Qizil kitobga kiritilgan dorivor o'simliklar o’zbekiston florasini boyligi va xilma – xilligi


Download 1.71 Mb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1531184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR

2. Jizzax viloyati.
Jizzax viloyatida asosan 3 tuman dorivor o‘simliklar manbai deb aytilsa bo‘ladi. Jizzax viloyatida o‘sadigan va zahirasi aniqlangan dorivor o‘simliklar quyidagilardir: tog‘rayxon, qizilpoycha, sariq choy- Hypericum perforatum L., qirqbo‘g‘in- Equisetum arvensae L., ko‘ka- Tussilago farfara L., achchiq bodom- Amigdalus communis L, oqquray, qizilcha – Ephedra equisetina Bge, na’matak, qora andiz, otquloq, zirk – Berberis vulgaris L. va hokazolar.
Yuqorida nomlari keltirilgan dorivor o‘simliklar Zomin, Baxmal va Forij tumanlarida ko‘proq uchraydi. Bog‘larda, aholi yashaydigan joylarda, yakka xo‘jaliklarda uchraydigan dorivor o‘simliklar turlari Samarqand viloyatidagilarga o‘xshaydi.
Keyingi boy viloyatlardan biri Toshkent viloyati hisoblanadi. Toshkent viloyatida xam dorivor o‘simliklar ma’lum tog‘lik tumanlarida ko‘proq uchraydi. Bular: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlaridir. Dorivor o‘simliklar turlari yuqorida keltirilgan viloyatlarga o‘xshash bo‘lgan xolda, biroz boyroq. Toshkent viloyatida qo‘shimcha bo‘ymadaron – Achillea millefolium L., afsonak- Termopsis alterniflora Rge. Et Sehmalch va boshqa o‘simliklar mavjud.
Surxondaryo viloyati.
Surxondaryo viloyati nihoyatda yirik viloyatlardan bo‘lib u yerda cho‘l, tog‘ va yaylov yerlariga mansub o‘simliklar uchraydi. Surxondaryo viloyatida boshqa viloyatlarda yig‘iladigan barcha o‘simliklarni yig‘ish mumkin, ayniqsa cho‘l va adirlarda uchraydigan achchiqmiya o‘simligini.
O‘rta Osiyo endemlaridan omonqora- Ungernia victoris Weg. Surxondaryoda o‘sadi va mahsulot o‘sha yerda yig‘iladi (Qizil kitobga kirgan). Surxondaryo adir va cho‘llarida sanoatda ishlatish uchun isiriq, bodomcha, achchiqmiya o‘simliklarini xomashyosini yig‘ish mumkin.
Qashqadaryo viloyati.
Qashqadaryo viloyatida, dorivor o‘simliklardan asosan - qizilpoycha, sariq choy, tog‘rayxon, kiyik o‘ti, arslonquyruq, bo‘ymadaron, qizilcha, na’matak turlari, sariq andiz, ermon, qashqarbeda o‘simliklarning xomashyosini yig‘ib olish mumkin. Yuqorida keltirilgan o‘simliklar asosan Qashqadaryo viloyatining 5 ta tumanida o‘sadi. Bu Dehqonbod, Yakkabog‘, Qamashi, Shahrisabz, Kitob tumanlari. Qolgan tumanlarda cho‘l yerlarga xos o‘simliklardan isiriq, adir va cho‘llarda uchraydigan o‘simliklardan oqquray, cherkez – Salsola Richteri Karelin. va boshqa xomashyolarni yig‘ib olish mumkin. Umuman aytganda Qashqadaryo viloyati o‘simliklarga boy viloyatlar qatoriga kiradi.
O‘simliklar dorivor vosita sifatida qo‘llanilishi tarixi insoniyat tarixiga teng va u bilan chambarchas bog‘liq. Yer yuzidagi aholi keskin ko‘payib borishi, ilm fanni rivojlanishi, sanoat katta yutuqlari va uning o‘sib borishi aholini ko‘proq o‘simlik olamiga va undan olinadigan mahsulotlarga bo‘ladigan ehtiyojini oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling