Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar


Download 214.19 Kb.
bet8/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

1.2. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar
Millatlararo munosabatlar jamiyatda kechayotgan islohotlardan, ijtimoiy munosabatlar va demokratik o‘zgarishlardan alohida ro‘y bermaydi, millatlararo munosabatlar umumijtimoiy voqelikning tarkibiy qismi sifatida ular bilan birga transformasiyaga uchraydi, yangi shakl va mohiyat kasb etadi17.
Millat uzoq davom etgan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va etno – madaniy jarayonda, aniq hududiy doirada til va o‘zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tarixining yuksak cho‘qqisi, o‘ziga xos milliy ong va mintalitet zaminida tarkib topgan birikish shakli.
Millat kishilarning tarixiy birligi sifatida uzoq vaqtlar davomida shakllanib keldi, hamda o‘ziga xos bo‘lgan milliy mintalitetni boyitib keldi. Millat umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat va ruhiyat uyg‘unligidir.
Millat bir tilda so‘zlashuvchi insonlarning oddiy jamoasi emas. Millat bu ma’naviy, siyosiy, tarixiy, ruhiy, insoniy, ijtimoiy birlikdir. Millat tashqi va ichki uyg‘unlik, inoqlik, birlik muhitida yuksaladi. Millat o‘z atrofidagi boshqa millatlar bilan hamjihatlikda yuksalib boradi. U doimo o‘z manfaatlarini o‘zgalarning manfaatlari bilan tengma-teng olib boradi. Jamiyat hayoti yuksalishida barcha millatlar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar va o‘zaro hamjihatlik doimo katta rol o‘ynab kelgan.
Millatlararo totuvlik - muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik go‘yasi umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.
Millatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik jamiyat hayotida beqarorlikka va tanazzulga olib kelishini insoniyat tarixi bir necha bor isbotlab bergan. O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson uchun Vatan azizdir, millatidan qat’iy nazar ularning vatanparvarligi, fidoyiligi shu yurtning taraqqiy etishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu borada mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlarlarning ahamiyati kattadir.
Ko‘p millatli mamlakatlarda milliy munosabatlarni uyg‘unlashtirish
shu mamlakatda barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini
ta’minlovchi asosiy omildir. Chunki har qanday davlatda milliy nizolar va
ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxiroqibatda emirilishiga olib keladi. Shuning uchun ham, har qanday mamlakatda, jumladan mustaqil O‘zbekistonda ham milliy munosabatni uyg‘unlashtirib borish, davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraldi.
Diniy bag‘rikenglik - xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob go‘ya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu go‘ya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.
Taniqli faylasuf Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo‘lgan xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega bo‘lganidan dalolat beradi18.
Dinlararo bag‘rikenglik go‘yasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob go‘ya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik go‘yalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian, iudiylik, buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarni erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Muqaddas dinimiz bundan buyon ham xalqimizni birlashtirib, millati va tilidan qat’iy nazar, ma’naviy poklanish, odamlarni tinchlik, ezgulik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va totuvlikka undaydigan, o‘rnini hech narsa bosa olmaydigan vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Islom dini faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydigan. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi19. Ana shu maqsadda dinning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahri faollari bilan uchrashuvida kun tartibiga qo‘yilgan salbiy ma’naviy-ijtimoiy oqibatlarni bartaraf qilish, o‘zaro hurmat va ishonch muhiti mavjud bo‘lsagina hamkorlikda harakat qilishni talab qiluvchi siyosiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni hal qilish vazifasi jahon hamjamiyatining millatlararo tolerantlik muammolariga qiziqishini yanada orttirmoqda. Shuning uchun jamiyatimiz rivojlanishi jarayonida urf-odatlar va an’analar sohasi kengayib bormoqda, unga yangi ijtimoiy munosabatlar qo‘shilib bormoqda20.
Mustaqillik yillarida respublikamizda diniy ta’lim yangi sifat darajasiga ko‘tarildi, uning to‘laqonli tizimi shakllantirildi, u boshqa muhim vazifalarni bajarish bilan birga, dinning qudratli ma’naviy-axloqiy salohiyatidan foydalangan holda, o‘zbek xalqida hozirgi zamon tolerantlikni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining qabul qilinishi, Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazining tashkil qilinishi, din sohasida ta’lim tizimining o‘zgartirilishi kabi jarayonlar yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni o‘zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do‘stlik va birodarlik go‘yalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko‘pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog‘liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik go‘yalariga asoslanadi. ular odamlarni to‘g‘rilik, soflik, shafqat va bag‘rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko‘yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.Diniy bag‘rikenglik go‘yasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo‘lgan adolat tantanasiga erishishga da’vat etadi.Dinlararo bag‘rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob go‘ya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag‘rikenglikka erishish uchun ular o‘rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo‘lidagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat - balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo‘lgan sayyoramizni saqlab qolish yo‘lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do‘stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da’vat etadigan umumiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda. Diniy bag‘rikenglik go‘yasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e’tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ularning kuchi va iste’dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo‘lgan bu go‘ya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. 
Jamiyat paydo bo‘lgan beri din eng asosiy ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi haqiqiy vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o‘tkazadi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo‘ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur etish qiyin.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega .21 Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi", deb yozib qo‘yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.
O‘zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko‘p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo‘lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag‘rikenglik targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o‘lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo‘qdir”, degan fikrni bildirgan.XV asr boshlarida Temur saroyida bo‘lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko‘rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi.Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar o‘sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog`liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi.
Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag`rikenglikka chorlaydi.Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik- o‘zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma’naviy pokligi, o‘z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag`rikenglik,baynalmilallik tuyg`ularini uyg`otadi. Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo‘lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda nasroniylikning uch yirik yo‘nalishi pravoslav, katolik va protestantlik yo‘nalishlariga oid diniy tashkilotlar mavjud. Shuningdek, nasroniylikda o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan Arman Apostollik cherkovi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda tom ma’noda diniy bag`rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o‘ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo‘lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo‘lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o‘ylaymanki, hech qanday xato bo‘lmaydi”. Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va millatlar bashariyatning turli tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida bo‘lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.
Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo‘lishiga ko‘maklashadi. Millatlararo totuvlik go‘yasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko‘pmillatli) davlatlardir. Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra ikkinchi guruhga, aholisi ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. Respublikamiz aholisining 80 foizini o‘zbeklar tashkil qiladi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. 
Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Diniy bag‘rikenglik go‘yasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, go‘ya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik go‘yalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian, hinduiylik, buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarni erkin ado etib kelayetgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik masalasida ulkan tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘tgan 20 yil mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to‘la ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda, Toshkent islom universitet, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi.Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e’tiqodiga zid bo‘lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo‘tadil islomni yot go‘yalar ta’siridan saqlashdan iborat.
Dinlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ta’minlanishini belgilaydigan sohalar juda ko‘p. Ta’lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir.
Dinlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma’naviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an’analar asosida milliy o‘zligini anglagan, milliy g‘urur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan shiddatli o‘zgarishlar jamiyatimiz, davlatimiz rivojlanishining yangi mafkurasi, taʼbir joiz bo‘lsa, o‘zgacha paradigmasini belgiladi. Uchinchi Renessans davri boshlanayotgan O‘zbekiston mutlaqo yangi muhitda taraqqiyotga yuz tutmoqda.
O‘zbekiston dinlararo bag‘rikenglik rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlar va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini taʼminlash yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Konstitusiyamizda belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urfodatlari va anʼanalari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. Jumladan, O‘zbekistondagi nemis milliy madaniy markazi raisi Natalya Kayzer: “Men tuprog‘ini ko‘zlarimga to‘tiyo qilishga arziydigan o‘zbek yurtida, mehribon insonlar bag‘rida tug‘ilib o‘sdim. Hech ham ko‘nglim o‘ksiganini eslay olmayman. To‘g‘risini aytsam, nemis millatiga mansub o‘zbek ayoliman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har birimizning ko‘nglimizga yo‘l topadi, bizni ardoqlaydi. Men uchun bu yurtning begona giyohi yo‘q, bir qultum suvi ham men uchun aziz. O‘zbek xalqi bu men, siz, shu davrada o‘tirgan barcha qorako‘zlardir”22, deya gapirdi.
Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong o‘z so‘zida O‘zbekistonda ilgari deyarli kuzatilmagan, taraqqiyotning tub burilishlarini o‘zida qamrab olgan o‘zgacha ijtimoiy-siyosiy hayot yuzaga kelib, so‘z va din erkinligi yangicha ko‘rinishda paydo bo‘lganini e’tirof etdi.
«O‘zbekiston Sharq gavhari sifatida azaldan dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan betakror o‘lka, ajdodlarining ilmiy salohiyati bilan nafaqat mahalliy xalq, balki butun olam ahli iftixor tuysa arziydigan mamlakat. Uzoq gapirib, alohida izoh berishga hojat yo‘q. Barcha millat va elat vakillarining huquq va erkinligi, bilim olishi va o‘z diniga e’tiqod qilishi to‘la taʼminlangan. Ularning ahilligiga havasim keldi, mamlakatda milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritishi tahsinga loyiq. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z xalqiga o‘tmishni anglashga sharoit yaratib berishi barobarida yangi dunyo istiqbolini shakllantirishdek ulug‘ ishlarga chorlayotgan shaxs ekaniga u kishi bilan uchrashganda amin bo‘ldim. Mazkur anjumanning Prezident go‘yasi asosida tashkil etilib, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tayotganida ham ramziy ma’no bor. Men bu taassurotlarimni bir umr hayrat bilan yodda saqlayman. O‘zbekistonning taraqqiyotiga yuksak ishonch bildiraman», dedi Martin Chungong.
Bundan tashqari bugungi kunda bu sohaga oid chuqur o‘ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o‘zgarishlarning negizida konstitusion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o‘tish zarur.
Birinchidan, turli millat va din vakillarining o‘z salohiyatini to‘laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitusiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash alohida e’tiborga olingan. Mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zaro hurmat qilish kiradi. Konstitusiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta’minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari Lamberto Zaniyerning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o‘zgarishlarga yuqori baho berildi.
E’tiborli jihati, 2017 yilda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va O‘zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda23.
Sh.M.Mirziyoyev nutqida yurtimizda mavjud bo‘lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solgani, natijada, millat va elat vakillari umumiy uyimiz – O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilishayotgani, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlab o‘tildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston og‘ir urush yillarida ham qanchadan qancha bolalarni tili, dini, millati, irqidan qat’i nazar o‘z qaromog‘iga olgani va ularga g‘amxo‘r, ota-onalarcha munosabatda bo‘lgani ma’lum. Bu kabi xislatlar, o‘z navbatida, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma’naviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an’analar asosida milliy o‘zligini anglagan, milliy g‘urur- iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan
barkamol avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. Ta’kidlash lozimki, bizda juda ko‘p boyliklarimiz bor. Ammo eng katta boylik – mamlakatning birinchi rahbari ta’kidlaganidek, bu – millatlararo totuvlikdir. Hozirgi kunda Prezidentning qaroriga ko‘ra Millataro totuvlik qo‘mitasi qaytadan tashkil etilib 138 dan ortiq milliy madaniy markazlar ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston hududida uzoq vaqtdan buyon ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi.
Mustaqillikning, o‘zbek millatining gullab yashnashining tarafdori bo‘lgan har bir O‘zbekistonlik fuqaro millatlararo totuvlik, do‘stlik qoidalariga sodiq bo‘lishi kerak. Chunki, mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi navbatda, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini qanchalik anglib etganligiga hamda mamlakatimiz hududida o‘zbeklar va boshqa millat, xalq vakillari bilan yonma-yon istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e’tiqodilaridan qat’iy nazar, bir-birining ko‘nglini ola bilishga, ular orasida do‘stona munosabatlarning o‘rnatilishiga bog‘liq.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘plab millat va elat vakillari huquqlari va erkinliklari tenglashtirilgan holda tinch va farovon hayot kechirib kelmoqdalar. Ular kelajakda O‘zbekistoni taraqqiy etgan mamlakatlar safiga olib chiqish yo‘lida hamjihatlik bilan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.
Mamlakatimizda har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va
rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa qilish munosabatlarini
bog‘lashga milliy his-tuyg‘ularining namoyon bo‘lishiga keng yo‘l ochib berilgan. Bu esa mamlakatimiz barqaror rivojlanishining kafolatidir.
Vatan ravnaqi, yurt tinchligini ta’minlab berishga katta e’tibor berilayotgan bugungi kunda ko‘p millatli davlatlar uchun milliy siyosatni to‘g‘ri, aniq ko‘zlangan maqsad asosida olib borish juda muhimdir. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam beradi.
Turli millatlar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish, uni uyg‘unlashtirish sobiq sovet davlati barham topib, ushbu davlat hududida yangi mustaqil milliy davlatlarning qaror topib, rivojlanib borayotgan davrda alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu masala ziyraklik va noziklik bilan yondashishni talab qiladigan nozik masaladir. Ko‘p millatli davlatlarda milliy masalani barcha millat va xalqlar mafaatlarini birday hisobga olmasdan hal etishga urinish yomon, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Millatlararo munosabatlar jarayonida qo‘yilgan xatoliklardan kelib chiqiqqan oqibatlardan xulosa chiqargan holda bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarurdir. O‘zbekiston ham dunyodagi ko‘plab davlatlari singari ko‘p millatli davlatdir, shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi uchun millatlararo munosibatlar uning kelajagi uchun juda muhimdir.
Mustaqillik yillarida yurtimizda hayotining barcha sohalarida, shu jumladan demokratiya va siyosiy islohatlarni borishini umumiy baholab aytish mumkinki, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar masalasiga alohida, ehtiyotkorlik bilan yondashilmoqda.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq millatlararo munosabatlarda sobiq tuzumi davrida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarga, kamchiliklarga va nuqsonlarga e’tibor qaratilib ular asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi.
Qator mintaqalarda bo‘lib o‘tgan milliy majorolardan xulosalar chiqargan holda mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlar, elatlar tinch totuvlikni ta’minlash chora tadbirlari ko‘rildi.
O‘zining tarkibi va mazmuni jihatidan xilma-xil xalqlar birligidan tashkil topgan bizning jamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlab qolishda bizning qonun bazamiz yaqindan yordam bermoqda.
O‘zbekistonda shu yurtda yashovchi muayyan millat vakillarining milliy madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Milliy madaniy markazlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to‘grisidagi amaldagi qonunlarga hamda o‘z nizomiga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Milliy madaniy markazlar muayyan millatga xos bo‘lgan milliy madaniyat, til, urf-odat, an’analarni o‘rganish va saqlab qolish hamda
rivojlantirishdan manfatdor bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtirdi.
Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim sharti o‘zbek xalqining yuksak ma’naviyati, etnomadaniyatidir. O‘zbek etnomadaniyati ko‘p asrlar davomida, integrasiya, ko‘chishlar, savdo-sotiq, fan, madaniyat sohasidagi aloqalari davomida shakllandi, tarix sinovlaridan o‘tdi, millatni shakllantirdi. Unga bag‘rikenglik, insonparvarlik, qo‘ni-qo‘shnilar bilan inoq yashash, zulmni, adolatsizlikni qoralash, integrasiya va innovasiyaga moyillik xosdir.
Mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlardan millati, elatidan qat’iy nazar, barcha fuqarolarimiz tez, chuqur va keng xabardor bo‘lib borishiga erishish zarur. Chunki buning mamlakat, yurt taqdiriga daxldor tuyg‘usining kamol topishidagi o‘rni beqiyosdir.



Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling