Йўриқнома: Қўлингизда сизнинг қараш ва қизиқишларингизни аниқловчи саволлар турибди
Download 0.64 Mb.
|
16 оШС
R.B.Kettellning «Shaxsning 16 omil yordamida o‘rganish so‘rovnomasi» Yo‘riqnoma: Qo‘lingizda sizning qarash va qiziqishlaringizni aniqlovchi savollar turibdi. Har bir savolga javob bera turib, javoblar blankasining mos keluvchi katakchasiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3ta javobdan: “a” (ha), “?” (bilmayman), “b” (yo‘q) birini ko‘rsating. Javob uchun vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Haqqoniy va aniq javob bering. Bunda “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” javoblar yo‘qligini, har bir odam o‘zining shaxsiy fikriga ega ekanligini esda tuting. 1. Siz boshqalarning talablari va muhitiga yengil moslasha olasizmi? 2. Sizda uyqu holatida gaplashish hollari uchrab turadimi? 3. Siz o‘zingizni ba’zi bir munosabatlarda boshqa kishilardan ustunman, deb o‘ylaysizmi? 4. Siz odamlardagi nimani ko‘proq qadrlaysiz: a) kuchli irodanimi? b) hayotiy yorqin xayolnimi? 5. Majlislarda siz: a) bajonidil so‘zga chiqasizmi? b) indamasdan o‘tirasizmi? 6. Siz o‘zlarini doimo boshqalardan ustun tutuvchi maqtanchoqlar bilan totuv yashay olasizmi? 7. Muvaffaqiyatsizlar sizda: a) ishga bo‘lgan hoxishingizni so‘ndiradimi? b) yangi kuchni qo‘zg‘atadimi? 8. Odatda siz masalani oson hal qilish uchun: a) o‘zingiz uni chuqurroq o‘rganasizmi? b) boshqalar bilan muhokama qilasizmi? 9. Siz hamma ishni shoshmasdan bajarishni afzal ko‘rasizmi? 10. Sizda yurakka yaqin olmasa ham bo‘ladigan “ikir-chikir”lar asabingizni bo‘zadigan hollri bo‘ladimi? 11. Odamlar orasida ko‘p va tez-tez bo‘lib turishni yoqtirasizmi? 12. Sizni ko‘proq: a) atrofingizdagilarning ixtiyorsiz ,yoqimsiz harakatlari, qattiq yo‘tallari g‘azablantiradimi? b) xatti-harakatlar me’yorlarining bo‘zilishi g‘azablantiradimi? 13. Agar biron bir bahsda hamma sizga qarshi bo‘lsa, odatda siz ularga yon berasizmi? 14. Siz o‘zingizni xulq-atvoringizda haqqoniylik va axloq qoidariga amal qilasizmi? 15. Sizda yangi tassurotlarga, noma’lum narsalarni aniqlashga hoxish tez-tez vujudga keladimi? 16. Ko‘pchilik odamlar o‘z qiziqishlarini odatda boshqalar uchun istamasdan qurbon qiladilar, deb hisoblaysizmi? 17. Siz o‘zingizni hayot va uning talablariga yaxshi moslashganman.yu deb o‘ylaysizmi? 18. Siz qanday ish bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rasiz: a) juda qiziq, b) unchalik qiziq emas,ammo biron bir ijtimoiy mavqega olib keladigan. 19. Sizda isrofgarchilik keskin salbiy munosabatni qo‘zg‘atadimi? 20. Siz o‘zingizga g‘azablangan holatingizda boshqalar uchun yoqmaydigan tanbeh berishga qodirmisiz? 21. Siz tez-tez atrofdagilardan yuz o‘girib,parishon bo‘lib turasizmi? 22. Siz yotish oldidan achchiq choy yoki ichgan paytlaringizda ham yaxshi uxlay olasizmi? 23. Ayrim vaqtda, agar muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat kam bo‘lsa,tavakkal qilish mumkin,deb o‘ylaysizmi? 24. Agar siz tanish bolalar bir-biri bilan o‘yinchoq talashayotganini ko‘rib qolsangiz: a) janjallashishlariga fo‘yib berasizmi? b) bahsni hal qilish uchun aralashasizmi? 25. Siz o‘zingizni yuqori martabali yoki nimasi bilandir sizdan ustun turuvchi shaxs oldida uyalgandek his qilasizmi? 26. Agar odamlar hech bir sababsiz orqangizdan g‘iybat qilishsa,siz bundan qayg‘urasizmi? 27. Agar zarur bo‘lib qolsa, hayotiy qiyinchiliklarga qarshi chiqa olaman, deb hisoblaysizmi? 28. Agar sizga notanish shaharga borish to‘g‘ri kelib qolsa: a) ekskursiyachi xizmatidan foydalanishni afzal ko‘rasizmi? b) mustaqil tanishishni afzal ko‘rasizmi? 29. Sizni odamlardan tez jahlingiz chiqadimi? 30. Ba’zi paytlarda o‘z-o‘zingizga achinasizmi? 31. Agar siz kim bilandir tanishishni istasangiz. U bilan yaqinlashishga birinchi bo‘lib qadam qo‘yasizmi? 32. Siz tez-tez kasallikka chalinasizmi? 33. Siz yarim tunda qabristonda hech bir yoqimsiz hissiz yura olaman, deb sof vijdon bilan ayta olasizmi? 34. Odatda siz ishni boshlay turib: a) agar agar qiyinchiliklarga duch kelsam, ularni yenga olaman, deb hisoblaysizmi? b) unga kirishishdan avval, uning yechimini oldindan ko‘ra olasizmi? 35. Agar to‘satdan davradagi kishilarning diqqat markazida bo‘lib qolsangiz, hijolat bo‘lasizmi? 36. Sizda bo‘yruq berishni yaxshi ko‘ruvchi va sizdan foydalanishni istovchi kishilarga qarshi turish istagi vujudga keladimi? 37. Sizda sababsiz tashlanishga hohish(mayl) bormi? 38. Siz rejalar tuzishda nimani afzal ko‘rasiz: a) o‘zingiz tuzishnimi? b) boshqalar bilan mas’hatib tuzishnimi? 39. Siz odatda his-tuyg‘ularingizni yashirishni uddasidan chiqasizmi? 40. Siznig g‘ashingizga mayda qiyinchiliklar keragidan ko‘proq ta’sir etadimi? 41. Sizni gazetadagi qaysi sarlovha qiziqtiradi: a) xalqaro hamjihatliknig yangi yullarimi? b) fizika sohasidagi yangi, yirik kashfiyotmi? 42. Odatda, sizda hammadan ko‘proq talab qilinganda, quvvatingiz yetarlicha bo‘ladimi? 43. Agar siz suhbat paytida biron kishining o‘z mulohazasini aytishga uyalayotganini ko‘rsangiz: a) uni o‘z mulohazasini aytishga undaysizmi? b) fursatdan foydalanib,o‘z so‘zingizni aytasizmi? 44. Siz shug‘ullanayotgan narsangizga diqqatingizni oson jalb qila olasizmi? 45. Agar siz yoqtiradgan boshqa jinsga mansub shaxs bilan yuzma-yuz gaplashmoqchi bo‘lsangiz, odatda sizning jur’atsizligingiz xalaqit bermaydimi? 46. Sizga haddan tashqari iltifot ko‘rsatadigan kishilarga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraysizmi? 47. Sizga ko‘pincha, hayotda siz hech narsaga erisha olmaydigan va hech narsaga arzimaydigan kishi bo‘lib tuyuladimi? 48. Agar biron narsani aniqlamoqchi bo‘lsangiz: a) buni boshqalardan so‘rab amalga oshirishni afzal ko‘rasizmi? b) shu sohadagi maxsus adabiyotlarni o‘qish orqali o‘rganishni afzal ko‘rasizmi? 49. Qiyin vaziyatlarda siz parishonlikka va haddan tashqari ta’sirchanlikka moyilmisiz? 50. Agar sizni biron narsa muvozanatdan chiqarsa,o‘zingizni avvalgi holotingizga tezda qaytasizmi? 51. Siz bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? a) munozarali tugarakka o‘atnashish bilanmi? b) havaskorlik fototo‘garagida o‘tkazishni afzal ko‘rasizmi? 52. Sizni ko‘proq: a) suhbat davomida ayni bir mavzuga bir necha marta qaytadigan kishilar g‘ashingizga tegadimi? b) ichib olib atrofdagilarni ranjitadigan kishilar g‘ashingizga tegadimi? 53. Kishilar bilan munosabatingizda sizni: a) Hissiyotga beriluchan(emotsional) kishi, deb hisoblaysizmi? b) hushyor,amaliy kishi, deb o‘ylaysizmi? 54. Uzoq vaqt davom etadigan ishga kirganingizda: a) siz kerak bo‘lganida dam olishingiz, bo‘shashingiz mumkinmi? b) bu ish tugamaguncha sizga bo‘shashish qiyinmi? 55. Sizga ko‘pchilik orasida, katta o‘abul va raqs kechalarida bo‘lish yoqadimi? 56. Siz o‘z raqibingiz ga nisbatan nafrat, hissisiz, u bilan kurasha olasizmi? 57. Hazil ob’ektiga aylanib qolsangiz siz o‘zingizni yuqotasizmi? 58. Ommaviy sportning maqsadi: a) jamoani tarbiyalash; b) irodaviy va jismoniy sifatlarni rivojlantirish, deb o‘ylaysizmi? 59. Siz biror ish davomida kuchli asab zo‘riqishi natijasida boshqaoarga nisbatan ko‘proq kuch sarflayman, deb o‘ylaysizmi? 60. Oxirgi vaqtda sizga avvalgiga nisbatan ko‘proq qiyinchiliklar qayd qilingan, deb hisoblaysizmi? 61. Agar quyidagi ikki kasb bir darajada faxrli bo‘lsa va ularga bir xil darajada haq tulansa, siz qaysi kasbda ishlashni afzal ko‘rardingiz: a) ofitsiant; b) durodgor. 62. Siz vahimali va qo‘rqinch his qiladigan hayvon bormi? 63. Siz o‘zingizni yon berishlarga kam maylli, boshqalar nima deyishidan qat’iy nazar, o‘z fikrida turuvchi, deb hisoblaysizmi? 64. Agar do‘stlaringiz qandaydirbir yangi ishni boshlashsa, siz bunga: a) Ma’lum ehtiyotkorlik bilan qaraysiz? b) ularning tashabbusini qo‘llab quvvatlaysizmi? 65. Siz qiyinchilikda va ko‘ngilsizlikda hamma narsa o‘z-o‘zidan qilinadi va o‘z holiga keladi,deb hisoblaysizmi? 66. Siz o‘zingizni har doim xushmuomala va kamtar tutishga harakat qilasiz va buni boshqalardan ham talab qilasizmi? 67. Agar siz odamlarda o‘zingizga nisbatan ma’lum e’tiborni sezmasangiz: a) bunga ahamiyat sezmaysizmi? b) siqilib,o‘z kuchingizga ishonchni yuqotasizmi? 68. Jamoat ishlariga faol ishtirok etasizmi? 69. Agar siz biron bir masala bo‘yicha so‘zga chiqmoqchi bo‘lsangiz: a) sodda, erkin gapirasizmi? b) o‘z fikringizni aniq va ravshan ifoda etishga harakat qilasizmi? 70. Agar davomli nutqni eshitib o‘tirishga to‘g‘ri kelsa, siz o‘z holatingizni tez-tez o‘zgartirishga majbur bo‘lasizmi? 71. Siz hazillanishni va o‘rtoqlaringizga qiziq narsalar aytib berishni yoqtirasizmi? 72. Kuchli kechinmalar haddan tashqari holdan toydirishi tufayli, ulardan o‘zingizni chetga olishingiz kerak, deb hisoblaysizmi? 73. Siz tez-tez o‘zingizga boshqalardan qobiliyatliroq bo‘lib tuyuladimi? 74. Ko‘pchilik kishilar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun sabot bilan harakat qilsalar,bunga erishadilar, deb o‘ylaysizmi? 75. Siz o‘zingizni odamshavanda va sergap, deb hisoblaysizmi? 76. Agarda siz biron kishilarni nohaq va o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qilayotganiga ishonch hosil qilsangiz, unga qarshi chiqish sizga qimmatga tushsa ham, qarshilik ko‘rsatishga intilasizmi? 77. Yomon kayfiyat hech kimni va hech kim bilan gaplashishn xoh davralar sizni: a) tez-tez bo‘lib turadimi? b)juda ham kam bo‘ladimi? 78. Agar siz biror topshiriqni amalga oshirishingiz kerak bo‘lsa: a) qobiliyatli va mustaqil xodimlar jamoasida ishlashni lozim toparmidingiz? b) bir yoki ikki yordamchi bilan chegaralanib , hamma narsani o‘z qo‘lingizga olarmidingiz? 79.Faoliyat xarakteri tez-tez o‘zgarib turadigan ish sizga yoqadimi? 80. Agar siz qiyin vazifalarni amalga oshirishingiz lozim bo‘lsa, u haqdagi fikr sizni qiynaydimi? 81. Poezdda va boshqa jamoat joylarida notanish kishilar bilan uchrashib qolsangiz, ulagning kim ekanliklari,nima bilan shug‘ullanishlarini bilishni istaysizmi? 82. Ba’zi paytlarda odamlar sizga keragidan kam xushmuomala va do‘stona munosabatda bo‘layotgandek tuyuladi? 83. Boshliqlar oldida ma’lum bir bezovtalikni his qilasizmi? 84. Siz o‘ta sinchkovlikka unchalik yo‘q, beg‘am odam bo‘lib hisoblanasizmi? 85. Atrofingizdagi odamlar bilan munosabitingizda: a) o‘z his-tuyg‘ularingizni yengil ochib tashlaysizmi? b) ularni o‘zingizda yashirib qoldirasizmi? 86. Davrimizning ko‘pgina baxtsizliklari quyidagilar bilan bog‘liq, deb hisoblaysizmi? 87. Odatda uyquga ketishdan oldin o‘rinda uzoq yotasizmi? 88. Siz qanday rahbarga ega bo‘lishni xohlardingiz? a) siz xohlagandek ishlashga ruhsat beradigan; b) sizga doim maslahat va ko‘rsatmalar berib turadigan. 89. Siz odatda munozarada gapirishingizga ishonch hosil qilgandagina so‘z olasizmi? 90. Uzoq vaqt mobaynida vaqt olishga ehtiyoj sezmasdan aqliy va jismoniy ishni bajara olasizmi? 91. Kechani qanday o‘tkazishni afzal ko‘rasiz? a) sevikli mashg‘ulot bilanmi? b) davralarga o‘tkazishni afzal ko‘rasizmi? 92. Har birimizda kamchiliklar juda ko‘p bo‘lganligi sababli, biz o‘zaro bir-birimizga shafqat bilan qarashimiz kerak, deb hisoblaysizmi? 93. Atrofdagilar qachonlardir sizni mag‘rur, o‘ziga ishrngan va faqat o‘zi bilan mashg‘ul, deb hisoblashganmi? 94. Siz ko‘p sonli tinglovchilar oldida so‘zga chiqishga qiynalasizmi? 95. Agar muhim maqsadlarga erishish yo‘lida katta to‘siqlarga duch kelsangiz: a) qiyinchiliklarga qaramay o‘z niyatingizga qolasizmi? b) sharoitga ko‘nikib, o‘zingiz uchun boshqa maqsadlar qidirasizmi? 96. Sizni oson tushunish mumkin va tushunadilar, deb o‘ylaysizmi? 97. Bo‘sh vaqtingizda g‘am-tashvishlardan uzoqlashib dam olishga osonlik bilan erisha olasizmi? 98. Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rasiz? a) havaskorlik orkestriga va valeybol; b) marka to‘plash va yelkanli sport. 99. Har bir narsaning boshlanishini oldindan puxta rejalashtirishga katta ahamiyat berasizmi? 100. Agar majburan bekorchilik holatida bo‘lsangiz, odatda qog‘oz bo‘lagiga nimalarnidir chizib aylantira boshlaysizmi? Tadqiqotimizning keyingi bosqichida biz Kettelning 100 ta tasdiqdan iborat bo‘lgan so‘rovnomasidan foydalandik. Tajriba uchun 17-25 yoshgacha bo‘lgan sinaluvchilar tanlandi. So‘rovnomada 3 ta javob punkti mavjud bo‘lib, “ha”javobiga 1 ball, “yo‘q”- 0 ball, bilmadim ma’nosini anglatuvchi “?” javobi uchun 0,5 ball ko‘rinishida baholandi. Oxirida ishlab chiqilgan yig‘indi bo‘yicha umumiy to‘plangan ballar quyidagicha baholanadi: 1 dan 3 gacha to‘plangan ball past ko‘rsatkich; 4 dan 7 gacha o‘rta ko‘rsatkich; 8-10 ball yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. So‘rovnoma quyidagi shkalalardan iborat: 1) muloqotga moyillik; 2)hissiy barqarorlik-beqarorlik; 3) hukmronlikka intilish-tobe’lik; 4) ijtimoiy yetuklik-onglilik; 5) ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik); 6) ishonuvchanlik-shubhalanish; 7)o‘ziga ishonch-ishonmaslik; 8) mustaqillik-tobe’lik; 9) o‘zini nazorat qilish; 10) qo‘zg‘aluvchanlik, zo‘riqish-bo‘shashish. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling