Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


II BOB. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TA’MINLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI


Download 214.19 Kb.
bet11/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

II BOB. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TA’MINLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
XXI asrda kechayotgan global integratsion jarayonlar dunyoning
go‘yaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqoza qilmoqda. Go‘yaning jamiyat rivojidagi o‘rni, kishilarning hayotiy mo‘ljallarini shakllanishidagi ahamiyati va safarbar etuvchilik qudrati juda qadimdan chuqur anglab etilgan. Yurtimizning mustaqillikka erishishi nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyma’naviy, balki millatlararo munosobatlarni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirshga yo‘l ochdi. Milliy mustaqillik davlat va jamiyatning
rivojlantirish strategiyasini belgilab, keng qamrovli islohatlar, demokratiya va oshkorolikni rivojlantirish, milliy masalaga, milliy tillar va madaniyatlar, milliy urf-odatlar, milliy qadryatlarga, o‘tmish tariximiz, madaniy merosga, diniy qadryatlarga, xullas, milliy va millatlararo munosabatlarga bevosita taalluqli bo‘lgan murakkab muammaolarni hal qilish uchun keng yo‘l va istiqbol ochib berdi. Buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berdi.
Mamlakatni har tomonlama salohiyatini oshirish, globallashuv ta’siridan himoyalash asosiy maqsad qilib belgilangan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus”34 olayotganligi, geosiyosiy raqobat, egallab turgan mavqemizni xolisona va tanqidiy tahlil qilishimiz, tobora globallashuv talablariga javob berishimisz dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Millatlararo munosabatlarning ijtimoiy barqarorlik va rivojlanishga keng ta’sir o‘tkaza boshlashi global, mintaqaviy va hududiy geosiyosatdagi etnik omil rolining oshishiga olib keldi. Ko‘p millatlilik sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlamay turib, jamiyat hayotini har tomonlama yangilanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, milliy go‘ya va uni millatlararo munosabatlarga ta’siri masalasini fan sifatida talabalar tomonidan o‘rganilishi muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kun bizdan o‘z so‘zimiz, fikrimizni aytishimizni, o‘z milliy tafakkurimizni namoyon etishimizni talab qilmoqda.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millatlar va elatlarning milliyligi
hamda milliy qadriyatlarini anglash, har bir millat va elatning erkin va ozod ravnaq topishi sari yo‘l tutishiga zarur shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston xalqlarining jahon hamjamiyatidagi tolerantligi – tillar tengligi, ayni paytda “o‘zbek millati o‘zining tili va diniga, milliy qadriyatlariga ega bo‘lishi, tillarga teng munosabatda bo‘lishi”35 millatlararo munosabatlar targ‘ibotining muhim vazifalari sirasiga
kiradi.
Mamlakatimizda tinchlikni yanada mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish, milliy-madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar chuqur o‘ylangan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish, “jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash” maqsadida Prezidentning maxsus farmoni chiqarilgan.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling