Qiziqarli masalalar to’plami
«Avliyoni hatlab o‘tma!»
Masala 1. Maosh olgan Ravshanjon bozordan shirinlik va ho‘l meva olib,
uyiga qaytdi. qo‘lidagi paketi bilan darvoza oldidagi onasining xonasiga kirmay
to‘g‘ri o‘zlari turadigan uyga o‘tib ketdi. Bu holatni ko‘rgan onaning ko‘ngli
o‘ksib, o‘g‘lidan ranjidi.
Kelin bu vaziyatda qanday ish tutishi kerak?
A) paketdagi narsalarni ko‘rgan bolalariga ham ularni bermay olib qo‘yishi
va keyin o‘zimiz eymiz deyishi kerak;
B) taqsimchaga mevalardan solib, bolalaridan qayinonasiga berib yuborishi
kerak;
V) Oyijon! O‘g‘lingiz maosh olgan ekanlar – bizlarga ilinib, bozor qilib
chiqibdilar. SHuni o‘zingiz taqsimlab, rejalab bersangiz, deb paketni oldilariga
olib chiqib, maslahatlarini olishi kerak.