Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhlarida ko’ngil ochar soatlarni mazmuni o‘tkazish uchun shablon yordamida ertak qahramonlari tayyorlanadi. Quyidagi rasmlarda ertak qahramonlarining shablon namunalari berilgan:
Qaychidan foydalanish qoidalari. 1.Yosh bolalarga iloji boricha uchi to'mtoq qaychini berishni unutmang. 2.Qaychini ish burchagida belgilangan holatda g'ilofda saqlang. 3.Qaychining uchini yuqoriga qilib ushlamang. 4.Qaychini ochiq holda ushlamang. 5.Qaychidan yurib turib foydalanmang. 6.Qaychinio'rtog'ingizgauzatganingizdafaqatyopiqholda, uchidanushlabuzating. 7.Qaychidanfoydalanayotgandakesilishyo'nalishivaqog'ozyokimatolariniushlabturg anchapqo'lbarmoqlarinikuzatibturing. 8.Yaroqsiz, o'tmas, zanglagan qaychidan foydalanmang.
Igna bilan ishlash qoidasi.
- Ignani hech qachon og'zingizga solmang.
- Ignani ishlatib bo'lgach, maxsus yostiqchaga sanchib qo'ying.
- Kichik bolalarni teshigi katta bo'lgan ignalardan foydalanishga odatlantiring.
- Ignani ho'l joyga qo'ymang.
- Ignani quruq holda saqlang.
- Mashg'ulot jarayonida berilgan ignalarni sanab tarqatib, sanab oling.
- Yetishmagan ignalarni albatta toping.
- Karton qog'oz, qalin varaqlardan narsa yasashda avval bigizda teshib olishni unutmang.
- Ignadan foydalanib bo'lgach, ip taqib qoldirish maqsadga muvofiqdir.
- Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun xonada yod, bint, spirt solingan dorixona bo'lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |