Qizil kitobi


ISIRIQ – TABIAT MOP’JIZASI


Download 0.56 Mb.
bet6/12
Sana06.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1333269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR

ISIRIQ – TABIAT MOP’JIZASI:
O‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan barchamizning xonadonimizdan o‘rin olgan dorivor o‘simlik - isiriq necha asrlarki, insonlarni davolab kelmoqda.
Isiriq asosan, cho‘l va yarim cho‘l hududlarida, tog‘ yonbag‘irlarida, so‘qmoq yo‘llarda, hattoki begona o‘t sifatida ekinlar orasida ham o‘sadi.
Qadimgi yunon tabiblari Galen va Dioskorid asarlarida ham isiriqning shifobaxsh o‘simlik ekanligi qayd etilgan.
Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida isiriq bo‘g‘im og‘riqlariga surtilganda ijobiy samara berishini ta’kidlab o‘tgan. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-Saydana fit-Tib» asarida esa, isiriqdan tayyorlangan qaynatma bezgakni da’volashda koni foyda ekanligi yozib o‘tilgan.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, tabiat qo‘ynida bo‘y cho‘zgan har qanday o‘simlik o‘zining foydali va zarar¬li hislatlariga ega. Ularning ana shu sirli xususiyatlarini o‘rganishimiz, o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanishi¬miz lozimdir.

SHOKOLAD DARAXTI:
Kakao daraxti nam tropik o‘simlik bo‘lib, soya-salqin joyda, yirik daraxtlar orasida o‘sadi. Kakao¬ning asl vatani Janubiy Amerikaning amazonka va Orinoka sohillarida¬gi tropik o‘rmonlaridir. Bu daraxtning yerli xalqlar «kakao» deb atagan mevasini Kolumb antiqa narsa tarzida Yevropaga keltirgan.Yerli xalq kakao urug‘ini qovurib, tuyib, sovuq suvda qorganlar, unga vanil bilan qalampir qo‘shib ko‘pirguncha aralashtirganlar. Shu tarz-da hosil bo‘lgan xushxo‘r ichimlikni ular «chokolatl» deb ataganlar. Keyinchalik kakao qo‘shib tayyorlangan konfet «shokolad» deb atalgan.Ispanlargina kakaoni qaynatilgan suvda tayyorlay boshlaganlar.XIX asrgacha kakaoni badavlat tabaqadagi kishilargina tansiq ichimlik sifatida iste’mol qilgan.
Kakao daraxti unib, o‘sib hosilga kirishi uchun tuproq va havo juda nam, harorat +25, yillik yog‘in-sochin miqdori 1500 – 2000 millimetr bo‘lishi zarur. Kakao daraxti¬ning yosh nihollari quyosh nuriga bardosh bera olmaydi.U odatda, dengiz sathidan 600 m gacha baland joyda o‘sadi.Bo‘yi 15 m ga, tanasi yo‘g‘onligi 20 sm ga yetadi. Barglari to‘q yashil, yaltiroq bo‘ladi. Gullari mayda, oqish pushti rang. Bu daraxt yil bo‘yi gullab, hosil beradi. 10 va 20 yoshda hosili ko‘payadi. 40 yoshgacha meva beradi, mevasi 4-8 oyda yetiladi. Mevasining uzunligi 20 sm, og‘irligi yarim kg gacha bo‘ladi. Terib olingan meva ertasigayoq po‘sti tozalanib, urug‘i quritiladi. Jigarrang tusga kiradi va xushbo‘y bo‘ladi. Keyin kakao urug‘i yashiklarda shokolad fabrikalariga jo‘natiladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling