Qog’oz insoniyatning buyuk ixtirolaridan biri hisoblanadi. Qog’ozning birinchi vatani Misr va Xitoy davlatidir
Download 0.76 Mb.
|
Kursavoy 3
Kirish Qog’oz insoniyatning buyuk ixtirolaridan biri hisoblanadi. Qog’ozning birinchi vatani Misr va Xitoy davlatidir. Respulikamizda sifatli va sellyuloza ishlab chiqarishni tashkil qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda, bunda chet el tajribasi o’rganilib zamonaviy uskunalar o’rnatish masalalari ko’rib chiqilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng asosiy vazifa-sifatli, xavfsiz va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Hozirgi vaqtda mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarini oshirish va uni talab darajasiga yetkazish standart talablari, normativ texnik va me’yoriy, sertifikatlar orqali iste’molchilar uchun mo’ljallangan tovarlar sifatiga baho beriladi. Mamlakatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishida hozirgi kunda qog’oz sanoati asta-sekinlik bilan sanoatning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalar yechimi aholi bandligining oshirilishi, aholini qog’oz va qog’oz mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirilishi va iste’mol tovarlarning kengayishi bilan bog’liq. Hozirgi kunda O’zbekiston tabiiy tolali materiallardan qog’oz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bozor iqtisodiyining asosi bo’lgan. Xususiy mulk ustivorligini mustakamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini oshirishning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Yaratilingan qulay kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishdagi xuquqiy kafolatlar asosida respublikamizda kichik turdagi qog’oz va selluloza korxonalari tashkil etildi. Bu korxonalarni xom-ashyo zaxiralari respublikamizda yetishtirilayotgan bir yillik o’simliklar poyalari asos qilib olingan Bu korxonalar hozirda respulikamiz aholisini qog’oz mahsulotlariga bo’lgan talabini sezilarli darajada qondirib kelmoqda. Mamlakatimizda prezdentimiz o’tqazayotgan iqtisodiy islohatlardan ruhlangan holda hamda xalqimizning sifatli mahsulotlarga nisbatan o’sib borayotgan extiyojini qondirish maqsadida joriy yilda ishlab chiqarishning keng ko’lamda modernizatsiya qilish boshlandi. Modernizatsiyaga sarf qilinadigan investitsiyalar qiymati taxminan 10million AQSH dollarini tashkil qiladi. Qog’oz sanoatida qimmat va tanqis hisoblangan daraxt sellulozasini iqtisod qilish maqsadida turli daraxt bo’lmagan bir yillik o’simliklar sellulozasidan foydalanish mumkinligi ilgaridan ma’lum. Ayniqsa o’rmon sanoati rivojlanmagan bizning respublikamizda bu muammo dolzarb masala hisoblanadi va uni yechish yo’llarini izlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Prezidentimizning 23-aqvgustda e’lon qilingan «Respublikamizda selluloza va qog’oz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha qo’shimcha quvvatlarni barpo etish to’g’risidagi» qaroriga muvofiq ”Eco Paper Industry” MCHJ 2017-2019 yillarda ishlab chiqarish quvvati yilliga 16,5 ming tonna bo’lgan selluloza-qog’oz kombinatini qurish bo’yicha investitsiya loyihasini ro’yobga chiqaradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling