Qizil kitob yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati


Download 0.62 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1306278
Bog'liq
Presentation-WPS Office


Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974-yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984-yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga koʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar.
O‘simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O'zbckiston florasi" kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O'zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari" (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari" (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Kitobga kiritilgan o'simlik turlari 4 kategoriyaga bo'lingan: «0» maqomi borilgan o'simlik turlari yo'golgan yoki yo'qolish arafasida turgan o'simliklardir.
«1» magomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
.”QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN. O’SIMLIKLAR.
Biz tabiatdan o‘rganamiz va undan olgan saboq¬larimizni boshqalarga o‘rgatamiz.Dard borki, o’simlik – giyohlarsiz yengib o’tish mushkul. Shunday noyob va shifobaxsh o‘simliklardan biri bu jenshendir.
Jenshen, ya’ni mehrigiyo bizga eramizdan oldingi I asrlardan beri ma’lum.
Aytishlaricha, o‘zimizning forishlik tabiblar mehrigiyo o‘simligini maxsus o‘rgatilgan kuchuklar yordamida kovlab olishar ekan.Forishda yashovchi mahalliy aholi ham mehrigiyoning sehrli kuchiga isho¬nadi. Mehrigiyo ruhiy va jismoniy toliqishda, zaiflikni oldini olishda, balg‘am yig‘ilishi va ko‘chishiga, ovqat hazmini yaxshilashga, yurak va o‘pka faoliyatini yo’lga solishga, tan va ruhni baquvvat qilishga, ko‘rish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi
Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir
1.Anzur piyozi
2.Sibir binafshasi
3.Belladonna
4.Albert qisroni
5.Ginseng
6.Raspberry
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling