Qo’l to’pi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi

Download 348.89 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi348.89 Kb.
#1589799
Bog'liq
Qo\'l to\'pi o\'yinlari

6-mustaqil ish
Qo’l to’pi o’yinlari
Bajardi: Mamatkarimova Gulzoda

Qo’l to’pi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

1928 Yilda Amsterdamda Xalqaro xavaskorlar Gandbol federatsiyasi (IAGF) tashkil qilindi. Dastlab federatsiyaga 11 ta davlat a’zo bo’lgan, 2 yildan keyin 20 davlat kirgan, xozirda Xalqaro Gandbol federatsiyasiga (IGF) 123 ta davlat a’zo bo’lib, dunyo bo’yicha shug’ullanuvchilar soni 7 milliondan oshib ketgan.

Gandbol

Gandbol (nemischa hand- qo’l, ball- to’p), qo’l to’pi – sport o’yini. 19- asr oxirida Yevropada paydo bo’lgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; og’irligi 325 – 475 g, aylanasi 54 – 58 sm bo’lgan charm to’p bilan o’ynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3m, bal. 2m bo’lgan darvozalar o’rnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 o’yinchi qatnashadi. O’yinchi to’p bilan faqat 3 qadam qo’yishi va uni qo’lida 3 sekundgacha tutib turishi mumkin.

Gandbol o’yini 2-bo’limdan iborat.

1.
    • Erkaklar musobaqasi (1 soat davom etadi).

2.
    • Ayollar musobaqasi (50 minut davom etadi).

Gandbol rivojlanish tarixini bir qancha davrga bo’lish mumkin.

  • 1898-1941 yillar – o’yinning paydo bo’lishi, tarqalishi va tashkil topishi;
  • 1946 1957 yillar – asosan 11x11 gandbol o’yinining rivojlanishi;
  • 1957-1972 yillar – 7x7 gandbol o’yinining ommalashuvi;
  • 1972 yildan keyin – o’yinning butun dunyo bo’ylab ommalashuvining zamonaviy davri.

Xalqaro Gandbol federatsiyasiga (IHF; 1946 yil asos solingan) 106 mamlakat a’zo. 1972 yildan ayollar Gandboli Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar o’rtasida, 1956 yildan ayollar o’rtasida jahon birinchiligi o’tkaziladi.

O’zbekistonda Gandbol 1923-24 yillarda paydo bo’lib, birinchi musobaqa 1926 yil Toshkentda o’tkazilgan. 1991 yil O’zbekiston Respublikasi Gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol bo’yicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan O’zbekiston chempionati muntazam o’tkaziladi. O’zbekiston Gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-o’rinni egallagan va Germaniyada o’tkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997).

O’zbekistonda Gandbol o’yini.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustozlari : F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat ko’rsatgan sport ustasi, Olimpiya o’yinlari va jahon chempioni M. Vasilev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalar.

Gandbol rivojiga hissa qo’shgan sport ustozlari.
E’tiboringiz uchun raxmat.
Download 348.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling