Qobiliyat haqida tushuncha


MUOMALA VA MULOQOT O`RNATISH QOBILIYATI


Download 101.5 Kb.
bet10/11
Sana10.01.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1087184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1403958853 49536

MUOMALA VA MULOQOT O`RNATISH QOBILIYATI-bu bolalar bilan muloqotda bo`lishga, o`quvchilarga yondashish uchun to`g`ri yo`l topa bilishga, o`quvchilarga yondashish uchun to`g`ri yo`l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o`zaro aloqa bog`lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o`rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo`shgan. Uning bunda muhimi-o`quvchilarga ta`sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta`sirni qo`llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e`tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o`quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarning hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri-har qanday pedagogik ta`sirga nisbatan qo`llaniladigan chora-tadbirlarni (rag`batlantirish, jazolash, pand-nasihat) xis eta bilishdan iboratdir. Farosatli o`qituvchi bolalarga e`tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. “U biz bilan hayron qolarli darajada ajoyib yaqin do`stlarcha yaxshi munosabatda bo`ladi”; “Bizning tarix o`qituvchimizning kuchli tomoni- har kimga qanday yondashishni bilar edi”; “Eng yomoni-o`qituvchining o`quvchilar oldida xushomadgo`ylik qilishdir. Bizning zoologiya o`qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilmasin, u bolalarni o`ziga qaratish uchun xushomadgo`ylik qilardi! Nega ular o`zini shunchalik kamsitib erga uradi? Deb o`ylar edim. Axir ular o`z fanini yaxshi biladiku”; “Ibrohim aka esa, qarabsanki, hech narsadan-hech narsa yo`q kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga urushib, koyib berar edi”.
Pedagogik taktning yo`qligi ko`pincha og`ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent maktablaridan birida ona tili va adabiyot o`qituvchisi o`quvchilarga juda ko`p talablarni qo`yganu, ammo hech qanday izchillik bo`lmagan: bir vazifa bera turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo`ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib buzishlar ro`y bersa, shu zahotiyoq mazmuni va shakli jihatidan o`ta qo`pol va alam qiladigan keskin gaplarni qilib, “2” qo`yardi. Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O`qituvchining bu hatti-harakatlari uchun o`quvchilarda dard-alam to`lib toshgandi. Ko`p o`tmay o`quvchilarning noroziligi va qat`iy e`tirozi ochiq-oydin namoyishkorona bildirilib, o`qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom buzadigan va o`qituvchini keskin tanqid qiladigan bo`lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat o`sha o`qituvchi maktabdan ketganidan keyingina tuzatildi.
O`qituvchining pedagogik takti masalasi munosabat bilan shuni ham aytish joizki, qachonki o`quvchilar o`qituvchining ijobiy hislatlari to`g`risida gapirar ekanlar, ular hamisha o`qituvchining adolatligi kabi hislatini birinchi o`ringa qo`yadilar.
“Ko`p hollarda nohaq ish qiladilar-biror masalani yaxshilab tekshirib ko`rmasdan ish tutadilar”. O`qituvchining bunday hislatiga o`quvchilar nechukdir achinishli talabchanlik munosabatida bo`ladilar. O`qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to`g`rida har qaysimiz maktab amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling