Qizg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov O‘zbekiston
Download 163.57 Kb. Pdf ko'rish
|
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida iste’molchilarga nuqsonli tovar sotilgandagi huquqlari sanab o‘tilgan: “Nuqsonli tovar sotilgan iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qilishga haqli: – tovarni ayni shunday markali maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; – tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxi tegishincha qayta hisob kitob qilish; – tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki istemolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash; – xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
4 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020-yil. 390-modda 5
– shartnomani bekor qilib ko‘rilgan zararni qoplash” 5 .
Moddani tahlil qiladigan bo‘lsak, nuqsonli tovar sotilgan sotib oluvchi sotuvchidan tovarni almashtirishini, tovar narxini pasaytirishni talab qilishi, nuqsonni bartaraf etishni talab qilishi yoki shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Bevosita kazusga qaytadigan bo‘lsak, Odamboy Begmatovning sotuvchidan tovarni almashtirib berishi to‘g‘risidai talabi o‘rinli. Ushbu vaziyatda sotuvchining bergan rad javobi noto‘g‘ri. Chunki tovarning shikastlanishi bilan bog‘liq holatda sotuvchi javobarligi sababli u nuqsonli tovarni almashtirib berishi zarur. Uchinchidan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatovga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari taalluqlimi? O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasida quyidagicha keltirilgan: ”O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, qonunlar va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar“ 6 . Ushbu moddani tahlil qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishi ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasida jismoniy shaxslarga ta’rif berib o‘tilgan; “Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi” 7 . Bevosita ushbu moddadan ko‘rinib turibdiki Fuqarolik kodeksidagi qoidalar barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llanilladi. Fuqarolarga tarkibiga esa O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Bundan
5 “Istemolchilarnining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 221-I-son 26.04.1996. 13-modda
6 O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi. 2019-yil. 23-modda
7
6
kelib chiqish mumkinki, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov ham fuqarolar ya’ni jismoniy shaxslarga mansub. Demak, o‘z-o‘zidan Fuqarolik kodeksidagi qoidalar Odamboy Begmatovga nisbatan ham qo‘llaniladi. Umumiy vaziyatdan kelib chiqqan va yuqorida aytib o‘tilgan barcha dalillarning umumiyligiga asoslangan holda xulosa chiqarishimiz mumkin. Birinchidan, sotuvchi tomonidan tovarni topshirish majburiyati to‘la bajarilmaganligi sababli mebelni mashinaga ortish jarayonida kelib chiqqan shikastlanish bilan bog‘liq holatda sotuvchi javobgar hisoblanadi. Ikkinchidan, yuqorida kodeksning 413-moddasida keltilganidan ko‘rishimiz mumkinki, Odamboy Begmatovning tovarni almashtirib berish to‘g‘risidagi talabi huquqiy asosga ega. Shuningdek, sotuvchining bergan rad javobi qonunga zid hisoblanadi. Ushbu vaziyatda sotuvchi sotib oluvchining talabini qondirishi kerak. Uchinchidan, kodeksdagi fuqarolar ya’ni jismoniy shaxslarga nisbatan berilgan tavsifga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov ham jismoniy shaxslar tarkibiga kiradi. Shuning, u o‘z qonuniy huquqlarini talab qilishga haqli.
Download 163.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling