Qobulmurodov Samandar


Download 36.97 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi36.97 Kb.
#1613258
  1   2
Bog'liq
rasmiy


Qobulmurodov Samandar
2-Topshiriq
Mavzu: Rasmiy axborot matni tayyorlash
Reja:

  1. Kirish.

  2. O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari

  3. Ommaviy axborot texnalogiyalarining foydasi.

Kirish

Yurtimizda kunda ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotda asosiy ro’lni o’ynamoqda. Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oinai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz. Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Maʼlumki, ommaviy axborot vositalari orasida televideniya eng kenjasi boʻlib, mamlakatimizda uning paydo boʻlganiga deyarli yarim asr boʻlay deb qoldi . Tasvirni bir manzildan, boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari XIX asr oʻrtalarida olib borilgan . Ingliz mexanigi A.Benua surat xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843-yili ixtiro qilgan. A.Benua qogʻozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga oʻrnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektr to’ki taʼsirida xiralashadigan maxsus, qogʻoz oʻrnatgan. Televideniya paydo boʻlishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat oʻzgarishi yuz berdi — insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida eng kiska va qulay yoʻl barpo etildi, inson ongiga va his tuygʻusiga taʼsir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. Televizor haqida maʼlumot beradigan boʻlsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsionar va koʻchma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan elektr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqali televizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, soʻngra kineskop va radiokarnayga oʻtadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir signallari qora va yorugʻ elementlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va hokazo kanallari boʻladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli toʻlqinlar diapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Televideniya garchi soʻzni bosma ravishda koʻpaytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning , ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning qononlari asosida ish koʻradi. Televideniya matbuotning ijtimoiy informatsiya yig’ish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi boʻlmish tasvir, tahlil va taʼsir funksiyalarini toʻla bajaradi, yaʼni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni tahlil qiladi, hayotga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Matbuotning umumiy insoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va boshqa tamoyillari ham televideniya faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy anʼanalariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va boshqa qonuniyatlari ham televideniya uchun bevosita taalluqlidir. Matbuot materiallarining oʻzagini tashkil etuvchi publitsistika ham televideniya faoliyatida keng qoʻllanadi va uning oʻziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda telepublitsistikani tashkil etadi. Telvedinyada publitsistikaning har 3 — informatsion, taxdiliy va badiiy koʻrinishlari keng xizmat qiladi. Televideniya faoliyati telejurnalistika qonuniyatlari asosida olib boriladi. Oʻzbekiston televideniyasi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, madaniy-maʼnaviy hayotining barcha sohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkoniyatini beradi.



Download 36.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling