Qo’l yozma huquqida


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#229842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari(1)

III BOB.  O’ZBEKISTONDA 

INNOVATSIYA 

LOYIHALARINI 

ISHLAB 

CHIQISH 

VA 

AMALGA 

OSHIRISHNI 

TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI............................  68 

  III bob bo’yicha xulosa.....................................................................  76 

   

 

  XULOSA VA TAKLIFLAR...........................................................  78 



   

 

  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...................  83 

 

  



 

KIRISH 

 

Magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusining  asoslanishi  va  uning  dolzarbligi. 

Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning jadal 

sur’atlar  bilan  rivojlanishini  va  raqobatbardoshligini  ta’minlash,  mamlakatning 

jahon  hamjamiyatidagi  o’rni  va  nufuzini  yanada  oshirishning  eng  muhim 

omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda har bir davlat o’z iqtisodiyoti 

barqarorligini 

ta’minlash, 

aholi 


farovonligini 

oshirishda 

innovatsiya 

imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda. 

Shu  maqsadda  respublikamizda  ―...  iqtisodiyotimizning  asosiy  tarmoqlarini 

modernizatsiya  qilish  va  texnik  yangilash,  mamlakatimizning  yangi  marralarni 

egallashi  uchun  kuchli  turtki  beradigan  va  jahon  bozorida  raqobatdoshligini 

ta’minlaydigan  zamonaviy  innovatsiya  texnologiyalarini  joriy  qilish  bo’yicha 

maqsadli loyihalarni ...‖

1

 amalga oshirishga ustuvorlik berilgan. 



Innovatsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  investitsiyalar  bilan  bevosita 

bog’liqdir.  Bu  esa  iqtisodiyotga  investitsiyalarni  jalb  etish  imkonini  beradi.  Shu 

sababli  mamlakatimizda  innovatsiya  siyosatini  olib  borishda  investitsiyalarning 

samarali  ishtirokini  ta’minlashga  jiddiy  e’tibor  qaratib  kelinmoqdaki,  buning 

natijasida milliy iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi, ular yordamida 

ishlab  chiqarishga  joriy  etilayotgan  zamonaviy  va  ilg’or  texnologiyalarga 

asoslangan loyihalarning sonining yil sayin ortib borishini, shuningdek, yalpi ichki 

mahsulotning yuqori su’ratlar bilan o’sishini ta’minlamoqda. 

2014  yilda  iqtisodiyotimizga  jalb  qilingan  investitsiyalar  hajmi  10,9  foizga 

o’sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda 

jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard dollardan ziyodini 

xorijiy  investitsiya  va  kreditlar  tashkil  qildi.  Ularning  to’rtdan  uch  qismi 

to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. 

O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  siyosatining  o’ziga  xos 

                  

 

1



  Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  yangilashni  izchil  davom  ettirish  –  davr  talabi.  –  T.: 

O’zbekiston, 2009. – B. 19




 

xususiyati mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, 



yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etishga 

qaratilgan  investitsiya  loyihalariga  ustuvor  ahamiyat  berilayotganida  namoyon 

bo’lmoqda. 

2014  yilda  iqtisodiyotimizning  etakchi  tarmoqlarida  zamonaviy  yuqori 

texnologiyalarga  asoslangan  uskunalar  bilan  jihozlangan,  umumiy  qiymati  4 

milliard  200  million  dollarga  teng  bo’lgan  154  ta  yirik  ob’ekt  foydalanishga 

topshirildi

1

.



 

Biroq,  bugungi  tezkor  o’zgarish  va  yangilanishlar  davrida  mazkur  yutuqlar 

bilan  cheklanib  qolmasdan,  yangidan-yangi,  bugungi  hayotimiz  talabiga 

asoslangan  innovatsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  ishlarini 

yanada  jadallashtirish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  masalalar  yuzasidan 

tadqiqotlar  olib  borish  va  ilmiy  asoslangan  taklif-tavsiyalarni  ishlab  chiqishning 

zarurligi mazkur dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligini asoslaydi. 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling