Qobiliyat va iqtidor


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana23.01.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1111766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SEMINAR 15-MAVZU (2)

2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy 
mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir. 
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning 
yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini 
fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni 
ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu 
ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va 
faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs 
tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga 
chiqariladi.
Qobiliyatlarning tabiiy asoslari 
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki 
hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya 
qobiliyatlarning tug’maligi nazariyasini inkor etib shaxs qobiliyatlarining noma'lum 
tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to’g’risidagi tasavvurlarga qarshi zarba 
beradi.
Qobiliyatning tug’maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. 
Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning 
tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan differensial xususiyatlarning tug’maligini inkor 


qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon 
bo’ladigan miya tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat 
deb ataladi. Layoqat ko’p qirralidir. Shaxs tomonidan qo’yilgan talablarning 
tabiatiga bog’liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar 
rivojlanishi mumkin.
F.A.Gallning fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat" 
sifatlari miya yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu 
sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki 
boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab ko’rish orqali go’yo odamning 
qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi va og’irligiga 
bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining 
o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi 
2001 gramm, D.G Bayronniki 1800 grammni, mashhur ximik Yu.Libixniki 1360 
grammni, yozuvchi Afransniki 1017 gramni tashkil qilgan. Eng katta miya aqliy 
jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan. 
1675 yilda F.Galtonning "Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va 
oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur 
kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali 
o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan 
asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550 yilda 
ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan 
so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan. 
Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan.
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon 
oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik qollarda mashhur 
odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot 
sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni hobiliyatlar taraqqiyotiga yordam 
berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.
XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning mikrotuzilishi 
va sezgi a'zolari bilan bog’lovchi faraz mahsuldor bo’lib hisoblanadi. Miya 
hujayralarini tadqiq etish iste'dodli nerv hujayralarining morfologik va funksional 
xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz qilinadi. Layoqatlar bilan 
nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining 
tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida faraz ham haqiqatga yaqindir. 


Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati
tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat 
xususiyatlari paydo bo’lishini ani?lashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimining 
alohida sezgirligi ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqati nerv tizimining tuzilishi va 
funksiyalarining hususiyatlari tarkibida ekanligi haqidagi barcha morfologik va 
funksionallik sifatlar singari umumgenetika qonunlariga bo’ysunish farazining 
haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning irsiyat qonunlari to’g’risidagi g’oya 
qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi. Chunki 
unda dalilga muhtoj juda ko’p o’rinlar mavjuddir. Shuning uchun qobiliyat 
tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan naslga 
o’tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir, agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy-
tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatning taraqqiyoti 
biologik irsiyat qonunlarga bo’ysunishi mumkin emas.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, 
qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog’liq bo’lsa-da, lekin ular faqat tabiatning 
in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho maqsulidir. Xuddi shu 
bois qobiliyatlarning namoyon bo’lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko’nikmalarni tarkib 
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar 
taraqqiyotining uzluksiz ta'lim tizimiga bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tish muhim 
ahamiyatga ega.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling