Qobiliyat haqida tushuncha
PEDAGOGIK QOBILIYATLAR VA ULARNING TUZILISHI
Download 101.5 Kb.
|
1403958853 49536
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK QOBILIYAT TARKIBI QUYIDAGICHA
PEDAGOGIK QOBILIYATLAR VA ULARNING TUZILISHI.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko`pqirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko`rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o`rin egallaydigan qator komponentlar (tarkibiy qisimlar)ni ajratib ko`rsatish mumkin: Shaxs qobiliyatining mayllar va qiziqishlar bilan bog`liqligi. qobiliyat va bilim, malaka maxoratining o`zaro aloqadorligi. O`quvchilar qobiliyatini diagnostika qilish, qobiliyatni tarkib toptirishga individual yondoshish masalalari. qobiliyatlarning tarkib topib borishi va rivojlantirishning shart-sharoitlari. O`quvchi qobiliyatlarini rivojlantirishda o`qituvchining roli. O`qituvchining pedagogik qobiliyatlari. PEDAGOGIK QOBILIYAT TARKIBI QUYIDAGICHA: Didaktik qobiliyat (murakkab bilimlarni tinglovchilarga tushuntirishga uquvchanligi). Akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo`lishligi) Persteptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditori holatini idrok qila olish fazilati). Nutqiy qobiliyat (ixcham, ma`noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo`lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza mantiqiy urg`uga rioya qilishi). Tashkilotchilik qobiliyati (sinf, guruh yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste`dodi). Obro`-nufuzga ega bo`lishlik qobiliyati. (o`zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aqlliligi, faxm-farosatliligi,mustaqil irodasi bilan obro` orttirishga uquvchanligi). Muomala va muloqot o`rnata olish qobiliyati. Psixologik tashxis (diagnoz ) qilish qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati). Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha ob`ektlarga bir davrning o`zida o`z munosabatini bildirishga uquvchanligi). Iymon-e`tiqodga, faol, hayotiy pozistiyaga yo`naltirish qobiliyati. Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati. Aqli donishlik qobiliyati (bilimdonlik). Konstruktiv qobiliyat (o`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati). 14. Gnostik qobiliyat (Tadqiqotga layoqatlilik). Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling