Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar
Download 298 Kb.
|
Qiziqarli masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar aholisi
- Eynshteyn topishmogi
Uch kaptar
Tep tekis yerda donlab yurgan uch kaptar "gur" etib osmonga ko'tarildi. Ayting-chi ular qachon yana bir tekislikda bo'lishadi ? Kofe Tabiiy kofe tarkibidagi kofeinning 97 foizi ajratib olingandan so'ng, qolganidan ichimlik tayyorlanadi. Tabiiy kofedan tayyorlangan bir piyola ichimlikdagi kofein miqdoricha kofein iste'mol qilish uchun bu tayyorlangan ichimlikdan necha piyola ichish kerak ? Shahar aholisi Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o'zbekcha so'zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so'zlasha oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so'zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi? Ekvator bo'ylab Agar yer yuzini ekvator bo'ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo'lganda edi, boshimiz tovonimizga qaraganda ko'proq yo'l bosgan bo'lar edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng ? Metroda Metroning o'ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo'nalishida yugurib chiqishyapti ularning biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga ko'tarilguncha ko'proq zinapoya pog'onalarini sanaydi ? Ahil sinf Bizning sinfda 35 o'quvchi bor. har birimiz roppa-rosa 11 ta sinfdoshimiz bilan do'stmiz. -Buning bo'lishi mumkin emas, -dedi darhol Ahmad o'rtog'iga. Va u haq edi. Nega? Eynshteyn topishmog'i Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil. Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar: 1. Ingliz qizil uyda yashaydi. 2. Shved kuchuk boqadi. 3. Daniyalik choy ichadi. 4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ... 5. ...uning egasi kofe ichadi. 6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi. 7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi. 8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi. 9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi. 10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi. 11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi. 12. Winfield chekuvchi pivo ichadi. 13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida. 14. nemis Rothmans chekadi. 15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi. Savol: Kim baliq boqadi ? Download 298 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling