Qodiriy nomli jizzax davlat
II-BOB. FIZIKA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK
Download 0.74 Mb.
|
01-Erkaboyev Husniddin tahrirlangani
2.2ga qoshamiz 2.1ga qoshamiz KIRISH Bitiruv ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish hozirgi davrda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni milliy g‘oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog‘liq. Shuning uchun ham, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz” deb ta’kidlagani bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda yoshlarni hozirgi zamonda iqtisodiyot rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan tabiiy fanlar bilan shug‘ullanishiga, tabiiy fanlar yutuqlari asosida yaratilayotgan eng yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishib, ularni iqtisodiyotimizda qo‘llashga imkoniyat yaratib, yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berish davlatimiz oldidagi dolzarb vazifalardan biri. Fizika fani hozirgi kunda o‘zining amaliyotga yaqinligi, ishlab chiqarishning muayyan muammolarini hal etish uchun keng imkoniyatlarga egaligi bilan boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. « O‘zgarmas tok qonunlari » mavzusi fizika sohasining o‘ta dolzarb muammolariga tegishli bo‘lib, elektr muhitida bo‘ladigan fizik hodisalarni klassik hamda zamonaviy usullar bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi kunda « O‘zgarmas tok qonunlari » mavzusing nazariy va amaliy muammolari, uni o‘qitishdagi innovatsiyalar, o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta’lim muasasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan lozim darajada o‘rganilmagan. Bu holatlar umumta’lim maktablarida « O‘zgarmas tok qonunlari » mavzusi o‘qitishda qo‘llaniladigan tashkiliy-huquqiy hujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan lokal hujjatlarni har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishning dolzarbligidan dalolat beradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling