Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet49/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Nazorat savollari:
1. “Sho’roi Islomiya” namoyondalaridan kimlarni ko’sata olasiz?
2. “Ittifoqi taraqqiy” tashkilot vakillaridan kimlarni bilasiz?
3. Tashlilotlarning boshqa davlatlar bilan aloqalari haqida ma’lumotlar bilasizmi?


2- savol. “Birlik” uyushmasi,”Milliy istiqlol” tashkiloti, “Botir gapchilar”.
Dars maqsadi:
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. “Birlik” va “Milliy istiqlol” tashkilotlarining maqsad va vazifalarini bilib oladi.
2. “Botir gapchilar” tashkilotining maqsad va vazifalarini bilib oladi.
3. Sobiq sovet hokimiyatining bu tashkilotlarga bo’lgan munosabatini anglaydi.
2-savol bayoni:
Sovetlar hukumati o`lka xalqlarining ilg`or vakillariga ta`qib va tazyiqni borgan sayin kuchaytirdilar. Ayniqsa, jadidlar va ular bosh bo`lgan «Ittihodi taraqqiy»ga hujum avj oldi. Ana shunday sharoitda jadidchilar sovetlarga qarshi istiqlol uchun demokratik kurash usullarining turli yo`llaridan foydalandilar, o`zla­rining kurash shakllarini o`zgartirib turdilar. 1919-yil, yanvarda Munavvarqori Abdurashidxonovning tashabbusi bilan «Birlik» uyushmasi tashkil etildi. Ammo «Ittihodi taraqqiy» ham o`z faoliyatini to`xtatgan emas, aksincha и yanada rivojlandi va keng tarmoq otdi. Bu davrga kdib, «Ittihodi taraqqiy» o`z nomini o`zgartirib, «Milliy ittihod» yoki «ituhodi milliy» deb atala boshladi.
Kurashning o`zgargan bunday yangi taktik yo`lini yangi tarixiy vaziyat taqozo etardi. Yangi tarixiy vaziyatning mohiyati shundan iborat ediki, birinchidan jadidlar dastlabki paytda sovetlar hokimiyati Turkistonda uzoq yashab qola olmaydi, degan fikrda bo`lganlar. Shu bois ular sovetlarga qarshi to`g`ridan to`g`ri qurolli kurash yo`lini yoqladilar. Ammo hayot boshqacha yo`ldan rivojlandi. Bolsheviklar hukumati «Turkiston muxtoriyati»ni qonga botirdi, Osipov isyonini bostirdi va 1919-yilga kelib, и Turkistonda yagona qudratli kuchga avlandi. Bu obyektiv vaziyatni hisobga olmaslik va ko`r-ko`rona faqat Muiolli kurashga tayanish ayanchli oqibatlarga olib kelardi. Ikkinchi­dan bolsheviklar va sovetlar ilgari surayotgan dastur va shiorlar (°g`izda bo`lsada) jadidlarning «Ozodlik, Tenglik va Adolat»dan iborat dasturiy shiorlariga hamohang edi. Bu hol jadidlarga davr bilan hisoblashish, bolshevistik sovetlar hukumatiga yaqinlashish, ular bilan bamkorlik qilish asosida strategik dasturiy maqsad uchun kurash olib borish kerakligi to`g`risida hayotiy saboq berdi. «Ittihodi taraqqiy» rayosati o`zgargan yangi tarixiy vaziyatni hisobga olib, 1919-yilboshida maxsus qaror qabul qildi. Unda quyidagi aniq vazifalar belgilandi: «Sovet hukumatining yashab qolishiga shubha barham topishi munosabati hamda jamiyatning g`oyalarini (g`aflatga qarshi madaniyat uchun kurash) hukumat bilan ittifoqda amalga oshirish oson va maqsadga muvofiq ekanligi tufayli... uning a`zo­lari Munavvarqori va boshqalarga boshlangan ishni davom ettirish uchun bolsheviklar firqasiga kirishga ruxsat etilsim).
«Birlik» uyushmasi ham sovet hokimiyatini qo`Uab-quvvatlash yoshlarni kommunistik firqa safiga kirishga da`vat etish uchun tashkil etilgan edi. Munavvarqori bunday deb yozadi: «Eski shahardagi bosmaxona binosida uch yuzga yaqin kishi, firqa a`zolari, firqasiz xizmatchilar va taraqqiyparvarlar (jadidlar – muallifar) to`planib, «Birlik»ni tashkil etdilar.
Bu yig`ilishda bir-birimizga yordam berishga kelishib oldik. Birlashishdan maqsad yoshlarni bolsheviklar firqasiga j alb qilish va ularni har xil kutilmagan voqealarga tayyorlashdan iborat edi».
Ana shu umumiy yo`l asosida jadidlarning aksariyati 1919-yil boshlaridan e`tiboran, kompartiya safiga kira boshladilar. Bu musul­mon mehnatkashlarining ham kompartiyaga kirishlari uchun katta turtki bo`ldi. Oqibat natijada kommunistik firqa tashkiloti tarkibida musulmonlaming soni tez ko`paydi. Bu esa alohida milliy mustaqil kommunistik firqa tashkilotini tuzishni tezlashtirdi. Bunday tashkilot rasman TKPning II konferensiyasi (1919-yil mart)da tashkil topdi. Bu konferensiyada uning yuqori boshqaruv organi RKP (b) Musulmon byurosi (Musbyuro) saylandi. Unga T.Risqulov (rais), Munavvarqori Abdurashidxonov, Yusuf Aliyev, Efendiyev, Abduqodir Muhitdinov, Nizomiddin Xo`jayev, T.Xo`jayev, Muhammadjon Isayev, Husain Ibrohimov, Faxritdinov, Favarisov, Xantalijskiy a`zo bo`lib saylan­dilar.
Shuning uchun ham musulmon firqa tashkiloti o`zining yuqori va quyi organlari orqali mahalliy xalq manfaatiga tegishli bir qator masalalarni hal qilishga yoki ko`tarib chiqishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada uning faoliyatida jadidlarning ta`siri kuchli ekanligi sezildi. Shuning uchun ham bu firqa tashkilotiga o`z milliy manfaati yo`lida uzoq muddat faoliyat yuritish uchun imkoniyat berilmadi. U bor-yo`g`i bir yillik tarixga ega bo`ldi, xolos. Lekin shunga qaramay, u milliy manfaat, istiqlol, tenglik uchun Rossiya sovetlar mustamlakachiligi va buyuk shovinizmiga qarshi kurash olib bordi, muxolifot demokratik firqa tashkilotiga aylandi. Uning bo`lib o`tgan uchta o`lka konferensiyalarida musulmonlar hayotiga oid masalalar muhokama qilindi. Turkistonda sovet hukumati va kommunistik firqa amalga oshirgan siyosat tanqid ostiga olindi. Masalan, musbyuro raisi T.Risqulov musulmon firqa tashkilotlarining birinchi o`lka konferensiyasida (1919-yil, 24-30-may) qilgan ma`ruzasida xalq ommasi oktabr to`ntarishidan so`ng ozodlik, tenglik va do`stlik haqidagi inqilobiy shiorlarga ishonmay qo`yganligini ko`rsatib bunday degan edi: «Oktabr to`nta­rishi oliy hokimiyatni yo`qsilning qo`liga berdi: o`zaro ishonchsizlik tugatilmog`i kerak edi. Afsuski, bu o`zaro ishonchsizlikni Turkistonda mamlakatni ikki yillik ishchi-dehqon hukumati boshqaruvi yanada chuqurlashtirib yubordi. Musulmonlar eng yuksak inqilobiy orzulari amalga oshmasligiga ishonch hosil qil-moqdalar. Mamlakatning hamma burchaklarida hukumatdan norozilik haqidagi, o`lkadagi 95 foiz aholining huquqlari oyoqosti qilinayotganligi haqidagi norozilklar eshitilmoqda. Bu noroziliklar davlat hayotining hamma tomonlariga daxldordir. Men shuni ta`kidlab aytishni o`z proletar burchim deb bilaman: huquqlarning bunday buzilish hollari haqiqatan ham mavjuddir. Vijdoni bor har bir firqa xodimi bu nuqsonlarga kelajakda barham berish uchun ularni yashirmasdan aniq ko`rsatmog`i kerak».
O`lka musbyurosi o`z ixtiyori bilan qurolini tashlab, sovet huku­matiga o`tgan «bosmachilar»ni afv etish tashabbusi bilan chiqdi. Buni Turkiston kompartiyasi O`lka qo`mitasi qo`llab-quvvatladi. Musulmon kommunistlari O`lka byurosining qarori:
«1. Bu masala tezda muhokama qilinib, Ergash, Madaminbek, Mahkam, Xolxo`ja to`dalarida qatnashgan hamma musulmonlarga afv e`lon qilinib, ularni o`z ixtiyori bilan qurolni tashlab, sovet hukumati tomonga o`tishga chaqirish Respublika MIK dan iltimos qilinsin.
2.Ular («bosmachilar» - mualliflar)ning hayoti qog`ozdagina emas, balki amalda to`la kafolatlansin».
Turkiston MIQ 1919-yil, 7-mayda bunday afvni e`lon qildi. Ammo u quruq aldov va firibgarlikdan iborat bo`ldi. Chunki, o`z ix­tiyori bilan qurolini tashlab sovetlar tomon o`tganlarning qariyb o`sha vaqtning o`zida yoki keyinroq turli xil yo`l, xiyla va bahonalar bilan sud qilindi, sudsiz qatag`onlik qurboni bo`ldilar. Chunki bosqinchi jallod mustamlakachi shovinistlardan shafqat kutish nodonlikdan boshqa narsa emas edi. Bu ayniqsa, 1919-yil, 12-iyulda Turkiston hukumati va firqa tashkilotiga «mahalliy aholini davlat ishlariga mutanosiblik asosida keng jalb qilish» to`g`risida Rossiya markaziy hukumatining radio orqali bergan ko`rsatmasining muhokamasi chog`ida yanada yaqqol ko`rindi. Turkiston kompartiyasi o`lka qo`mitasi a`zolari A.A.Kazakov (Turkiston MIQ raisi), A.F.Solkin, K.E.Sorokin va boshqalar radiogrammadagi ko`rsatmaga qarshi chiqdilar. Buni Turkkomissiya a`zolarining o`zlari ham tan olib: «A.A.Kazakov, K.E.Sorokin, G.A.Temlyansevlar guruhi ruslarning mavqeyini boshqalardan ustun qo`yish, aholini musulmonlar va ovro`paliklarga bo`Hsh nuqtayi nazarida bo`ldi», deb markazga xabar bergan edilar.
Shundan so`ng shovinistlar Kobozevni mahalliy xalq manfaatini himoya qilgani uchun davlat to`ntarishi yasashda ayblab, sudga berishni talab qildilar. Hatto, unga nisbatan suiqasd uyushtirishga ham harakat qilindi. A.Kobozev mahalliy musulmonlar yordamida Moskvaga qochib ketishga ulgurdi. U 1918-yilda Turkiston MIQ raisi, 1919-yilda Turkkomissiya a`zosi bo`lgan edi. Kobozev Turkistondan ketgach, bu yerdagi «qilmishi» uchun 1923-yildan boshlab, katta lavzimlardan chetlatildi, umrining oxirigacha ilmiy-pedagogik faoliyat bilan band bo`ldi. Sovetlarning VIII Qurultoyida Turkiston hukumati tarkibiga kam miqdorda bo`lsa-da, mahalliy xalq vakillari kiritildi. Ular o`z xalqi va Vatani manfaatlari yo`lida xizmat qildilar.
O`lka musbyurosi va uning joylardagi tashkilotlarining say-harakatlari bilan 1919-yil, may oyidan boshlab, musulmon xalqlarining milliy boshqaruv orgardanlari, davlat hokimiyatining mahalliy, milliy tashkilotlari maydonga keldi. Ular inqilobiy qo`mitalar edi. Tarkibi aksariyat milliy kishilardan iborat bu inqilobiy qo`mitalar Andijon, Namangan, Qo`qon, Marg`ilon uyezdlarida va Turkistonning boshqa viloyatlarida tashkil etildi. Ular musulmon aholisining birdan bir 312-hukumat, davlat organlari sifatida ko`pdan ko`p ijobiy ishlarni amalga oshirishga undagan edilar.
Bu bilan bolsheviklar hukumati va kompartiya Turkistonni boshqarish uning o`z egalariga topshirish to`g`risidagi vadalarni asta-sekin bajarishga kirishganliklarini ko`rsatmoqchi bo`ldilar. Biroz bo`sa-da yon berildi. Bu hoi mahalliy ziyoli va jadidlarda sovetlar hukumati va uning Turkistonga yuborgan maxsus komissiyasi –Turkkomissiya bilan nisbatan hamkorlik qilish ishtiyoqini tug`dirdi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda tenglik, ozodlik va demokratiya va mustaqil­lik bo`lishiga biroz bo`lsada ishonch paydo bo`ldi. Ammo bu ishonch va hamkorlik qilish faqat orzu va umidligicha sarob bo`lib qoldi. «Mahalliylashtirilishi siyosati keng targ`ib-tashviqot qilinsa-da, amalda davlat boshqaruvi Rossiya va rossiyaliklar qo`lida qolaverdi. Bunga javoban Turkiston MIQ raisi T.Risqulov boshliq hukumat tarkibidagi mahalliy kadrlar norozilik bildirib, mustaqil ish yuritishga harakat qildilar. Ana shu harakat uchun ular «Milliy og`machilik» va «millatchlik»da ayblandilar. Bu guruhning rahbar va yo`lboshchisi deb otashin, millatparvar jadid Turar Risqulov ko`rsatildi. Kompartiyaning bu ikiyuzlamachilk siyosati va nayrangining guvohi bo`lgan, hukumat a`zosi Munavvarqori Abdurashidxonov o`z xotira asarida bunday yozadi: «Bu ko`rsatilgan milliy guruhning «milliy» nomi Moskvaga yangi (VIII Qurultoyda saylangan – mualliflar) hukumat teikibi «millatchilardan iborat» degan xulosa chiqarishga bahonabo`li. Shuning uchun ham birozdan keyin unga hujum boshlanib. Oqibat natijada tarqatib yuborildi. Bir guruh kommunistlar «risqulovchilar» deb nomlanib quvg`in qilina boshlandi. Komandirovkaga yuborish bahonasida ishdan bo`shatish kuchaydi. Men bu vaqtda Maorif Xalq Komissarligi a`zosi va Turk bo`limi raisi bo`lib ishlardim. Boshqalar qatori men ham ishdan olindim».
Haqiqatan ham TASSR Sovetlarining IX Qurultoyida (1920-yil 12-18-sentabr) «risqulovchilar» hukumat tarkibidan chiqarildi.
Turkiston ASSR MIK raisi lavozimiga endi Nazir To`raqulov say­landi. Bu o`zgarishlar rasmiy ravishda, garchand, «demokratik asosda»gi saylov yo`li bilan amalga oshirilgan bo`lsa ham u o`ziga xos hukumat to`ntarishi edi. Chunki, hukumat boshlig`i va uning tarafdorlari jadidlar ta`sirida bo`lgani, Rossiyaga nisbatan mustaqil bo`lishga, uning o`zi «bergan» muxtor huquqlardan foydalanishga harakat qilganligi uchun kompartiya tazyiqi va ko`rsatmasi asosida ishdan olindi va badarg`a qilindi.
Turar Risqulov budjet va paxta bilan bog`liq ishlarga ham aralasha boshlagani uchun ishdan olingani taniqli davlat arbobi Inomjon Xidiraliyev tomonidan qayd etilgandi.
«Birlik» jamiyati 2-3-yil faoliyat ko`rsatdi. Chunki Munavvar­qori Abdurashidxonovning ta`kid etgani singari «Yoshlarning ko`pchiligi firqaga (Kompartiya nazarda tutilmoqda – mualliflar) kirgandan keyin u o`z-o`zidan tugab ketdi».
1925-yilda Munavvarqori tashabbusi bilan «Birlik ittihod», «Ittihodi milliy», «Milliy istiqlol» degan nom bilan qayta tashkil etiladi. Bu tashkilotning tuzilishiga O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respub­likasining tashkil etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi, Turkiston birligi uchun kurashning o`ta mushkul bo`lib qolganligi sabab bo`ldi. O`zbekiston jadidlari endi o`z oldilariga asosiy vazifa qilib, mustaqil O`zbekiston uchun kurashni qo`ydilar. Lekin bu bilan ular umumturkiy olam birligi g`oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona makon ekanligi, lurkiy milliy madaniyat va qadnyatlar o`chog`i g`o­yasini inkor etmaganlar. «Ittihodi taraqqiy» va «Milliy ittihod» mus­taqil Turkiston uchun kurashgan edi. «Milliy ittihod»ning tashkiliy tizimi, kurash usullari «Milliy istiqlol»da ham saqlanib qoldi. «Milliy istiqlol» Markaziy «uchlik» boshqaruvi Munavvarqorining ishongan shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va G`ofurjon Musaxonovlardan iborat bo`ldi.
Aziz Lazizzoda 1926-yil O`rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetini ikki yilda tugatgan yosh zamonaviy ziyolilardan edi. Shu yilning oxirida u Moskvadagi nokommunistik universitetga o`qituvchi qilib yuborildi va auditoriyaga ma`ruza o`qish uchun kirgan kuniyoq qamoqqa olinib, uch yilga Qalmiqistonga surgun qilindi.
Tashkilotning Namangan, Andijon, Samarqandda bo`limlari bor edi. Tashkilotga rahbarlikni maxfiy suratda Munavvarqori Tosh­kentda turib amalga oshirdi. Munavvarqori qamoqqa olinguniga qadar asosiy maqsadi O`zbekistonni mustaqil ko`rishdan iborat bo`lgan «Milliy istiqlol» tashkilotiga rahbarlik qildi. Uning haqida Sa­limxon Tillaxonov GPU tergovichisi so`rog`iga bergan javobida bunday degan edi: «Bizning tashkilotimizning (ya`ni «Milliy istiqlol»ning – mualliflar) dasturi yo`q edi. Uning dasturi ham rahbari va llhomchisi ham Munavvarqorining o`zi bo`lgan».
Aziz Lazizzoda ham o`z ustozining siyosiy faoliyati haqida quyidagini yozib qoldirgan: «U tashkilotning yakka-yu yagona rahbari, teran aqllik mafkurachisi, ilhomlantiruvchi strategi, usta diplomat va boshqa shu kabi juda ham ijobiy kishi hisoblanadi. Uning aql-zakovati har doim hissiyotdan ustun bo`lgan, shuning uchun ham u o`z harakatida kamdan kam xatolikka yo`l qo`yadi. Agar Munavvarqori tashkilotga rahbar bo`lmaganida, u bu qadar muvaffaqiyatlarga erishmas edi.
«Milliy istiqlol» o`z yig`ilishlarini uning a`zolari xonadonlarida «gap» bazmi, har xil mehmondorchilik bahonasi ostida o`tkazgan. Tashkilot faollaridan biri Fatxiddin Maxsum Ismatullayevning guvoh­lik berishicha shunday «gap»lardan biri Munavvarqorining bog`ida o`tkazilgan. Unda Munavvarqori «Milliy istiqlobning hamma uyezdlarda besh kishilik rayosat (rais, kotib, xazinabon, ikki a`zo) dan iborat bo`limlari tuzilganligi haqida axborot bergan. Shu bilan birga u eski tashkilotning dasturi hozirgi sharoitga to`g`ri kelmasligi va yangi tashkiiotga GPUni chalg`itish maqsadida ko`proq yoshlarni jalb qilish zarurligini aytgan va o`z so`zining yakunida shunday degan: «Hozir maktablarda milliy ruh qolmadi. Bu masalada hech qanday ish qilinmayapti. Agar ahvol shunday davom etaversa o`zbekda milliy ruh yo`qolib ketadi. O`zbekiston ruslar oyog`i ostida qoladi».
«Milliy istiqlob o`ta maxfiylikda ish yuritdi. Unga a`zolarni qabul qilish ham butunlay maxfiy va ixtiyoriylik, Vatan oldidagi o`z burch va mas`uliyatini to`la his etish asosida o`tkazildi. Buning uchun avvalo, «Milliy istiqlol»ga kiruvchi uning bir a`zosidan tavsiya olishi shart bo`lgan. Shundan so`ng u ma`lum muddatda sinovdan o`tgach, qat`iy tartib-qoida asosida uch kishi guvohligida tashkiiotga qabul qilingan. Qizig`i ham, hayratlanarlik tomoni ham shundaki, u o`zini olib kelgan kishidan boshqa ikkalasi bilan tutash bo`lmaydi, ularning borligini sezib, kimligini bilmagan holda qasamyod qiladi.
Bu to`g`rida «Milliy istiqlob Markazi «uch»ligining a`zosi Salimxon Tillaxonovning ushbu yozuvlari diqqatga sazovordir: «Men belgilangan muddatda, kechqurun Ilhom Islomovni G`ofurjon Musoxonovning uyiga olib bordim. Bizning kelganimizni bilib, darvozani uning o`zi ochdi-da, o`zini chetga oldi. Biz qorong`i mehmonxona orqali ichkari xonaga kirdik. Parda orqasida turgan Asadulla Hojixonov qasamyod so`zini takrorlab eslatdi. U shundan iborat edi: Men shu daqiqadan boshlab “Milliy istiqlol” tashkilotiga kiraman. Uning barcha buyruqlanni hech qanday e`tirozsiz bajaraman, uning oldidagi maqsadi ro`yobga chiqishi uchun kerak bo`lsa jonimni, butun mol-u dunyomni qurbon qilishga tayyorman. Uning sirlarini hech qachon, hech kimga oshkor qilmayman, buning uchun vijdon va iymon-u e`tiqodim bilan xudovandi Karim oldida qasam ichaman. Shundan so`ng I.Islomov bu qasamyodni bir qo`lini Qur`oni karim, ikkinchi qo`lini to`pponcha ustiga qo`yib qayta takrorladi».
Jumabek hoji Parpiboyev ham ana shu tashkiiotga a`zo bo`lganini quyidagicha tasvirlaydi: «1920-yil boshlarida qandaydir masala yuzasidan Toshkentga kelganimda, sobiq Eski shaharda Abduqodir Qushbegiyev bilan (u 1937-yil qamoqqa olingan) uchrashganimda, u meni у , o`z uyiga taklif qildi. Men uning uyida bo`lib, bir kun tunadim, ertasi kuni meni Yangi shaharga birga borishimni taklif qildi, men ko`ndim, ikkovimiz shaharga bordik. Balandli masjidga kelganimizda Qushbegiyev menga u bilan birga uning o`rtog`inikiga kirishimni aytdi, men rad qila olmadim va biz balandli masjiddagi bir uyga kirdik. Ammo shu zahoti Qushbegiyev yo`q bo`lib qolib, boshqa bir odam paydo bo`ldi, u menga mutlaqo begona, tanish emasdi. U meni uyga kirishga taklif qildi. Men uy ichiga kirganimda u odam ham ko`zdan goyib bo`ldi. Shu onda men uy o`rtasidagi stol ustida «Qur`on» va «Nagan» sistemali braunga ko`zim tushdi. Men qo`rqib ketdim, shu onda uy orqasidan oq libosga o`ralgan, yuzi yopiq, faqat qo`ligina ochiq holatda bir kishi chiqib shunday dedi: «Siz bilasizmi, qayerda turganingizni, bu uy «Milliy ittihod» tashkilotining joyi, Siz Qur`on oldida biz bilan birga ishlashga qasamyod qilishingiz kerak, bizning sirlarimizni maxfiy saqlashingiz lozim. Agarda bizning sirlarimizni oshkor qilgudek bo`lsangiz bizning odamlarimiz tomonidan Siz yo`q qilinasiz. Shundan so`ng, uning ogohlantirishidan keyin men «Milliy ittihod» tashkilotining sodiq a`zosi bo`lishlikka va`da berdim va oq kiyimga o`ralib olgan kishi meni tabriklab xonadan chiqib ketdi, uning o`rniga meni shu uyga taklif qilib olib kelgan odam paydo bo`ldi va meni boshqa darvoza orqali boshqa ko`chaga kuzatib qo`ydi».
Mana shu muqaddas qasamyod bilan sovetlar bosqiniga qarshi kurash mas`uliyatini o`z bo`yniga olgan yuzlab istiqlolchilarning aksariyati bir-birlarini bilmagan holda buyuk maqsad – Vatan mustaqilligi yo`lida juda ham og`ir bir paytlarda katta jasorat ko`rsatdilar, tarixda o`chmas iz qoldirdilar. Jadidchilar, shaxsan «Milliy istiqlol» tashkilotining asoschisi Munavvarqori bosqinchi sovetlar tuzumining halokati muqarrarligini ilgaridan ko`ra olgan edi.
Munavvarqorining quyidagi so`zlari bu fikrning yaqqol isbotidir, «Bizlar ...sovet hokimiyatining Ovro`pa burjuaziyasi bilan to`qnashuvida muqarrar ravishda halokatga uchrashini nazarda tutdik. Bizlar unmg yo`q qilinishiga ishondik va bunga tayyorgarlik ko`rishga, sovet hokimiyati halokati yuz berganda hokimiyatni qo`lga olishga tayyor tuirishga qaror qildik... Shu yerda, menimcha, Ubaydulla Xo`jayev (Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev) bayonotini misol tariqasida keltirish ortiqchalik qilmaydi. U sovet hokimiyati o`zining birinchi o`n yiligiga bormasdanoq, albatta Ovrupa burjuaziyasi bilan to`qnashuvda halok bo`ladi, agar birinchi o`n yillikda u harbiy to`qnashuvga duchor bo`lmasa, ahvol ancha qiyinlashadi, deb aytgan edi».
Shu boisdan ham jadidlar istiqlolchilik harakatini yagona qo`mondonlikka bo`ysundirishga va unga g`oyaviy tashkiliy rahbarlik qilishni o`z qo`llariga olishga harakat qildilar. Ana shu maqsadda ularning ba`zi birlari to`g`ridan to`g`ri qo`rboshi bo`lib, dushmanga qarshi jang qilgan bo`lsalar, boshqalari esa qo`rboshilar qarorgohi va hukumatlarida maslahatchi va g`oyaviy rahbarlik vazifasini bajardilar. Jadidlar qo`rboshilar o`rtasidagi o`zaro ixtiloflarni bartaraf qilishga katta kuch sarfladilar.
Istiqlolchilik harakatining yashirin tashkilotlari: «Ittihodi taraqqiy», «Ittihodi milliy», va «Milliy istiqlol»ning yirik namoyanda va rahbarlari Munavvarqori, Usmonhoji To`xtaxo`jayev, Isroiljon Ibragimov, Obid Saidov, Tangriqul Maqsudov, Zaynutdin qori Nasritdinov, Abdullahoji G`ofurov va boshqalar bevosita qo`rboshilarning qarorgohlarida siyosiy rahbar, maslahatchi va aloqa bog`lovchi bo`lib xizmat qildilar.
«Milliy istiqlol» tashkiloti qarori bilan Rahmonqul qo`rboshi qarorgohiga borgan Usmonhoji To`xtaxo`jayev, u yerdan turib Sadriddinxonning so`zlari bilan Toshkentda ish boshlagan kompartiya qurultoyiga ultimatum yozib, Farg`onaga muxtoriyat berilishini talab etgan edi.
1931-yil, 25-aprelda SSSR Ministrlar Soveti qoshida maxsus Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyasi o`zbekistonlik 87 istiqlolchining «jinoiy ishi» to`g`risida chiqargan qarorda shunday deb ko`rsatildi: «192123-yillarda «Milliy ittihod»ning ko`pgina a`zolari joylardagi bosmachilar to`dasi orasida yoki bosmachilar boshliqlari bilan jinoyatkorona aloqada bo`lib, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurashni tashkil etishda bevosita qatnashdi». Yana shu ayblov hujjatida «Milliy istiqlol» tashkiloti haqida quyidagilar yozilgan edi: «Bundan tashqari bu tashkilot bosmachilikka nisbatan ijobiy munosabatda bo`ldi. Uning ba`zi filial (bo`lim)lari, masalan, Namangan bo`limi 1928-1929-yillardagi bosmachilar to`dasining sovet hukumatiga qarshi qurolli chiqishlarida qanashdi.
Istiqlolchi jadidlar e`tibor bergan asosiy masalalardan biri milliy ruhni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat bo`ldi. Bu o`rinda
Munavvarqorining o`zi shunday deb yozadi: «Milliy chegaralanish» millatchilik (ya`ni o`zligini anglash – mualliflar) mayllarining kuchayishiga turtki bo`ldi. Bizlar millatchilikning o`sishini hamma jabhalarda – ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy hayotning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qildik...
Bizlarga milliy g`oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlan­tirish sohasidagi targ`ibot ishlarini olib borish kommunistik kadrlarning (saviyasi – mualliflar) past bo`lganligi sababli oson ko`chdi. Toshkentdagi gazeta va jurnallarning redaksiyalarida hamda adabi­yotda G`ozi Yunus, Julqinboy, (A.Qodiriy), Cho`lpon, Sanjar, Usmonxon Eshonxo`jayev, Elbek kabi milliy ziyolilar katta rol o`ynash bilan birga, salmoqli ta`sirga ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda milliy ta`sir kommunistik ta`sirdan kuchli edi. Masalan, G`ozi Yunus ochiqdan ochiq yozsa, boshqalar o`z milliy g`oyalarini inqilobiy so`zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi».
Haqiqatan ham 20-yillardagi shoir-u yozuvchilar, matbuot xodimlari va boshqa ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti va darsliklarida milliylik va milliy ruh kuchli bo`ldi. Bu esa keyinroq jadid va ularning ta`sirida bo`lgan ziyolilarning kompartiya tomonidan qatag`on qilinishiga asosiy sabablardan biri bo`ldi.
Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo`llaridan biri hukumat va boshqa davlat korxona, idora va muassasalari rahbar kadrlarini mahalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat deb bildi. Shuning uchun ham ular kompartiyaning mahalliylashtirish siyosatidan keng foydalanishga harakat qildilar. Istiqlolchi jadidlar hukumat idoralarini mahalliylashtirish bilan hokimiyatni qo`lga olmoqchi bo`ldilar. Shu boisdan «Milliy istiqlob markazida maxsus tuzilgan «uchlik» mahalliylashtirish bilan shug`ullandi. Uning biri hukumatning mahalliylashtirish komissiyasi bilan yaqin aloqada bo`ldi. Ikkinchisi, matbuot tahririyatlarida, uchinchisi esa hukumat muassasalarida ishlab, o`zlariga yaqin milliy ruhdagi kishilarni rahbarlik lavozimlariga ko`tarishga har xil idora va matbuot organlarida ishlashiga yordam berdi.
Hukumatning mahalliylashtirish komissiyasini ma`lum bir muddatda boshqargan Ali Rasulov «Milliy istiqlob faollaridan biri bo`lgan edi. Bu tashkilot a`zolarining ko`pchiligi yuqori darajali hukumat va firqa lavozimlarida ishlab, muxolifat asosida bolshevistik firqa siyosatiga nisbatan o`zlarining aniq takliflarini bildirib turdilar. Ular kompartiyaning asosiy g`oyasi bo`lgan sinfiy kurashni butunlay inkor etdilar. «Bizlarning, - deb yozgan edi Munavvarqori, - sinfiy dunyoqarashimiz negizida sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bilmas edik, agar yirik burjuaziya deb hisoblanayotgan katta yer egalari va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning ko`z o`ngimizda hamma teng edi. Mana shundan bizning oktabr inqilobidan keyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan ro`limiz, sovet hukumati, yo`qchil diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz tushunarli bo`lsa kerak».
«Milliy istiqlobning Namangan bo`limini Zaynutdin qori Nasriddinov boshqargan. Bu tashkilot o`z faollari Akram Ismatullaev va R.B.Rizayev orqali Toshkent va shaxsan Munavvarqori bilan yaqindan aloqada bo`lgan, markazning ko`rgazma va topshiriqlarini bajarib tur­gan. Namanganlik istiqlolchilar U.Akramiy, M.G.Dadamuhamedov, F.Ismatullayev, X.B.Rizayev, I.K.Otaboyev, Jamol Sa`diyev, Nasimjon Mahmudov, F.Usmonov, A.Musaboyev, A.X.G`afurov, A.Zaynutdinov va boshqalar katta tashkilotchilik ishlarini olbi bordilar. Ular omma orasida juda ustalik bilan kompartiyaning ruslashtirish, rahbar lavozimlarga esa savodsiz kishilarni jalb qilish siyosatini fosh etdilar va mahalliylashtirish ilg`or va o`qimishli ziyolilar evaziga amalga oshirish zarurligini targ`ib qildilar hamda milliy ozodlik uchun kurashuvchilarga yordam berish kabi masalalar bilan shug`ullandilar.
«Milliy istiqlobning Namangan bo`limi Farg`ona vodiysidagi is­tiqlolchilik harakatining o`ziga xos markazi ham edi. Uning rah­barligida Andijon shahri va Kosonsoy qishlog`ida ham istiqlolchilar uyushmasi tashkil etildi va omma orasida katta ishlar olib borildi. Andijonda Abdullaxo`ja G`ofurov rahbarligida uyushgan M.Karimov, A.K.Sattorov, Sh.K.Toshmatov, M.K.Ashurov va boshqalar, Kosonda Abdullabek Musabekov rahbarligida I.M.Obitdinov, M.Sh.Abdullaxo`jayev, A.X.To`xtaxo`jayev va boshqalar istiqlol yo`lida faollik ko`rsatdilar.
Samarqandda ham 1927-1929-yillarda «Milliy istiqlobning Murotxo`ja Allaxo`jayev, Abduahat Ma`rufjonov, Shoqobil Kamolov, Hamroqul Kamolov, Ergash Nurmuhammedov va boshqalardan iborat bo`lganlari va ular viloyatda ibratli ishlarni amalga oshirganligi haqida ma`lumotlar bor.
Sovetlarning mustamlkachilik zulmiga qarshi kurashda Qo`qon shahrida «Milliy istiqlol» tashabbusi bilan tashkil topgan «Botir gapchilar» uyushmasi ham o`z o`rniga ega bo`ldi. U 1920-1930-yillarda faoliyat ko`rsatdi. Uning tashkilotchi va faollari Ashurali Zohiriy, Lutfulla Alimov, U.Hamidov, N.Ermatov, M.Husainov, A.Qahorov, P.Parpiyev, M.A.Saliyev va boshqalar edilar.
O`z faoliyatlarida «Milliy istiqlob yo`lidan bordilar va asosiy maqsadlari sovet hokimiyatini ag`darish va «Xalq jumhuriyati»ni tashkil etish edi. Bu maqsad yo`lida ular O`zbekistonning aholi gavjum joylarida tashkilotning bo`limlarini tashkil etish bilan xalqni qurolli qo`zg`olonga tayyorlamoqchi bo`ldilar. «Botir gapchilar» «gap» mehmondorchilikka yig`ilish bahonasida ish olib oofdilar, o`zaro maslahatlashdilar. Biroq, tashkilot uzoq faoliyat ko»rsata olmadi. U 1930-yilning boshidayoq GPU xodimlari tomo­nidan fosh etildi. «Botir gapchilarv, o`z oldilariga qo`ygan maqsadni amalga oshirishga ulgurmadilar va sezilarlik faoliyat ko`rsata olmadilar. Uning 1930-yil, 2-, 14- va 23-yanvardagi «gap»lari yig`ilishlarning oralama yozuvlari (protokoli) saqlanib qolgan. Shuningdek, tashkilot nizomi, a`zolikka kimlar qabul qilinishi haqidagi hujjat ham topilgan. Nizomda jumladan quyidagilar yozilgan edi: «Наr bir ongli kishi o`lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog`i va O`zbekistonda mustaqil hukumat barpo etishga harakat qilmog`i hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va mehnat bilan ta`minlashga butunlay sadoqatli bo`lmog`i kerak».
Nizomda tashkiiotga a`zo bo`lishi shartlari ham ko`rsatilgan:
Sovet tashkilotlarida mas`ul va nomas`ul lavozimlarda ishlovchi, sudlanmagan, siyosiy mahbuslikdan istisno kishilar hamda partiya a`zrolari:

  • boshlang`ich va o`rta maktab, oliy o`quv yurtlarining o`qituvchilari, agar ularning nomzodini ko`pchilik tashkilot a`zolari qo`llab-quvvatlasa;

  • oliy o`quv yurtlarining ma`lum sharoitda tarbiyalangan ongli talabalari;

  • mutaxassislar;

  • adabiyotshunos, shoir va yozuvchilaming ma`lum qismi;

  • zavod, fabrika va matbaa ishchilaridan savodli targ`ibotchi va tashkilotchilar;

  • dehqonlardan: ongli va aholi orasida obro`ga ega bo`lgan kishilar, qobiliyatli targ`ibotchi va tashkilotchilar;

  • harbiy qismlardan: milliy armiyada xizmat qilgan u yoki bu darajadagi savodli shaxslar, milliy komandirlar;

  • hunarmandlar va armiyada xizmat qilganlar.

  • Nizomda tashkilotning har bir a`zosi oldiga qo`yiladigan talablar ham ko`rsatilgan edi:

  • a`zolikka qabul qilinayotgan har bir kishiga nisbatan tashkilot a`zolari befarq bo`lmasliklari;

  • tashkilot a`zosi qayerda ishlashidan qat`i nazar atrofidagilar o`rtasida namunali bo`hnog`i;

  • tashkilot a`zosi, unga topshirilgan vazifani har qanday vaziyatda ham bajarish qobiliyatiga ega boimog`i;

  • tashkilot a`zosi albatta birorta boshqa tashkilotga a`zo bo`lishi (partiya, komsomol yoki kasaba uyushmasi);

  • tashkilot a`zosi ichimlik ichmasligi va «gap»larda o`zini tuta bilishi kabilar ana shulardan iborat edi.

Mazkur hujjatda tashkilotning nizomi va dasturini buzgan va ularga ochiqdan ochiq qarshi chiqqan a`zolarga nisbatan qo`llaniladi-gan choralar tartibi ham belgilangan edi.
Nizom qoidalarini tushunmasdan buzganlar tashkilot yig`ilishida kechirim so`raganlaridan so`ng qat`iy ogohlantirilar edilar. Agar bu ish yana ikkinchi marta qaytarilsa yoki ongli ravishda xatolikka yo`l qo`ysa, xoinlik qilsa bunday a`zolar maxsus tuzilgan «uchlik» komissiyasida muhokama qilinishi belgilangan.
«Milliy istiqlob 1929-yilda OGPU tomonidan fosh etildi.
6-noyabrda uning faollaridan.26 kishi qamoqqa olindi. Tez orada jami bo`lib 87 kishi qo`lga olindi va rosa bir yil-u besh oy dastlab Toshkent, so`ngra Moskva avaxtalarida qattiq azoblar bilan tergov qilindilar. Nihoyat, 1931-yil, 25-aprelda ulaming ustidan SSSR Birlashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyasi «oliy hukm» chiqardi. Hukmni Ayzenberg ismli shaxs o`qib eshittirdi. OGPU sudlov kollegiyasida vatandoshlarimizdan yana boshqa 19 kishining «jinoiy ishi» ham ko`rib chiqildi. Ularga ham «oliy jazo» bclei landi. Kollegiya qarori bilan «Milliy istiqlob ishi bo`yicha ayb-langanlarning 15 tasiga otuv, 6 tasiga 10 yillik konslagerga al-mashtirish sharti bilan otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15 tasiga 3 yillik konslagerga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta belgi­langan shaharlarida yashash huquqidan raahrura qilingan holda qa-moqdan ozod qilish, 1 tasini ajrim qilish haqida hukm chiqarildi.
Faqat birgina kishi qamoqdan ozod qilindi. U ham bo`lsa, siyosiy lioshqarmaning ayg`oqchisi, xalq xoini Madhiddin Solihovich Vluhamedov edi. Chunki, uning GPU oldidagi xizmatlari katta edi. M.S.Muhamedov jadidchilarni, o`z o`qituvchilari, qarindosh-umg`lari, birga o`qigan va bir xonadonda yashagan «do`stlari»dan ellik kishi­ning faoliyatiga «siyosiy baho» berib, sotgan edi. O`rta Osiyo Davlat aniversiteti sharq fakultetining 3 kurs talabasi bo`lgan sotqin bu paytda 19 yoshda bo`lib, Yeldirim taxallusi bilan shoir bo`lish orzusida, sherlar ham mashq qilib yurgan. Uning siyosiy boshqarmaga yozgan xatlaridan ayrim namunalar millat va Vatan sotqinining qiyofasini ko`z oldimizga keltirishda yordam beradi: «Agar jadidlarning hozirgi mafkurasiga nazar solsak, ular sovet hokimiyatining ashaddiy dush­mani ekanliklarini, bu hokimiyat qachon qularkin, deb intiq bo`layotganlarini osongina bilib olamiz. Qulashiga esa, ular qat`iy ishonadilar. Ular sovet hokimiyatining (chet) dushmanlari bilan bir safdadirlar va bu hokimiyatni tugatishda ishtirok etish niyatlari bor. Dushman xoh ichdan, xoh tashdan qachon bu hokimiyatga qarshi harakat boshlaydi-yu, qachon bu kurash avjga minadi – ular shuni kutmoqdalar».
U Shorasul Zunnun haqida bunday deb yozadi: «Afg`onistonda to`polonlar boshlanib Bachai Saqav Omonullaxonga qarshi kurashayotgan chog`lari Shorasul Zunnun faqat shu haqda so`zlar va men bilan bunday bahslashar edi: «Afg`onistonda hokimiyat Bachai Saqav qo`liga o`tgan zahoti bizlarning ahvolimiz yengillashishiga shubha vo`qdir. Chunki unda inglizlar sovet hokimiyatiga hujum boshlaydilar, biz bo`lsak, bu imkoniyatdan foydalanib, O`rta Osiyoda milliy huku­mat tuzamiz. Bizda imkon ко`р». Qanaqa imkonlari borligini so`raganimda, u javobdan qochdi. Shorasul ashaddiy tor millatchilardandir, bu borada u hamfikrlarini ham ortda qoldirib ketadi. Lekin tabiatan ichimdan top emas, boshqalarga o`xshab fikrlarini yashirib yurmaydi, kim unga xayrixohlik bildirsa, bo`ldi, og`zidan gullayveradi. Boz ustiga, fikrlariga hammaning qo`shilishini istaydi va shunga qistaydi. Sovetlarga qarshi ma`ruzalar o`qiy boshlaydi. Men uning fe`li-atvorini, xulqini yaxshigina o`rganib olganman. Ko`rishganimizda, unga «Buncha ozib-to`zib ketibsiz, Shorasul aka, mazangiz qochdimi-yo?» deb gap boshlayman. Bunga u: «E, uka, shu millat qayg`usi meni bu ahvolga soldida. Fikr-u yodim shu millatda», - deb javob qiladi».
Boshqa bir misol: «Eshonxo`ja Xon – mening yaqin qarindoshim (onamning ukasi), bir hovlida birga yashaymiz. Sobiq jadid. Tur­kistonda jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan, mafkura jihatidan yot unsur. Sovet hokimiyatining ayrim tadbirlaridan qattiq norozi. Masalan, paxtachilik sohasini kengaytirish kompaniyasidan va bug`doy yetishmovchiligi munosabati bilan juda norozi bo`lgan. U menga derdiki, O`zbekistonda un taqchilligi qattiq sezilib turgan bir mahalda Moskov dehqonlarni paxta ekishga majbur qilayapti, boz ustiga, Moskovning o`zi va`dasiga xilof ravishda O`rta Osiyoga bug`doy yetkazib bermayapti, natijada dehqonlarni un bilan ta`minlashda mana shunaqa qiyinchiliklar yuzaga kelayapti. Bir so`z bilan aytganda, paxtachilik tarmog`ini kengaytirish aholining boshiga bitgan balo, bundan faqat o`zbek dehqonlari zarar ko`radilar. Bundan tashqari, biz Moskovni paxta bilan ta`minlayapmiz-u, o`zimiz yetarli miqdorda sanoat mollarini, jumladan manufaktura olmayapmiz...».
«Hasan qori Xon ham mening qarindoshim (onamning ukasi). Mafkura jihatidan Eshonxo`ja Xonga yaqin. Sobiq jadid, uzoq yillar jadidlarning kitob do`koniga mudirlik qilgan. 1926-1927-yillarda o`zbek davlat nashriyotining do`konida ishlagan».
Bir fursatlik jig`ildon, nafs va qizil o`ngach kasaliga mubtalo bo`lib millatga, vatanga xiyonat qilgan va sovetlarga sotilgan M.S.Muhamedovning taqdiri ham barcha millatfurush va vatanfurash-lar taqdiri singari oqibatda ayanchli va xor-u zorlikda yakun topdi. U ham ko`p fursat o`tmasdan sovetlar tomonidan qamoqqa olinib qariyb butun umri uzoq surgunlarda, siyosiy mahbuslikda o`tdi. Sovet hokimiyatidan ro`shnolik ko`rmay o`tib ketdi. Ana shu tariqa «Milliy istiqlol tashkiloti ham 1929-yilga kelib harakat sifatida tugatildi. Ammo uning tarixiy xizmati katta bo`ldi. «Milliy istiqlob) tashkiloti milliy mustaqillik, milliy o`zlikni saqlab qolish, tenglik, ozodlik va adolat uchun kurashdi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling