Qo’l yozma huquqida O’UK
II BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TARBIYALASH ………
Download 87.63 Kb.
|
Dissertasiyani Xushboqova Oysuluv tayyor 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati
II BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TARBIYALASH ………
II.1-§. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini milliy qadrityatlar asosida tarbiyalash metodikasi , shakli, metod va vositalari …………………… II.2-§. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini milliy qadrityatlar asosida tarbiyalashning tashkiliy tuzilmasi ………………………………… II.3-§. Milliy qadriyatlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiyalash texnologiyalari……………………………………
III.1-§. Pedagogik tajriba-sinovning maqsad va vazifalari……………….. III.2-§. Olingan natijalar tahlili va samaradorligi…………………………. Uchinchi bob bo’yicha xulosa…………………………………………….. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR................................................. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………. Ilovalar........................................................................................................... KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jaxon miqyosida yuksak ma’naviyatli, ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlashda milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berishning kreativ-modulli texnologiyalari amaliyotga joriy etilmoqda. Ta’lim muammolari bo'yicha Butunjaxon Forumi qabul kilgan 2030 yilgacha muljallangan konsepsiyasidagi "...barcha uchun butun xayoti davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish...”1 vazifasi doirasida o'quvchilarga milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berishda shaxslararo va jamoaviy qadriyatlarga yo'naltirilgan integratsiya tizimning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish, bo'lajak boshlang’ich sinf o'qituvchilarni o'quvchilarga milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berishga o'rgatish jarayoni mazmunini takomillashtirish, yangi ta’lim texnologiyalari, innovatsiyalar va zamonaviy tashkiliy tuzilmalarning birligini ta’minlash bo'yicha loyixalarni tatbiq etishga yo'naltirilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jaxon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o'quvchilarning axloqiy jixatdan tarbiyalanganlik darajasini rivojlantirish, ma’naviy sifatlar ko'rsatkichlari hamda ularning komponentlari o'zini o'zi baxolash, autopsixologik treninglar majmuini qo'llash asosida takomillashtirish, lokal-modulli texnologiyalarini yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, bo'lajak boshlang’ich sinf o'qituvchilarni o'quvchilarga milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berish faoliyatiga tayyorlash, ilmiy pedagogik izlanishlarning istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash, pedagogik jarayonlarni amalga oshirishning strategik maqsadlarini belgilash muxim axamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarning ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy madaniyati darajasini oshirish, ularni isloxotlar tizimiga moslashtirish, muayyan kasbga, tadbirkorlik va biznesga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish uchun ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarii tatbiq etish hamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. “Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash, ularda milliy, axloqiy tarbiyani qaror toptirish va rivojlantirish’'2 ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan. Bu esa, bo'lajak o’qituvchi shaxsini axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentaning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi Uzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”, 2019 pil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”, 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g’risida” Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son” Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida” qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi qarori, shuningdek, mazkur soxaga oid boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan dolzarb vazifalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Download 87.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling