Qobiliyat haqida tushuncha


MUOMALA VA MULOQOT O`RNATISH QOBILIYATI


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MUOMALA VA MULOQOT O`RNATISH QOBILIYATI-bu bolalar 
bilan muloqotda bo`lishga, o`quvchilarga yondashish uchun to`g`ri yo`l topa 
bilishga, o`quvchilarga yondashish uchun to`g`ri yo`l topa bilishga, ular bilan 
pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o`zaro aloqa bog`lashga pedagogik 
taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. 
Pedagogik takt psixologiyasini o`rganishda psixolog I.V.Straxov 
benihoyat katta hissa qo`shgan. Uning bunda muhimi-o`quvchilarga ta`sir 
etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta`sirni qo`llashda maqsadga 
muvofiq pedagogik choralarga e`tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga 
olish, o`quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda 
mazkur pedagogik holatlarning hisobga olish zarurdir. 
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri-har qanday pedagogik 
ta`sirga nisbatan qo`llaniladigan chora-tadbirlarni (rag`batlantirish, jazolash, pand-
nasihat) xis eta bilishdan iboratdir. Farosatli o`qituvchi bolalarga e`tibor berib, 
ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan 
hisoblashadi. “U biz bilan hayron qolarli darajada ajoyib yaqin do`stlarcha yaxshi 
munosabatda bo`ladi”; “Bizning tarix o`qituvchimizning kuchli tomoni- har kimga 
qanday yondashishni bilar edi”; “Eng yomoni-o`qituvchining o`quvchilar oldida 
xushomadgo`ylik qilishdir. Bizning zoologiya o`qituvchimiz Farida opamlar 
shundaylardan edi: ular nimaiki qilmasin, u bolalarni o`ziga qaratish uchun 
xushomadgo`ylik qilardi! Nega ular o`zini shunchalik kamsitib erga uradi? Deb 
o`ylar edim. Axir ular o`z fanini yaxshi biladiku”; “Ibrohim aka esa, qarabsanki, 
hech narsadan-hech narsa yo`q kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga 
urushib, koyib berar edi”. 
Pedagogik taktning yo`qligi ko`pincha og`ir oqibatlarga olib keladi. 
Toshkent maktablaridan birida ona tili va adabiyot o`qituvchisi o`quvchilarga juda 
ko`p talablarni qo`yganu, ammo hech qanday izchillik bo`lmagan: bir vazifa bera 
turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo`ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib 
buzishlar ro`y bersa, shu zahotiyoq mazmuni va shakli jihatidan o`ta qo`pol va 
alam qiladigan keskin gaplarni qilib, “2” qo`yardi. Masalan, daftarning chetida 
qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar 
uchun yopishgani-yopishgan edi. O`qituvchining bu hatti-harakatlari uchun 
o`quvchilarda dard-alam to`lib toshgandi. Ko`p o`tmay o`quvchilarning noroziligi 


va qat`iy e`tirozi ochiq-oydin namoyishkorona bildirilib, o`qituvchiga quloq 
solmaydigan, ataylab intizom buzadigan va o`qituvchini keskin tanqid qiladigan 
bo`lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat o`sha o`qituvchi maktabdan 
ketganidan keyingina tuzatildi. 
O`qituvchining pedagogik takti masalasi munosabat bilan shuni ham 
aytish joizki, qachonki o`quvchilar o`qituvchining ijobiy hislatlari to`g`risida 
gapirar ekanlar, ular hamisha o`qituvchining adolatligi kabi hislatini birinchi 
o`ringa qo`yadilar. 
“Ko`p hollarda nohaq ish qiladilar-biror masalani yaxshilab tekshirib 
ko`rmasdan ish tutadilar”. O`qituvchining bunday hislatiga o`quvchilar nechukdir 
achinishli talabchanlik munosabatida bo`ladilar. O`qituvchining adolatsizligi 
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to`g`rida har qaysimiz maktab 
amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz. 

Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling