Йўриқнома: Қўлингизда сизнинг қараш ва қизиқишларингизни аниқловчи саволлар турибди
Download 0.64 Mb.
|
16 оШС
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Mustaqillik – tobelik.
7. O‘ziga ishonch – ishonmaslik.
Ballar yig‘indisi: 7, 17, 27, 37, 47, 57, 67, 77, 87, 97. 1–2 ball (3,5 ball) – Qat’iy o‘zingizga ishonasiz, sizni “o‘zdan” chiqish holatiga olib kelish qiyin. Siz atrofdagilar va hamkasblaringiz ta’siriga berilmaysiz, oqibatda ularga yoqmaysiz. Haddan tashqari o‘ziga ishonish va ta’sirga berilmaslik, sizning faoliyatingiz uchun maqsadga muvofiq emas. 5–ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)– Sizni o‘zingizga bo‘lgan ishonch darajangiz o‘z muvaffaqiyatsizliklaringizni boshqarish imkoniyatini, bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri baholash va ularga munosib javobni bera olishni, o‘z imkoniyatlarga ishonchni yuzaga keltiradi. Sizda o‘zini kamsitishga moyillik bo‘lmasada, lekin bir muncha yuqori darajadagi tez xafa bo‘lish, ta’sirchanlik bor. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga harakat qiling. Kasbiy sifatlaringizni takomillashtirishga alohida e’tibor bering. 8–10 ball (7, 5 ball )– Sizda ortiqcha vahima, ta’sirga tez berilish mavjud. Siz deyarli har doim bezovtasiz, sizda oldindan nohush fikrlar va xislar vujudga keladi, o‘z imkoniyatlaringizni yetarli baholaysiz. Jamoatchilik orasida o‘zingizga ishonmaslikni xis qilasiz, o‘zingizni haddan tashqari jiddiy, kamgap tutasiz. O‘z kuchlaringizga ishonchni rivojlantiring. Hayotda va ishda o‘zingizni aybdor deb xis qilishga moyillik, o‘zini to‘g‘ri baholashni va umuman obro‘yingizning pasayishiga olib keladi. 8. Mustaqillik – tobelik. Ballar yig‘indisi: 8, 18, 28, 38, 48, 58, 68, 78, 88, 98. 1–3 ball (3, 5 ball)– Siz guruhga tobesiz, mustaqil emassiz, doimiy suyanchiqqa, qo‘llab-quvvatlashlarga muhtojsiz. Faoliyatda (umuman hayotda) sizga tashabbuskorlik, shaxsiy fe’l-atvor yo‘nalishini tanlashda dadillik yetishmaydi. 5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)– Siz hamma narsani o‘zingiz qilishni ma’qul ko‘rsangiz ham, atrofingizdagilar tavsiyasi va takliflarini ham rad etmaysiz. Siz mustaqil bo‘lishni ham, atrofdagilarga tayanishni ham, ularni qo‘llab-quvvatlashlarini ham hohlaysiz. Ushbu mustaqillik faoliyatingizning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 8–10 ball (7,5 ball)–O‘zingizdan ko‘nglingiz to‘q, shaxsiy qarorlaringizni tavsiya qilasiz, tadbirkorsiz, uddaburonsiz. O‘z yo‘lingizni tutishga moyilsiz, mustaqil harakat qilasiz. Odamlar fikri bilan hisoblashmaysiz. Sizni “odamlarni yoqtirmaydi”, deb bo‘lmaydi, siz faqat ularning maslahatiga, qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj emassiz. O‘zgalar fikrini hisobga olmasligingiz ko‘pincha jamoadagi obro‘yingizga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ba’zi hollarda boshqalar fikriga ham quloq solish kerak. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling