Йўриқнома: Қўлингизда сизнинг қараш ва қизиқишларингизни аниқловчи саволлар турибди


Download 0.64 Mb.
bet6/6
Sana11.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1260259
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 оШС

9. O‘zini nazorat qilish.
(Nazorat qilish istagi-ta’sirchanlik).
Ballar yig‘indisi: 9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89, 99.
1–3 ball (3,5 ball)–Sizdagi iroda zaif bo‘lib, o‘zingizni nazorat qilish ham yetarli emas. Sizni faoliyatingiz betartib va bebosh. Ko‘pincha bir tekisda harakat qilmaysiz, o‘z vaqtingizni va ishingizni tartibli tashkil qilishni bilmaysiz. Sizda intizomsizlik tez-tez uchrab turadi, faqat o‘z fikrlaringiz bilan hisoblashasiz. Shu bilan birga siz o‘zingizni hayot va uning talablariga to‘la moslashganman deb hisoblaysiz.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)–Umuman olganda, ijtimoiy va ahloq normalarini bajarishda siz qat’iysiz. Ko‘pchilik holatlarda tartibli va rejali harakat qilasiz. Lekin har doim ham qiyinchiliklarni yengib, boshlagan ishni oxirigacha yetkazavermaysi. Siz o‘z faoliyatingizni samarali tashkil qila olsangizda, har qalay o‘zingizni nazorat qilishingizga ko‘proq e’tibor berganingiz ma’qul.
8–10 ball (7, 5 ball )–Sizda o‘zini nazorat qilish yuqori darajada bo‘lib, sizni uyushganligingiz, ijtimoiy aniqligingiz, e’tiborligingizdan dalolat beradi. O‘zingizni hurmat qilish bilan birga o‘z obro‘yingiz haqida doim g‘amxo‘rlik qilasiz. Sinchkovsiz, ba’zan qaysarlikka moyilsiz. Sizda bu xususiyatlar “Men–konsepsiyasi” ni kuchli nazorat qilishini natijasidir.
10. Qo‘zg‘aluvchanlik, zo‘riqish-bo‘shashish
Ballar yig‘indisi: 10, 10, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100.
1–3 ball (3, 5 ball)– Siz bo‘shashgansiz, murakkab maqsadlardan o‘zingizni olib qochasiz. Ba’zi bir vaziyatlarda haddan tashqari o‘zidan qoniqish dangasalikka olib keladi. Kamroq xatolarga yo‘l qo‘yish uchun kichik maqsadlarni qo‘yasiz. Muvaffaqiyatga ham, muvaffaqiyatsizlikka ham loqayd va xotirjam qaraysiz. Agar sizda o‘zgarishga, muvaffaqiyatga erishishga intilish bo‘lmasa, “Men” ingizni kuchi zaif bo‘lsa, “Men – konsepsiyasi” salbiy bo‘lsa, faoliyatingiz samarasi ko‘rinmaydi.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)–Ehtiyojlaringiz miqdori ko‘pligi tufayli sizda bir muncha zo‘riqish bor, xarakteringiz notinch, asabiy ruhiy olamingiz qo‘zg‘aluvchan. Murakkab maqsadlardan o‘zini olib qochish va zo‘riqish birinchi navbatda kasbiy faoliyat natijasi bo‘lib, bunga o‘z navbatida, temperament tiplarining o‘ziiga xos xususiyatlari ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu bilan birga qo‘zg‘alish va zo‘riqishni namoyon bo‘lgan darajasi sizda “tolerantlik” shakllanganligini ko‘rsatadi.
Tolerantlik-yoqimsiz omillar ta’siriga berilmaslik, ruhiy chidamlilik. Bu holat sizning faoliyatingizni muvaffaqiyatli davom ettirishingiz uchun imkoniyat beradi.
8–10 ball (7,5 ball )–Siz haddan tashqari zo‘riqqansiz, me’yordan ortiq faolsiz, sabr-toqatingiz yo‘q. Siz uchun hissiy barqarorlik xarakterli bo‘lib, past kayfiyat va qo‘zg‘aluvchanlik ustunlik qiladi. Siz ko‘pincha o‘zingizni toliqqan his qilasiz.






Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling