Qizilmiya suyuq ekstrakti sifatini baholash, qadoqlash va o`rash 405-b guruh talabasi Faxriddinov Sirojiddin


Download 1.75 Mb.
Sana23.11.2020
Hajmi1.75 Mb.
#151038
Bog'liq
Qizilmiya suyuq ekstrakti sifatini baholash, qadoqlash va

Qizilmiya suyuq ekstrakti sifatini baholash, qadoqlash va o`rash

405-B guruh talabasi Faxriddinov Sirojiddin

Ekstraktlarda (suyuq, quyuq va quruq) “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42-01:2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko`rsatkichlari o`rganilishi kerak:

  • 1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
  • 2. Xalqaro patentlanmagan nomi
  • 3. Tarkibi
  • 4. Tavsifi
  • 5. Chinligi
  • 6. Og`ir metallar
  • 7. Miqdoriy tahlili
  • 8. Spirt miqdori yoki zichligi (suyuq ekstraktlar uchun)
  • 9. Quruq qoldiq

10. Quritish jarayonidagi yo`qotish (quyuq va quruq ekstraktlar uchun)

  • 10. Quritish jarayonidagi yo`qotish (quyuq va quruq ekstraktlar uchun)
  • 11. Qadoqni to`ldirish me`yori
  • 12. O`rtacha og`irlik (dozalarga bo`lingan ekstraktlarda)
  • 13. Granulometrik tarkib (quruq ekstraktlarda)
  • 14. Mikrobiologik tozaligi
  • 15. O`rami
  • 16. Yorliqlash
  • 17. Saqlash
  • 16. Yaroqlilik muddati
  • 17. Asosiy farmakoterapevtik guruhi

Markirovkasi

  • Mahsulotni tavsiflovchi markirovka etiketlarga hidga ega bo`lmagan, zararsiz bo`yoq bilan belgilanadi.
  • Etiketkada quyidagilar ko`rsatiladi:
  • - ishlab chiqaruvchi nomi, joylashgan manzili;
  • - ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;
  • - mahsulot nomi;
  • - netto vazni;
  • - partiya raqami;
  • - ishlab chiqarilgan sana;
  • - yaroqlilik muddati;
  • - saqlash sharoitlari;
  • - amaldagi TU belgilari
  • Birkada qadoqlovchining familiya va raqami, netto vazni va transport idishining vazni ko`rsatiladi.

Qadoq

  • Qizilmiya suyuq ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) mahsulotning tashilishi va saqlanishi vaqtida uning sifati va xavfsizligini ta`minlovchi qadoq materiallari va qadoqlash usullariga nisbatan qo`yilgan talablarga javob berishi lozim.
  • Qadoqlashda qo`llaniladigan materiallar Rossiya Federatsiyasining davlat sanitarepidemiologiya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo`llanilishga ruhsat etilgan va xavfsizlik bo`yicha tegishli hujjatlarga ega bo`lishi kerak.
  • To`ldirilgan flyagalar plombalanadi, birka qotiriladi
  • va GOST 7625 bo`yicha etiketka qog`ozi yoki
  • GOST 18510 yozuv qog`ozidan tayyorlangan etiketka
  • yopishtiriladi.
  • Idish toza, quruq, begona hidsiz bo`lishi zarur.

Qabul qilish shartlari

  • Qabul qilish shartlari – GOST 26313 bo`yicha.
  • Qizilmiya suyuq ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) topshirish va qabul qilish uchun partiyalab taqdim qilinadi.
  • Partiya bo`lib bir xil ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqarilgan, bir xil qadoqlangan, tayyorlanish sanasi bir xil bo„lgan, bitta texnologik siklda tayyorlangan, bir xil vazn nettoga ega bo`lgan, bir vaqtda topshirish va qabul qilish uchun mo`ljallangan va sifat va xavfsizlik to`g`risidagi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan bir turdagi (nomdagi) oziq-ovqat mahsulotining istalgan miqdori hisoblanadi.

Sifat va xavfsizlik guvohnomasi quyidagilardan iborat:

  • - sifat to`g`risidagi hujjatning raqami va uning manzili;
  • - tayyorlanish sanasi;
  • - mahsulot nomi;
  • - partiya hajmi;
  • - partiya raqami;
  • - mahsulot sifatining ushbu texnik shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi o`tkazilgan tahlil natijalari;
  • - yaroqlilik muddati;
  • - mazkur texnik shartlarining belgisi;
  • - SNB vakilining muhri va imzosi.

Nazorat usullari

  • Namunalarni olish – GOST 26313 bo`yicha amalga oshiriladi.
  • Namunalarni tayyorlash – GOST 26671 bo`yicha amalga oshiriladi.
  • Eruvchan qurq moddalarning umumiy ulushini aniqlash GF XI, chiq. 2, s 160 bo`yicha amalga oshiriladi.
  • Organik kislotalarning umumiy ulushini aniqlash (olma kislotasiga hisoblaganda) – GOST 25555.0 bo`yicha
  • amalga oshiriladi.
  • Zichlikni aniqlash GF XI, chiq. 1, s 24
  • bo`yicha amalga oshiriladi.

Tashish va saqlash

  • Qizilmiya suyuq ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) zich yopilgan sig`imlarda +25℃ dan yuqori bo`lmagan haroratda saqlanadi.
  • Yaroqlilik muddati – 48 soat.

Spirt quvvatini xaydash usuli bo`yicha aniqlash.

  • Agar suyuq ekstrakt 20% gacha bo`lgan spirtda tayyorlangan bo`lsa tekshirish uchun 75 ml, agar 20% dan 50% gacha bo`lgan spirtda tayyorlangan bo`lsa 50 ml, agar 50% va undan yuqori bo`lgan spirtda tayyorlangan bo`lsa 25 ml suyuq ekstrakt xaydash usuli bo`yicha spirt quvvatini aniqlash uchun namuna sifatida olinadi.Hajmi 200-250 ml bo`lgan yassi shaklli kolbaga aniq o`lchab olingan miqdordagi frangula suyuq ekstrakti solinib (25 ml), 75 ml bo`lgunga qadar tozalangan suv solinadi.

Haqiqiyligi.

  • Preparatning 0,5 g miqdori 5 sm3 miqdordagi suvda eritiladi, sig„imi 100 sm3 taqsimlovchi voronkaga o`tkaziladi, 10 sm3 etilatsetat qo`shiladi va 2-3 daqiqa davomida chayqatiladi. Qavatlangandan so`ng etilatsetatning yuqori qavati bug„lash idishiga qo`yiladi va suv hammomida quruq bo`lganga qadar bug„lantiriladi. Qoldig`ini 2 sm3 etil spirtida eritiladi, 1 sm3 quyuq xlorid kislotasi va 0,5 g magniy qirindisi qo`shiladi, asta-sekin pushti rang (flavonoidlar) paydo bo`ladi. 0,1 g preparat bug„lash dishiga solinadi, 1 sm3 suv qo`shiladi, aralashtiriladi, 1 sm3 miqdorida quyuq xlorid kislotasida 2% vanilin eritmasi qo`shiladi. Qizil malinali rang (katexinlar) paydo bo`ladi.

Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo`lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo`lsa, u teng hajmda olingan to`yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo`lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo`lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so`ngra xaydaladi

  • Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo`lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo`lsa, u teng hajmda olingan to`yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo`lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo`lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so`ngra xaydaladi
  • Ajratmalardagi og`ir metallar miqdori 0,001% dan ortiq bo`lmasligi kerak.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling