Qizil kitobi


Download 0.56 Mb.
bet1/7
Sana19.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#148017
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qizil kitobwwww


MAVZU: “QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR.

REJA:
I.KIRISH.

II.ASOSIY QISM.

1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIZIL KITOBI”.

2.”QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR.

3.”QIZIL KITOB” VA UNING O’RNI.

4.O’ZBEKISTON QO’RIQHONALARINING QISQACHA TARIXI.

III.HULOSA.

IV.FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.


I.Kirish

Mavzuning dolzarbligi: “Kizil kitob — bu xujjat bo‘lib u Insonning vijdonidir. Xar kaysi millat dunyo oldida o‘zining tabiat boyliklarini asrash ma’suliyatini olgan”.

 Tabiat o‘zining go‘zalligi bilan o‘ziga insoniyatni jalb etadi. Xar bir kishini maftunkor toglarni koplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo‘y gullar, dorivor o‘simliklar, xayvon turlari, toza xavo, sho‘x sharsharalari, muz chukkilari, koyalari bilan rom etadi. Bularning xammasidan zavk olish kerak, xar bir narsaning o‘z kadriga etish,tabiatdagi mo‘‘jazgina bir jonli mavjudotni xam asray-avaylashlozim.


 Ma’lumotlarga karaganda, Er yuzida xayvonot va o‘simlik turlarining yo‘kolib ketishiga ikkita sabab bor bo‘lib, ulardan birinchisi – bu tabiiy sharoitning o‘zgarishi (tabiiy sabab) natijasida bo‘lsa, ikkinchisi esa – (antropogen) inson xarakatlarinatijasidir.
 Dunyoda umumiy kushlar va xayvonlarning to‘rtdan bir kismi tabiiy sabablar natijasida yo‘kolgan bo‘lsa, to‘rtdan uch kismi esa inson ta’sirida yo‘kolganligi aniklangan. Bunday rakamlarni yana ko‘plab keltirish mumkin, afsuski, ularning deyarli barchasi insoniyatning bilib-bilmay tabiatga nisbatan olib borayotgan beayov kilmishlarini ko‘rsatib beradi. Aslini olganda, bu rakamlar aynan bo‘lmasada ko‘pchiligimizga ma’lum, bu rakamlar okibatida yuzaga keladigan fojealar xam ma’lum.

Ishning maqsadi: Asosiy maqsad Qizil kitobga kirgizilgan o’simliklar bilan tanishish. Noyob va o’ziga xos bo’lgan o’simliklarni o’rganib chiqish.

Ishning vazifalari: Qizil kitobdagi osimliklarni o’rganish ularni asrab avaylash va shu qatorda ularni ko’paytirib kelasi avlodga yetkazish.

Adabiyotlar sharhi.

Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan.



  1. asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.

  2. asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.

XX asrga kclib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, gcobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi.

O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan.

Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fcdchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.

O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o'rganish o'tgan asrning 20-yillaridan boshlangan.

1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat univcrsitcti (hozirgi O'zbckiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O'zbckiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbckiston botaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ckspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika IIChM) „O'zbckiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O'zbckiston florasi" kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O'zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.

Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari" (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari" (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.

Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882—1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va cmbriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909—1999) csa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar.

Akad. A.M.Muzaffarov (1909—1997) O'zbckiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida chct cllardan olib kclingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda kalta ishlar qilinmoqda.

„Botanika" IIChM xodimlari tomonidan botanika ianining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O'zbckiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbckiston paleobotanikasi", O'zbckiston Rcspub- likasining „Qizil kitob"i kabi yirik asarlar bor.




1.O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitob" i

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O'n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug'ular, g'or arsloni va ayiqlari, o'rta asrlarda Yevropa turi, Stellcr sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo'qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlaming 74 turi yo'qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va ltadan o'simlik turlari yo'qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko'p o'simliklar turlari butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi.

O'simlik va hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug'dirmoqda.

1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni chop etdi, unda batamom yo'qolib kotgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.

«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan

O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo'lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o'simliklar, zamburug'lar va suv o'tlari esa 11000 atrofida. O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endem va rHikt lurlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.

O'zbekiston florasining yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o'simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o'simlik turlarining soni 301 taga yetdi.

O'zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.

O'zbekistonning birinchi «Oizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo'lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo'lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo'g'imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.

Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan-yilga aniqroq bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz.

O'zbekiston Respublikasi «Qiz.il kitob»ida o'simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo'yicha ro'yxatga olingan va har bir o'simlik ko'rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o'z navbatida noyob va yo'golib borayotgan o'simlik va hayvonot turlari to'g'risida keng omma tomonidan anig tasawurga ega bo'lishlariga yordam beradi.

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, go'rigxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yowoyi o'simliklar bilan savdo-sotiqni lartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo'yadi.

Umuman, bu kitob barcha o'simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.

Kitobga kiritilgan o'simlik turlari 4 kategoriyaga bo'lingan: «0» maqomi borilgan o'simlik turlari yo'golgan yoki yo'qolish arafasida turgan o'simliklardir.

«1» magomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.

Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.

«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.

«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.

Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob va yo'qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma"lumotlar matnlari o'zgartirishlarsiz kiritildi.

O'zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho'llar, adirlar, o'rmonlar, madaniy landshaftlar) bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.

Respublikamizda o'simliklar va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 1997-yilning 26-dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Orsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish» va «Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foyda!anish» qonunlari qabul qilindi.



2.”QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR.

Tabiat — bitmas-tuganmas xazina. Uning sirlaridan voqif bo‘lishga intilayotgan odamzot uchun tabiat boyliklari azal-azaldan xizmat qilib keladi. Tabiiy resurslardan oqilona va ehtiyotkorona foydalanmaslik oqibatida o‘simlik va hayvonot dunyosidagi ayrim turlar yo‘qolib ketayotganligidan ko‘z yumolmaymiz.

Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi hamda tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqdaki, buning asosiy salbiy oqibati o‘simlik va hayvon turlarining kamayishida ko‘rinadi. Ana shu xavfdan keng jamoatchilikni ogoh etish, mumkin qadar kamayib ketayotgan turlarni saqlab qolish, ularni ko‘paytirish maqsadida mutaxassis olimlar O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»ini uch marta nashr ettirishdi.

«Qizil kitob» yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfi ostida turgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etuvchi davlat miqyosidagi hujjat hisoblanadi. Unda kamyob o‘simlik va hayvonla tarqalish hudud (areal)lari, kamayish sabablari ko‘rsatilib, ularni tezlikda muhofaza qilish uchun tavsiyalar beriladi. Ushbu kitobga kirgan flora va fauna turlari o‘zining tabiatda saqlanish darajasiga qarab uchta guruhga bo‘linadi: mutlaqo yo‘qolish arafasidagi turlar, yo‘qolish xavfi ostidagi turlar, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik maydonlarda kamdan kam saqlanib qolgan nodir turlar.

«Qizil kitob»ning birinchi nashri 1983 yili bosilgan bo‘lib, unda kamayib ketgan umurtqali hayvonlar

(1-jild) jamlangan. Noyob o‘simliklarga bag‘ishlangan (2-jild) nashri esa 1984 yili chop etilgan. Birinchi jildga yurtimizda hayot kechirayotgan 650dan ortiq umurtqali hayvon turlaridan 63tasi kiritilgan. O‘zbekiston florasida 4500ga yaqin turning 163tasi birinchi nashrdan o‘rin olgan. O‘simlik turlarining ko‘plab yo‘qolib ketishi flora olamidagi genofondning kamayishiga sabab bo‘ladi. Har qanday turning yo‘qolishi tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi, binobarin, yovvoyi o‘simliklar qishloq xo‘jaligida ekiladigan madaniy navlardan hosil olishda juda katta rol o‘ynaydi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlar 400dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10—12 foizini tashkil etadi. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish barchamizning asosiy burchimizdir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasidan yana 138ta o‘simlik turini «Qizil kitob»ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. Xususan, dunyoga dong‘i ketgan lola, sallagullilar, qimmatbaho o‘simlik — yetmak, shirach turlari, dorivor o‘simlik — bozulbog, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan anzur va piskom piyozlari butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. «Qizil kitob»ning so‘nggi nashri 2006 yili chop etilgan bo‘lib, baliqlarning 17 turi (kenja turlari bilan 18ta), sudralib yuruvchilarning 16 turi, qushlarning 48 turi (kenja turlari bilan 51ta), sutemizuvchilarning 23 turi (kenja turlari bilan 24ta) undan o‘rin olgan. Solishtirilganda, 2003 yildagi

nashrda umurtqali va umurtqasiz hayvon turlari 177ta tur va 7ta kenja turni tashkil qilgan. Demak, o‘tgan uch yil mobaynida kamayib ketayotgan turlar soni ko‘paygan.

Kitobning oldingi avlodlaridan farqi shundaki, har bir turning qaysi toifaga mansubligi izohi bilan berilgan. Masalan, yo‘q bo‘lib ketganlari — EX, mamlakatda yo‘qolib ketganlari — EW, yo‘qolish xavfi ostida turganlari — EN belgilari bilan ko‘rsatilgan. Kitobda har bir tur uchun alohida sahifalar mavjud bo‘lib, unda hayvon turlarining respublikamizda tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi umumiy soni, ko‘payishi, tarqalish chegaralaridagi o‘zgarish sabablari, muhofaza qilish yo‘llari batafsil bayon etilgan.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish, bu kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar, o‘simliklar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklashga xizmat qilishi kerak. Respublikamizda tashkil etilgan oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho‘l-to‘qay (Qizilqum, Baday-To‘qay, Zarafshon) qo‘riqxonasi, ikkita milliy bog‘ (Zomin, Ugom-Chotqol), to‘qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘l, Qarnabcho‘l, Qo‘shrabot, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudoche) va ikkita tabiiy yodgorlikdan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining kompleks muhofazasiga va uning resurs¬laridan oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.

Atrof-muhitni ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish va biologik resurslarni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza kilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiya-si va harakat rejasi»ni ishlab chiqish tashabbusini o‘z zimmasiga olgan. Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham ma’qullanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.



O‘zbekiston tabiatining rang-barangligi, uning hududida uchraydigan o‘simlik turlaridagi o‘ziga xoslik har qanday kishini hayratga soladi. O‘zbekiston «Qizil kitob»i esa kamayib borayotgan flora va fauna turlariga munosabatni o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Zoologlar, o‘simlikshunos olimlar ushbu kitobning yangi nashrini tayyorlashga kirishganlar. Ushbu kitob materiallarini maktab, litsey, kollej o‘quvchilariga va oliy o‘quv yurtlari talabalariga tegishli fanlar orqali yetkazish pedagog-murabbiylarning asosiy vazifasi bo‘lsa, ayni muddaodir.

Biz tabiatdan o‘rganamiz va undan olgan saboq¬larimizni boshqalarga o‘rgatamiz.Dard borki, o’simlik – giyohlarsiz yengib o’tish mushkul. Shunday noyob va shifobaxsh o‘simliklardan biri bu jenshendir.

Jenshen, ya’ni mehrigiyo bizga eramizdan oldingi I asrlardan beri ma’lum.



Rivoyat qilishlaricha, Chin Mochin (Xitoyda) Jen Shen ismli buyuk sarkarda o‘tgan.U Lyao ismli go‘zal singlisi bilan yashagan ekan. O‘sha davrda Xitoyga qarshi Son Shixo degan shaxs bosqinchilik urushla¬rini olib boradi. Jen Shen va Lyao toq¬qa ravona bo’lishadi va yo‘lda Son Shixoga duch kelishadi. Lyao butalar orasiga berkinadi.Jen Shen esa Son Shixo bilan jangga kirishadi. Jen Shen Son Shixoni yengishiga ozgina qolganda, Lyao oyoqlari ostida o‘rmalashib turgan ilon¬ni ko‘rib qoladi va baqirib yuboradi. U¬ning ovozini eshit¬gan Jen Shen singlisi tomon qaraganda, orqasidan Son Shixo xanjar uradi. Yerga yiqilgan Jen Shen jon beradi. Uning tepasida turgan singlisi Lyao¬ning achchiq ko‘z yoshlari Jen Shenning sovib borayotgan vujudi uzra to‘kiladi va u g‘aroyib, sehrli mehrigiyo – Jenshenga aylanib qoladi. Shuning uchun ham Jenshen ildizi odam tanasiga o‘xshaydi deyishadi. Xitoyliklar jenshenni «pantsey» ham deb atashadi. Forishlik tabiblarning e’tiroficha, mehrigiyo faqat ko‘ngli pok insonlargagina uchrarkan. Jenshen tunda nur sochib turarkan. Agar ana shu payt uni kov¬lab olish¬sa, bedavo dardlarga ham shifo bo‘lar ekan.


Bu kabi afsonalar odamlarni vasvasaga solib qo’ygan.Jenshenni topgan tabib tizzasi bilan cho‘kkalab sehrli duoni o‘qiydi.Uning atrofini yaxshilab o‘rganib, suyakdan yasalgan maxsus belkurakda juda ehtiyotkorlik bilan kovlab olib, tuzi¬lishiga, ildiziga e’tibor beradi. Ildiz shakli odam qiyofasiga o‘xshash bo‘lsa, bu o‘simlikni g‘oyibdan kelgan kuchlar yaratgan deb hisoblab, juda qadrlashgan. Hozirgi vaqtda ham ayrim Xitoy tabiblari aynan shunday deb hisoblaydilar.

Aytishlaricha, o‘zimizning forishlik tabiblar mehrigiyo o‘simligini maxsus o‘rgatilgan kuchuklar yordamida kovlab olishar ekan.Forishda yashovchi mahalliy aholi ham mehrigiyoning sehrli kuchiga isho¬nadi. Mehrigiyo ruhiy va jismoniy toliqishda, zaiflikni oldini olishda, balg‘am yig‘ilishi va ko‘chishiga, ovqat hazmini yaxshilashga, yurak va o‘pka faoliyatini yo’lga solishga, tan va ruhni baquvvat qilishga, ko‘rish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

Zamonaviy tibbiyot jenshenga nospetsifik dori – ya’ni butun organizmni davolovchi o‘simlik sifatida qaraydi. Uni damlama, qaynatma shaklida organizm o‘ta charchaganda, kamqonlikda, mehnat qobiliyati pasayganda, diabet, sil kabi kasalliklarda, organizm zaiflashganda, tez charchash, toliqish kabi holatlarda, yurak-qon tomir kasalliklarida keng qo‘llashadi.
Mehrigiyo ko‘p yillik afsonaviy o‘simlik hisoblanadi. Million yillar ilgari neogen va paleogen davrlarida ham bu o‘simlik o‘sgan degan taxminlar mav­jud. Hozir mehrigiyoni Tyonshon, Pomir, Nurota tog‘larida uchra­tish mumkin.Farmatsevtika sanoati rivojlangan ayrim davlatlarda mehrigiyo madaniy holda o’stiriladi.Bundan ming yillar ilgari Koreyada ilk jenshen plantatsiyasi barpo etilgan. Xitoyda XVII asrdan, Yaponiyada XIX asrdan, AQSHda esa XIX asrning o‘rtalaridan boshlab mehrigiyo o‘stirila boshlandi. Koreya hozir­gacha jahon bozorini jenshen bilan ta’minlovchi asosiy davlat bo‘lib qolmoqda.
Tabiatning o‘zi sehrgar. Uning qudrati esa biz uni asrashimizdadir!


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling