Qo’l yozma huquqida


  O’zbekistonda  innovatsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  va


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/44
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#229842
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari(1)

2.2.  O’zbekistonda  innovatsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  va 

moliyalashtirish amaliyoti tahlili 

 

O’zbekiston  Respublikasi  so’nggi  24  yil  mobaynida  innovatsiya  sohasida 



yangi bilimlarni yaratish, yangi tamoyillarni ishlab chiqish, yirik amaliy izlanishlar 

olib borishda sanoati rivojlangan mamlakatlardan birmuncha orqada qolayotganini 

qayd etish bilan bir qatorda, oxirgi vaqtlarda fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirish 

va  uni  boshqarish,  intellektual  salohiyatni  yanada  ko’tarish,  iqtisodiyot 

taraqqiyotiga  zamin  yaratuvchi    ilmiy  ishlanmalarni  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlashga katta e’tibor qaratmoqda. Olim va mutaxassislarning fikricha, noyob 

ixtirolar  ilmiy-tadqiqot uchun qulay shart-sharoit mavjud joydagina yaratildi. Shu 

jihatdan  respublikamizni  ixtirolar  o’lkasi,  deb  atashga  to’la  haqlimiz.  Innovatsion 

texnologiyalar,  zamonaviy  ishlanmalar  va  ilg’or  g’oyalarning  har  yili  taqdim 

etilayotganligi  bunga  asos  bo’ladi.  Shubhasiz,  bu  Prezidentimiz  rahnamoliklarida 

mamlakatimizda  fan  va  ishlab  chiqarish  integratsiyasiga  qaratilayotgan  alohida 

e’tibor, ilm ahliga ko’rsatilayotgan g’amxurlikni yuksak samarasi, albatta. 

Innovatsiya faoliyatini rivojlantirishdan ko’zlanadigan maqsad mamlakat ilm-

fani  va  sanoatini  innovatsion  taraqqiyot  yo’liga  boshlash,  har  bir  alohida 

hududlarga  o’ziga  xos  innovatsion  izlanishlar  markazi  mavqeiga  erishishi  uchun 

zarur  shart-sharoitlarni  yaratib  berish,  joylarda  ilmiy-texnik  taraqqiyotga 

asoslanuvchi  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  ilm-fan,  aloqa  sohasida  erishilgan 

yutuqlarni  amaliyotga  tadbiq  etish  natijasida  yuksak  texnologiyalarning 




50 

 

o’zlashtirilishiga  erishish,  ilmiy  izlanishlar  natijalarining  tijoratchilik  asosida 



sotilishini 

ta’minlash, 

ishlab 

chiqarish 

tizimining 

texnik 


jihatdan 

raqobatbardoshligini oshirish, ilm-fan sohasida qilingan kashfiyotlarni, innovatsion 

g’oya va loyihalarning tayyor mahsulot, jarayon yoki xizmat turi sifatida ichki va 

tashqi bozorlarga chiqarilishiga erishish, ichki bozorlarda import mahsulotlarining 

o’rnini  bosadigan  tovarlar  ishlab  chiqarilishini  izga  solish,  turli  xil  ijtimoiy, 

iqtisodiy muammolarni hal etishdan iboratdir. 

Innovatsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  qulay  muhit  va 

uning  jobadorligini  oshiruvchi  omillar  mavjudligi  sharoitida  ta’minlanadi.  Bu  esa 

mamlakatda  innovatsiya  faoliyatining  rivojlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Shunga ko’ra, innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim 

o’rin  egallovchi  innovatsiya  faoliyatiga  ta’sir  etuvchi  omillarni  o’rganish  alohida 

ahaamiyat  kasb  etadi.  Chunki  har  qanday  loyihani  ishlab  chiqishda  u  amalga 

oshiriladigan shart-sharoitlar to’liq o’rganilishi talab etiladi. 

Quyidagi  6-rasmda  innovatsiya  faoliyatiga  ta’sir  etuvchi  omillar  tasnifi 

keltirilgan. 

Respublikamiz  innovatsion  g’oyalar,  texnologiyalar  va  loyihalar  islohotlar 

doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan eng muhimi sanaladi. Shu bilan 

birga  bugungi  moliyaviy  inqiroz  sharoitida  mamlakatda  olib  borilayotgan 

innovatsiya siyosatini amalga oshirish strategiyasini qayta ko’rib chiqish lozim.  

O’zbekistonning  dunyo  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvi  jahon  bozorida 

milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashqil etish va keskin 

raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga 

zamin  yaratadi.  Buning  uchun  mamlakatning  ilmiy  va  texnologik  salohiyatini 

ko’tarish,  birinchi  navbatda,  iqtisodiyotining  barcha  tarmoqlari,  jumladan, 

telekommunikatsiya  tarmoqlarida  texnik  darajani  tiklash,  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiya  qilish,  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  mahsulotlarini  amaliyotga  joriy 

etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim. 

 Fan  va  texnikani  zamon  talablariga  mos  tarzda  rivojlantirish  borasida 

innovatsiya  jarayonlarining  amalga  oshirilishiga,  yuqori  texnologiyalarni  ishlab 



51 

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling