«Ishni rejalash – muvaffaqiyat garovi!»
Masala 3. Ertalab vaqtli turgan Durdona sport kiyimini topa olmay,
darsdan kech qoldi. O‘qituvchisi uni darsga kirishiga ruxsat bermadi. hafa
bo‘lgan Durdona uyiga qaytdi va voqeani uydagilarga tushuntirdi.
Oila a’zolari bunga qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?
A) Dadasi: Mening qizimni darsga kiritmaydigan domla kim ekan, deb
maktabga yo‘l oldi;
B) Buvasi buvisiga: har gal sumkasiga sport kiyimlarini solgan
solmaganligini nazorat qilib tursang bo‘lmaydimi?
V) Buvisi: Xafa bo‘lma, bolam, deb nabirasining boshini siladi va
shirinlik berib, bugundan boshlab har gal o‘zim sport kiyimlaringni sumkangga
joylab qo‘yaman, dedi;
G) Oyisi: Ra’noxon bundan buyon har kuni qizining dars qilgan,
qilmaganligini tekshirib, dars jadvaliga qarab ertasiga sumkasini tayyorlab
qo‘yishini nazorat qiladigan bo‘ldi. Buning natijasida qizi asta-sekin o‘zi
mustaqil ravishda dars qiladigan, sumkasini ertangi kunga tayyorlab qo‘yadigan
va darsga kechikmaydigan bo‘ldi. Boshqa ishlarda ham mustaqil ravishda o‘z
faoliyatini o‘zi rejalaydigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: