardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda kishilarning kundalik hayotida oldi-sotdi shartnomasiga juda ko‘p duch kelish mumkin. Unda tovar-pul almashinuv jarayoni amalga oshadi. Oldi-sotdi shartnomasi ikki tomonlama shartnoma hisoblanib, taraflarning har qaysisida muayyan huquq va tegishli majburiyatlari bo‘ladi. Shartnomada 1-taraf bu – sotuvchi hisoblanib, uning vazifasi tovarni 2-taraf, ya’ni, sotib oluvchiga mulk qilib topshirishi kerak bo‘ladi. Sotib oluvchining majburiyati esa sotuvchiga belgilangan haqni to‘lash va tovarni qabul qilib olishdan iborat. Bu Fuqarolik kodeksi 386- modda 1- qismida belgilangan. Oldi-sotdi shartnomaning muhim belgilaridan biri bu tovarga bo‘lgan mulk huquqining sotuvchidan sotib oluvchiga o‘tishidadir. Savdo munosabatining xususiyati va shakllariga qarab oldi-sotdi shartnomasi chakana savdo, ulgurji savdo, kim oshdi savdosi, nasiyaga tovarni topshirish kabi turlarga ajraladi. Shartnoma predmeti bo‘yicha turar joylarning, korxonaning, ko‘chmas mulkning, qimmatli qog‘ozlarning oldi sotdi shartnomalari, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, energiya ta’minoti va boshqa shartnomalarga bo‘linadi 1 . Oldi-sotdi shartnomasida naqd pul baravarida tuziladigan va tuzilish vaqtining o‘zida ijro etiladigan oldi-sotdi shartnomasi, umumiy qoida bo‘yicha summasidan qat’i nazar, og‘zaki shakldatuzulishi mumkin hisoblanadi. Endi bevosita kazus tahliliga o‘tadigan bo‘lsak, Qizg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahridagi mebel va shaxsiy xo‘jalik mollari do‘konidan mebel sotib oladi. Mebelni mashinaga ortish jarayonida sotuvchi tomonidan shikast yetkaziladi. Sotib oluvchi sotuvchidan mebelni almashtirib berishini so‘raganda sotuvchi unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligini ta’kidlab, rad javobini beradi. Ushbu vaziyatda quyidagi savollar kelib chiqadi:
1 Mualliflar jamoasi. “Fuqarolik huquqi” darslik II qism/ Toshkent. TDYU nashryoti, 2016-yil 13-b 3
Download 163.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling