Qobiliyat haqida tushuncha
Download 70 Kb.
|
Qobiliyat haqida tushuncha
QIZIQIShLAR-qiziqish biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan motivdir. Individ uchun qiziqish, sub`ektiv tarzda olganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy ohangda, ob`ekt bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko`proq bilish, uni anglab etishga bo`lgan istakda namoyon bo`ladi. qiziqishlar bilishning doimiy qo`zg`atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga, miqyosiga va barqarorligiga ko`ra tasnif qilinishi mumkin. Qiziqishlarning mazmuni jihatidan farqi bilish ehtiyojlarining ob`ektlarini va ularning mazkur faoliyat maqsadlari uchun va kengroq qilib olganda, shaxs mansub bo`lgan jamiyat uchun real ahamiyatini ko`rsatadi. Kishidan ko`proq nimaga qiziqish paydo bo`lishi va uning bilish ehtiyojlari ob`ektning ijtimoiy qimmati psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan biri-o`smirlik yoki yoshlarning faol bilish va mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va maktabdan tashqari ham saqlanib qolishi mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uyg`otishdan iboratdir. qiziqishlarning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo`ladigan qiziqishlarning borligi aniqlaydi. Bilvosita qiziqishlar ahamiyatga molik ob`ektning hissiy jihatdan jozibaliligi tufayli yuzaga keladi (“Buni bilish, ko`rish, anglab etish men uchun qiziqarli”-deydi kishi). Bilvosita qiziqishlar biron bir narsa (masalan, ta`lim olish)ning real ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub`ektiv ahamiyati bir-biriga mos kelgan. (Bunday holda kishi: “Bu meni qiziqtirgani uchun ham qiziqamandir!”-deydi) taqdirda taydo bo`ladi. Mehnat va o`qish faoliyatida hamma odam ham bevosita hissiy jozibaga ega bo`lavermaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. Karimov. I.A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., O`zbekiston. 1997. O`zbekston Respublikasining “qadrlar tayyorlash milliy dasturida” gi qonuni. T., 1997. G`oziev.E. Pedagogik psixologiya asoslari T “O`qituvchi” 2000y Asadov Y.M. Ruhiy holatlar diagnostikasi va korrekstiyasi. T 2000y Graficheskie metodo` v psixologicheskoy diagnostike. E.S. Romanova., O.F. Potyomkina-M., 1992. Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar.-T., 1997. Teplov. B.M. “Sposobnost i odarennost” //xristomatiya po vozrastnoy i pedagogicheskiy. M.: 1981.-132s. Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To`ychieva.-T., 2002. O`qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o`yin va mashqlar. Matmuratova. N.B. (o`quv. met. qo`l. T., 2006.) Qodirov. B.R. Sposobnosti i sklonnosti. T. “Fan”. 1990. Xoxlova. L. P. Oila kinetik rasmi, testi. Rene. Jilya. usuli.- T., 1992.-169 b. Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa T. 1-2-M.,1999g. Adizova T.M. O`quvchilarning shaxslararo munosabatlari psixologik Diagnostikasi va korrekstion ishlar.-T.,1995y Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling