Qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi Subtitle here


Download 1.84 Mb.
Sana25.03.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1294453
Bog'liq
1. qog\'oz va karton bilan ishlash

FARG`ONA DAVLAT UNVERSITETI SIRTQI BO`LIM BT VA STI YO`NALISHI 20-61 GURUH TALABASI Xosiyatxon Ergasheva TEXNOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN YOZGAN MUSTAQIL ISHI

Qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi

Subtitle here

Reja:


Qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasi
1
Kalta tolali ipak chiqindilarini sifatli qog’oz ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tayyorlash texnologiyasi
2
Qog‘oz pishiqligini asoslash qog‘ozning asosiy elementlari.
3

Yuqorida qayd etgandek qog’oz ishlab chiqarishda xom ashyo massasi sifatida tolador o’simliklar, organik, mineral va sun’iy tolalar, ayniqsa daraxt sellyulozasi tabiiy fibrillarga ajralish xususiyatiga ega barcha tolali materiallar qo’llanilishi mumkin.


Qog‘oz vodorod bo’glanish bilan birlashgan selluloza tolalaridan iborat yupqa materialdir. Yog’och, paxta yoki qog‘ozni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi.

Qogʻoz — asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch massasidan ishlanadi.


Bu talablarga ko’ra o’ta nozik fibrillarga parchalanish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonot turkumiga mos bo’lgan tabiiy ipak juda mos keladi.
Oldingi bobda keltirilgan texnologiya bo’yicha ipakning tolali chiqindilaridan tayyorlangan qog’oz xom ashyosiga qo’shimcha ip yigirish exnologiyasidagi tarash mashinalaridan chiqqan tarandi aralashtirilib amaldagi texnologiya bo’yicha qog’oz ishlab chiqariladi.

Qog’oz sifatini, oqligini ta’minlash maqsadida paxta tarandisi, linit va kalta ip chiqindilar turli iflosliklardan tozalanib suyuqlikni, vanna usulida paxta tolasini oqartirish metodi bo’yicha oqartiriladi.

Mikroskop ostida o’rganilganda: ipak tolalari yanchishga qadar ayrim tolalari 15-20 mkm diametrli zich strukturali, o’q bo’yi yo’nalgan fibrillardan tarkib topgan ko’rinishda, paxta chiqindi tolalar esa lentasimon buralgan zich joylashgan ko’ndalang kesimlari 25-35 mkm fibrillardan tashkil togan, yog’och sellyulozasi ko’ndalang kesimi 20-45 mkm ayrim joylarida tarqoq oldagi zich bo’lmagan fibrillardan iborat.

Masalan, Rollarda, tegirmonda yanchilgandan so’ng tolalar qisqarib 2,5-3 mm, fibrillarga, mikrofibrillarga parchalanib 1-10 mkm lik ko’ndalang kesimga ega bo’ladi.


Yanchilgan ipak va paxta tolalari aralashmasi o’zaro charmashib, aralashib ketgan fibrillar, ayrim nuqtalaridan gul kabi sochilgan mikrofibrillar ko’zga tashlanadi.

Paxta, ipak va yog’och sellyulozasi yanchilib aralashtirilganda va aralashtirib yanchilganda mikrofibrillar aralashmasidan quyilgan qog’ozlarning fizika-mexanika xususiyatlari ta’minlanadi.

Qog’oz massasiga, talabga qarab, nurlanganda yaltirab ko’rinuvchi (flyuressiruyushiy) bo’yoqlarda bo’yalgan tolalar, to’ldiruvchi elimlovchi moddalar qo’shiladi.


Tabiiy ipak va paxtaning tolali chiqindilaridan qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasining ketma-ketligi

Tajriba usulida, ishlab chiqarish sharoitida turli variantlarda, yog’och sellyulozasi va paxta tolasi; yog’och sellyulozasi va ipak tolasi; ipak va paxta tolalaridan tarkib topgan va har xil foiz aralashmalardan olingan qog’ozlarning sifatlari aniqlandi.

Paxta va ipak tolalarini aralashtirganda 10 foizdan ipak tolasini qo’shib ko’paytirib borish, qog’oz fizika-mexanika xususiyatlarini yaxshilanib borishiga sabab bo’ladi.


Tabiiy ipakni ko’paytirish, uning fibrillarini yog’och sellyulozasiga nisbatan qayishqoqligi, qog’ozning bukilishdagi pishiqligini bir necha bor ko’paytiradi va chiziqli bog’lanishiga ega.

Qog’ozni uzilishigacha cho’zilishi ipak tolasini ko’paya borishiga bog’liqligi parabolik xarakterga ega, ipak tolasini 30 foizgacha qo’shilishi qog’ozni uzilishigacha cho’zilishini oshirib borib 50-60 foizga qo’shilganda ta’siri deyarli oxirlanadi.


Bu holat esa tolani qog’ozdagi vazifasi nazariyaga mos keladi, bu holat kelgusi bo’limda o’rganiladi.

Qog’ozning asosiy elementlari yog’och va paxta sellyulozasidan ajratilgan va tabiiy ipak tola fibrillaridan iborat kompozitsion materialdir.


To’ldiruvchilar, masalan, kaolin qog’ozga ma’lum bir xususiyat beradi, elimlovchi moddalar esa, qog’oz massasidagi elementlar orasida tarqalib, qog’oz strukturasida uning uzilish va buklanish holatida ma’lum pishiqlik yaratadi.

Qog’ozning 600 dan ortiq turi bor. Qog’oz asosan, yozish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik hollarda qog’oz va karton toʻqimachilik, yogoch ishlash va shisha sanoati mahsulotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion, izolyatsiyalovchi, qistirma, filtrlovchi, pardozlovchi va h.k. materiallar sifatida ishlatilmoqda.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.Alimova X. Bezotxodnaya texnologiya pererabotki shelka. Tashkent. “Fan”, -1994.

2.Usenko A., Zabolotskiy L.M. Texnologiya shѐlkopryadeniya. M.Tizleknrom. 1961.-392 s.

3. Z. Sovershenstvovaniye texnologii podgotovki shѐlkovix otxodov k chesaniyu (obzor). Tuychiyev D., Muxamedov M.M., Burnashev I.Z. Tashkent: GFNTI, 1993.

4.Alimova X.A. O problemax ratsionalpogo ispolzovaniya otxodov pererabotki kokonnogo sirya. SHelk: RS/ UzNIINTI. 1992. - № 6. -S.18-19.

5.Deryagin B.V. Chto takoye greniye? M: AN 1963. -230 s.

6.Maxkamov R.G. Osnovi protsessa vzaimodeystviya poverxnostey tverdix tel s voloknistoy massoy. Tashkent: Fan - 1979.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling