Qo’l yozma huquqida
Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari(1)
Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
Kontseptual bosqich Loyihani texnik amalga oshirishni tekshirish Innovatsiya mahsulotini ishlab chiqish Sanoatda qo’llanilishini aniqlash Texnik-iqtisodiy asoslash va innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarishga tayyorlash To’la masshtabli ishlab chiqarish bosqichi Bozorda innovatsiya mahsulotini ushlab turish bosqichi
26
mulk ob’ektlari portfelini shakllanishidan boshlanadi. Innovatsiya loyihasini ishlab chiqarish intellektual faoliyat natijalariga asoslanar ekan, shuning uchun investorlarni (ishlab chiqaruvchilarni) xaridorni jalb eta oladigan, sifatli, yangi innovatsiya mahsulotini yaratish imkoniyati qiziqtiradi. Bunda intellektual faoliyat natijasi egasini va uning ilmiy texnik, texnologik, ayrim hollarda innovatsiya loyihasida foydalanilishi kerak bo’lgan konfidentsial tijoriy ma’lumot (nou-xau) o’z ichiga oluvchi intelektual mulkka bo’lgan huquqini aniqlash muammosi yuzaga keladi. Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish natijasida yaratilgan hamkorlik doirasidagi intellektual mulk huquqlarini taqsimlash muhim masala bo’lib hisoblanadi. Hozirgi sharoitida texnologiyalarni ma’naviy eskirish muddati qisqarmoqda, foydalanilayotgan jihozlar (uskunalar) ilm-fanga asoslanganligi va fond xajmi o’sib bormoqda. Shuning uchun barcha rivojlangan mamlakatlarda innovatsiya faoliyati sohasida innovatsiya loyihasini ishlab chiqarishning eng boshlang’ich ya’ni, kontseptual bosqichida intellektual mulkka tegishli xuquqiy masalalarni tartibga solish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Ikkinchi bosqichda texnikaning munosib darajasi doirasida berilgan kontseptsiyaga asoslangan innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarish imkoniyati isbotlanadi. Ushbu bosqichdan o’tish natijasida stend modellari yoki maketlar yaratilinadi. Ishlab chiqish bosqichida innovatsiya mahsuloti sanoat ishlab chiqarishga yaroqliligi tekshiruvi amalga oshiriladi. To’rtinchi bosqich – sanoatda qo’llanilishini aniqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida tajriba namunasi yoki texnologik jarayon yaratiladi. To’la masshtabli ishlab chiqarish bosqichi bu innovatsiya mahsulotini sanoat ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonidir. Uning natijasi sotishga tayyor mahsulot bo’lib hisoblanadi. Bu bosqichda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, sifatni yaxshilash va mahsulotni ishonchliligi, uning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. So’ngi bosqich innovatsiya mahsuloti yoki texnologik jarayonni foydali
27
hayotining butun muddatini qamrab oladi. Bu bosqichning maqsadi doimiy texnik takomillashtirish yo’li bilan mahsulot yoki texnologik jarayonning maksimal bahosini saqlash hisoblanadi. Bu bosqichda mahsulot yoki jarayon boshqa qo’llash soxalariga tadbiq etilishi mumkin. Murakkab innovatsiya loyihasi amalga oshirilayotganda har bir bosqich uchun biznes-rejalarni izchillik bilan tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda innovatsion tsiklning har bir bosqich biznes-rejalari dastlabki bosqichlarda jarayonning barcha xislatlari to’g’risidagi bashorat qilingan va olingan ma’lumotlar haqiqiy va to’liqligi keyingi bosqichlarga nisbatan pastroqligi bilan farqlanadi. Bunda turli innovatsiya loyihalarining biznes-rejalar tuzilmasida farqlari bo’lib, ular asosan birlashishga yoki tashkil etuvchi qismlarga bo’linishiga olib keladi. Innovatsiya loyihasini qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo’lajak dastur va u tegishli soha hajmlariga bog’liq. Masalan, qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyani joriy etishni yo’lga qo’yish ko’zda tutilayotgan bo’lsa, juda batafsil reja ishlab chiqilishi lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsiya dasturining yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur mahsulot bozorining murakkabligiga bog’liq. Innovatsiya loyihasining tarkibi, shuningdek, taxminlanayotgan sotuv bozori ko’lamiga, raqobatchilarning bor- yo’qligiga va dastur natijalaridan foydalanish istiqbollariga bog’liq. Innovatsiya loyihasining tarkibiy tuzilishi quyidagi asosiy bo’limlardan iborat bo’lishi kerak: - innovatsiya loyihasining mohiyati, qisqacha tarzda
loyiha jozibadorligining asoslanganligi; - innovatsiya loyihasini amalga oshiruvchi korxona, uning yuridik maqomi, imkoniyatlari va faoliyatiga oid to’liq ma’lumotlar; - mahsulot sotish bozori tahlili, raqobatchilar; - innovatsiya mahsulotining marketing strategiyasi; - ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy tuzilishi; - boshqaruvni tashkil etish; 28
- risklar va uni sug’urtalash; - moliyalashtirish strategiyasi. Ayrim hollarda loyihani amalga oshirishda xo’jalik risklar darajasi moliya rejalari tarkibida ajratib ko’rsatilishi mumkin. Mablag’larni investitsiyalashda maqsadga muvofiqligining asosi bo’lib, maksimal samaraga erishish qabul qilinadi. Loyihani moliyalashtirishga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: - innovatsiya loyihasining maqsadlari va investorning bozordagi strategiyasiga ularning munosibligi; - davlat siyosati va innovatsiya loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishga yo’naltirishni hisobga olish bo’yicha uning ustunligi; - loyihaning iqtisodiy samarasi; - innovatorning ishbilarmonlik obro’si va statusi; - riskni
minimallashtirish darajasida moliyaviy qo’yilmalarning ishonchliligi.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling