Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Download 214.19 Kb.
|
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi islohotlarning kuchaytirish borasidagi olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, uni takomillashtirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilsa; millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilsa; millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlovchi omillar va vositalar ish usullari ilmiy asoslansa millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash imkoniyatlari yanada ortadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Milliy bag‘rikenglik (millatlararo bag‘rikenglik) masalasi dastlab, shaxsdagi insoniylik sifatlari, insonparvarlik, bag‘rikenglik masalalari Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdurahmon Jomiy, Kaykovus, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ilmiy merosida o‘rganilgan.2 Bugun millatlararo munosabatlar, do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muammolari va ularni uyg‘unlashtirish omillari yuzasidan M.Notturno, E.Karimova, M.Rajapova, M.Xajiyev, O.Musayev, N.Muhammadiyev, A.Bekmurodov, Sh.Ikramov, Sh.Mamadaliyev, V.Tishkov, A.Kapto singari olimlarning olib borgan ilmiy ishlari, maqola va asarlarida keng tadqiq etilgan. Xorijiy olimlar tolerantlik masalasini asosan hozirgi zamon global muammolari hamda siyosiy mafkura sifatidagi liberalizmning inqirozi kontekstida, masalan, Gerbert Markuze repressiv tolerantlik to‘g‘risida, Djon Grey postliberal bag‘rikenglik, Syuzen Mendus3 Dj.Lokk4 va D.Uoldron go‘yalarini qayta anglash sifatida ko‘rib chiqqanlar. MDH mamlakatlarida millatlararo bag‘rikenglik mavzusi juda kam ishlanmoqda, lekin A.A.Guseynov5, A.F.Zotov6 ilmiy ishlarida ijtimoiy va individual borliqning turli tomonlarini qamrab olgan tolerantlik muammosi kontekstida ijtimoiy-falsafiy umumlashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. V.V.Shalinning7 asarlarida esa tolerantlik madaniy me’yor va siyosiy zaruriyat sifatida yoritilgan. Tolerantlik masalasi siyosiy nazariyaning asosiy kategoriyasi sifatida esa S.G.Ilinskaya tomonidan maxsus tadqiq qilingan. O‘zbekistondagi xalqlarning tarixan shakllangan insonparvarlik an’analari, boy ijtimoiy-falsafiy merosining ta’siri har doim kuchli bo‘lgan. Ba’zi o‘zbek faylasuflari rasmiy mafkura doirasidan chiqqanlar. Buni akademik I.M.Mo‘minovning bir qator ilmiy asarlari misolida ko‘rish mumkin. O‘sha davrlardayoq tolerantlik muammosining keyingi tadqiqi uchun muayyan konseptual-faktologik dastlabki shartlar yaratilgan edi. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasida B.R.Karimov8, R.X.Murtazayeva9, Q.N.Nazarov10 va boshqa olimlar xalq gumanistik an’analarining qator jihatlarini, ma’naviy qadriyatlar rivojlanishining dialektikasini o‘rgandilar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tolerantlik muammosining muayyan jihatlariga to‘xtalib o‘tganlar. Z.R.Qodirova, A.D.Sharipov, V.R.Aliyeva11, Sh.O.Madayeva, M.Xajiyevalardan tarkib topgan bir guruh olimlar tomonidan amalga oshirilgan tolerantlik madaniyati muammolarining yoshlar ijtimoiy faolligi va tolerantligining maxsus tadqiqi tolerantlikni ma’naviy-axloqiy hodisa sifatida ishlab chiqilishida muhim konseptual metodologik ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda tolerantlik muammosining boshqa ijtimoiy jihatlari, xususan, millatlararo munosabatlar kontekstida, ekstremizm va terrorizmning keskinlashuvi kontekstida tolerantlik masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar N.O.Safarova, Adib Holid, Q.P.Qobulovlar tomonidan amalga oshirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy ishlar tadqiqotning metodologik ta’minotiga jiddiy hissa qo‘shgan: birinchidan, mazkur tadqiqotlarda “millatlararo tolerantlik” hodisasi mohiyatini ochib berish imkonini beruvchi ba’zi ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy tahlillar keltirilgan; ikkinchidan, millatlararo tolerantlik masalasi O‘zbekistonning hozirgi zamon ijtimoiy-manaviy hayotida o‘zbek xalqining ijtimoiy-axloqiy rivojlanishining muhim omili sifatida bugungi kungacha maxsus tadqiq qilinmagan. Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling