Qo’l yozma huquqida O’UK


I.2.Milliy qadryatlar turlari va ularning boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiyalash jarayonidagi ahamiyati


Download 87.63 Kb.
bet12/14
Sana21.04.2023
Hajmi87.63 Kb.
#1374379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Dissertasiyani Xushboqova Oysuluv tayyor 2023

I.2.Milliy qadryatlar turlari va ularning boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiyalash jarayonidagi ahamiyati
Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal kilingan va amal kilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustakillik sharoitida davlat, jamiyat maktab tarbiyasiga ko‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil kiladi. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘kuvchi, o‘g‘il-kiz axlokini hosil kiladi. Ana shu nuktai-nazardan kelib chikkan holda milliy davlatchiligimiz, xalkimiz tarixi, hoziri, istikloli va istikboli talablarini umumlashtirgan holda hozir o‘kuvchilarimizda shakllantirilishi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar tasnifi tuzildi. Barcha insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional, emotsional va faoliyatga asoslangan tarkibiy kismlar uyg‘unligiga tayanadi. Shu tufayli oila, maktab, mahalla, maktabdan tashkari muassasalarning izchil, amaliy hamkorligi bu fazilatlarni maxsus shakllantirishning barkaror surat va sifatini ta’minlaydi.
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini
o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik” “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o’z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin.
Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehrmuruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zlarining Yangi yil munosabati bilan
O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi «Inson qadrini ulug‘lash - yurtimizda
yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini
ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi», deb ta’kidlaganlar.
Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya
tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya
atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini
shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar. Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlagani kabi,
“Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik, do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xususan, qomusimizning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir»1, - degan qoida ana shu bag’rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi: "Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"
Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda. Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi-O’zbekiston fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.
O’zbekiston hozir va bundan keyin ham o’z mustaqilligini himoya qila olishi uchun ko’p millatli o’zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag’rikevtlikni yanada mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g’oya - barcha o’zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g’oyadir. Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o’ziga xos madaniyatga va ko’p asrlik an’analarga ega. O’zbekiston Respublikasi o’tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug’imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o’zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir deyish mumkin.
Milliy tarbiyaning obektiv ijtimoiy jarayonligi va bu jarayonning umuminsoniylikni muayyanlashgan shakli sifatida milliy g‘ururni yaratuvchilik maksadlariga yo‘naltirishda, sobik sovet jamiyatida uchragan millatchilik, mahalliychilik, milliy bikiklik, mankurtlik kabi illatlarga barham berishning okilona shakli sifatidagi imkoniyatlari nazariy, amaliy darajalarda asoslandi.
Ijtimoiy tarbiyaning obektiv milliyligi konuniyatidan kelib chikib uning uch darajasi belgilandi. YA’ni, umuminsoniy daraja – insoniyat – xalklardir; xalklar, millatlar mavjud tarbiyaning o‘ziga xosligi – milliyligining mahsulidir. Demak, umuminsoniy tarbiya milliy tarbiya shaklida muayyanlashgan. Umuminsoniy daraja-muayyan davlatning yoshlar tarbiyasiga karatilgan ma’naviy, ma’rifiy, pedagogik siyosati sifatida; xususiy darajada - ingliz, gruzin, rus, o‘zbek, hind, yapon va h.k. xalklariga xos betakror tarbiya tizimi sifatida belgilandi. Shu tarika mustakil O‘zbekiston maktablarida milliy tarbiya tizimining amalga oshirilishi 1) umuminsoniy; 2) umummilliy; va 3)O‘zbekistonda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini kondirishning va o‘zbekistonlik o‘zbek, rus, turkman, tojik, arman va h.k. bolalarini O‘zbekistonning yosh vatanparvarlariga aylantirishning pedagogik sharti ekanligi asoslanadi.
O‘tkazilgan tadkikot kuyidagi muayyan nazariy va uslubiy pedagogik xulosalarni yasashga asos bo‘ldi:
-Insoniyat – turli millatlardan iborat va har bir millat – umuminsoniy kadriyatdir. Demak, har bir millatning ma’naviy tarakkiysi – umuminsoniy tarakkiyot shartidir.
-Millatlarning kadimiyligi – milliy tarbiyaning kadimiyligini, millatlarning mavjudligi – milliy tarbiyaning mavjudligini; millatlarning bundan keyin ham mavjud bo‘lishi- milliy tarbiyaning bundan keyin ham mavjud bo‘lishini, abadiyligini ko‘rsatadi.
-Umuminsoniy antropologik halokatning bosh sabablaridan biri(London-Nyu Jersi, 1989) turli sabablarga (texnokratik tafakkur; mustamlakachilik siyosati; kosmopolitizm; “g‘arbiylashuv”; “proletar internatsionalizmi” va h.k) ko‘ra milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi ta’minlanmaganligida; ilmiy-pedagogikaning shu paytgacha milliy tarbiyaning o‘z predmetiga aylantira olmaganligida; va buning natijasi o‘larok, “sivilizatsiyalashganlik va milliylik” tushunchalarining bir-biriga karshi ko‘yib kelinganligidir.
-Mustakil O‘zbekiston – milliy Davlat sifatida o‘z yo‘liga, mafkurasiga, ma’naviyat sohasida ustuvor siyosatiga ega. U bozor iktisodiyotiga o‘tishda davlatimiz tomonidan asoslangan: milliy tarixiy turmush tarzimiz, xalk urf-odatlari, an’analar, kishilarning fikrlash tarzini, Islom axlokiy kadriyatlarning, psixologiyaning milliyligini, ko‘pmillatlilik kabi ijtimoiy xususiyatlarini o‘zida mujassam kildi. Ya’ni, jahon tarakkiyoti tizimida O‘zbekistonning nafakat bozor iktisodiyotiga o‘tishda, balki uning tarbiyaviy siyosatida betakror va boy an’analarga to‘la o‘z yo‘li borligini va uni ishga tushirish zaruratini belgiladi.
-Har bir xalkka, demak o‘zbek xalkiga ham xos bo‘lgan milliy tarbiya insonparvarona maksad va mohiyatga ega. Hech bir xalk millatchi emas. Millatchilik yoki mankurtlik o‘z va o‘zga xalklarning milliy ma’naviy kadriyatlaridan begona, milliy tuyg‘ulari stixiyali shakllangan – milliy tarbiyalanmagan kishilardagina namoyon bo‘ladi.
-Milliy tarbiya jarayoni har bir ota-onaning, mahallaning, mustakil O‘zbekiston va uning hukumatining har bir o‘zbekistonlik maktab o‘kuvchisidan kutayotgan ijobiy fazilatlar majmuasini shakllantiradi. Milliy g‘urur, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, millatlararo mulokot madaniyati, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilik fazilatlari mustakillikni mustahkamlashning doimiy zarurati sifatida belgilandi.
-Mazkur fazilatlar hozir va kelajakda o‘zining ishonchli samaralarini berishi uchun milliy-istikloliy tarbiya O‘zbekiston umumta’lim maktablarida maksadga yo‘naltirilgan ustuvor tarbiya yo‘nalishiga aylantirilishi kerak.
-Milliy tarbiyaning samaradorligi bo‘lajak o‘kituvchilar va o‘kituvchilarning mazkur faoliyatiga rahbarlikka maxsus yo‘naltirilganligiga bog‘likdir.
-Maktab, oila, mahalla, turar joylar, maktabdan tashkari muassasalarning milliy tarbiyaviy hamkorligi, milliy tarbiya samaradorligi shartlaridan biridir.
-Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy tarbiyaviy muvaffakiyatlari bu maktablardagi tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunidan milliy tarbiyaviy maksadlarda foydalanishni takomillashtirishga bog‘lik.
-Har kanday tarbiyaviy yo‘nalish kabi milliy tarbiyaning muvaffakiyati bu jarayonning ilmiy asosida tashkil kilinishiga – maksad, vazifa, uslub, vosita, natajaga sistemali yondashuv, ularni o‘rganish, kayd kila borish va milliy istiklolning har bir boskichi talablari asosida boyita borilishiga bog‘lik.
-O‘kuvchilarning yosh, milliy, mahalliy, ruhiy, jinsiy, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va tarbiyalanganlik mezonlari, darajalarining amaliyotga joriy kilinishi milliy tarbiya samaradorligini belgilaydi.
-O‘kuvchilarning darsdan tashkari faoliyatini milliy tarbiyaviy maksadlarga yo‘naltirilishi o‘kuvchilarda milliy istikloliy fazilatlar hakida tushuncha, bilimlarni amalda ko‘llash, “mashk kildirish”, ko‘nikma, malaka va odatlarga aylantirishning shartidir.
Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq meyorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy meyorlar; muboh – ixtiyoriy meyorlar; makruh – ixtiyoriy meyorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.
“Munosib inson”ni axloqiy-tarbiyaviy ideal hisoblab, insonni xush axloq, sahovatli va aql-idrokli qiluvchi narsa bilim ekanligi asoslanadi.
“Munosib inson” bo‘lish uchun odamda ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim kishini nazariy kamolatga erishtiradi, tarbiya esa bu “kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatini yaratishga olib boradigan yo‘ldir”.
Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.
“Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”6, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni yetishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi.
Yangi shaxsni yetishtirish milliy tarbiya o‘ylarida olib borilishi kerak. Shunda tarbiyalanuvchilar muhitning nomatlub, yomon ta’sirni his qilmaydilar. “Milliy tarbiya uylari”da mehnat qilish, jismoniy, aqliy tarbiyaga asosiy e’tibor beriladi. Natijada baquvvat, mehnatsevar, intizomli va vijdonli yangi yosh avlod, yangi grajdanlar, qizg‘in vatanparvarlar tarbiyalanadi” .
Tarbiya bilan muhit, o‘lka, jamiyat hayoti o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Tarbiya chog‘ida bolaning tug‘ilgan va yashashi kerak bo‘lgan joy, Vatanning sharoitini, zamonaviy, milliy madaniyatga tayanish talab qilinadi.
Javonmardlik dastur va qoida talablari orqali umrini do‘stga bag‘ishlovchi, faqat yaxshilikni o‘ylab, borini o‘zgalar bilan baham ko‘rish, muhtojlarga yordam berish, piru ustoz, do‘st-birodarlar nomusi, sharafini himoya etish, zohiran va botinan pok, pokiza insonlar suhbatini qozonishga intiluvchi, muayyan qonun-qoidaga rioya etuvchi, ma’naviy va jismoniy yetuklikka intiluvchi, mardlik va oliyjanoblikning namunasini ko‘rsatuvchi, zulm va haqsizlikka qarshi kurashuvchi, boylikdan insonni ustun qo‘yuvchi yosh yigit (farzand)larning ustoz (ota) tomonidan tarbiyalanishga qaratilgan ma’naviy-tarbiyaviy harakat X asrdan boshlab Movoraunnahrda tarqala boshlagan.
Yosh avloddagi rus xalqi urf-odatiga, umuman rus xalqiga nafrat bilan qarash va chet mamlakat madaniyatiga ko‘r-ko‘rona sig‘inishga qarshi chiqdilar. Tarbiya rus tilida, rus urf-odatlariga hurmat ruhida olib borilishi kerakligi talab qilindi.
Sharq xalqlari ma’naviy hayotida maorifida taraqqiyparvar oqim. Islom dinining rolini saqlab qolgan musulmon maktablarida dunyoo‘iy fanlarni ham ona tilida o‘qitishga, turkiy xalqlarni ilm-ma’rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan tenglashtirishga ilk harakatlar qilindi. Bu harakatlarning shiori: yangi usulda ta’lim va tarbiyani Ovrupo sivilizatsiyasiga moslashtirish emas, balki Ovrupo sivilizatsiyasini o‘rganib, milliy madaniyatga xizmat ettirish edi.
Tarbiya xalqning tarixiy taqqiyotiga bo‘ysunadi. Kelajakka xalqning o‘zi yo‘l ochib boradi, tarbiya esa shu yo‘ldan boradi va birgalikda harakat qilib, ayrim shaxs va yangi avlodga bu yo‘ldan borishga yordamlashadi. Shuning uchun tarbiya tizimini o‘ylab chiqish yoki boshqa xalqlardan olish yaramaydi. Tarbiya xamisha xalqchilikka, milliylikka tayanishi lozim. “Har qanday mavjud tarixiy xalq Xudo yer yuzida yaratgan eng ajoyib mavjudotdir va tarbiyani ana shu boy hamda sof to‘yg‘usi boshqa xalqlarni harmat qlish bilan birga bo‘lmog‘i kerak”.
Tarbiya har bir benazir shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va ruyobga chiqarishi ko‘chlar bilan uchun sharoit yaratish kerak. Shaxs uchun pala-partish, bir zumlik bo‘lsada, lekin o‘z “shaxsiy”baho, nuqtai nazari, “tafakkur oqimi”, tuyg‘usi, hayajoni bo‘lishi kerak. Bu nazariya shaxsning jamiyatda, xalq, millat hayotidan chiqib, o‘z “qobig‘iga” bekinib olishiga olib keladi. Ilmiy bilimlarni sistematik o‘rganishni besamar mashg‘ulot deb qaraydi. Chunki bolaning qo‘qqisdan, kutilmaganda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘u va xulosalari birlamchi, deya maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv, tarbiyaviy jarayon inkor qilinadi.
Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlariga e’tibor berilgan.

Download 87.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling