Qo‘lda payvandlash va eritib qoplash. Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash va eritib qoplash


Pripoyning A nuqtasiga quyidagi kuchlar ta’sir etishi mumkin


Download 0.94 Mb.
bet5/6
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043792
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH USULLARINI O‘RGANISH

Pripoyning A nuqtasiga quyidagi kuchlar ta’sir etishi mumkin:
  • F2 kuchi suyuqlik va gaz oralig‘i chegarasida ta’sir etib suyuqlik va gaz zarralarining o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi, bu kuch ancha kam bo‘lib, keyinchalik uni e’tiborga olib o‘tirmasak ham bo‘ladi.
  • F2 kuchi suyuqlik zarrachalarining qo‘shni zarrachalarning tortish qiymatini (kogeziya kuchi) tavsiflaydi; U A nuqtadagi natijaviy kuchning qo‘shni suyuqlik zarrachalari bilan o‘zaro ta’sir etuvchi kuchdan iborat bo‘lib, u tomchi ichkarisidagi qattiq yuzadagi hosil bo‘lgan tomchini burchak ϴ ostida teng ikki qismga bo‘ladi.
  • F3 adgeziya kuchi suyuqlik va qattiq metall oralig‘idagi chegara bo‘yicha ta’sir etishni tavsiflaydi, u vertikal past tomon yo‘nalgan. F2 va F3 kuchi vektorlari o‘zaro qo‘shilganda ularning natijaviy qiymati Fр ni olamiz.

F2 va F3 kuchlari nisbatiga bog‘liq bo‘lgan natijaviy Fp kuchining yo‘nalishiga qarab qattiq jism-suyuqlik-gaz oraliq chegarasiga urunma oralig‘idagi burchak ϴ o‘zgaradi.


Pripoylar. Ular vazifalariga qarab yumshoq (tez eruvchan), erish temperaturasi 4000С dan kam va qattiq (qiyin eruvchan), erish temperaturasi 5500С dan katta turlarga bo‘linadi.
Yumshoq pripoylar. Eng kam mexanik mustahkamlikka ega; qattiq pripoylar-yuqori mustahkamlik qobiliyatiga ega. Ular ko‘proq qalay-qo‘rg‘oshin asosga ega. Mashinalarni ta’mirlashda odatda arzon va yetarli darajada puxta bo‘lgan ПОС -18 pripoyi qo‘llaniladi; у 17- 18% qalay, 2.0-2.5% surma va 81-79.5% qo‘rg‘oshin tarkibiga ega. ПОС-50 va ПОС-64 pripoylari (tegishli ravishda 50-64% qalay, 0.8% surma, qolgani-qo‘rg‘oshindir) choklar oksidlanmasligi uchun ishlatiladi, bular ko‘proq elektr jihozlarini va asboblarini ta’mirlashda ishlatiladi.
Qattiq pripoylar-mis, latun va kumish asoslidir. Detallarni mis bilan kavsharlashda ular atmosferadan himoyalash pechkalariga yuklanadi. Ularning erish temperaturasi ancha past-825 dan 8800С gacha vazifalariga qarab ПМЦ-36 misli-sinkli pripoy (34-38% mis, qolgani-sink), ПМЦ-48(46-50% mis, qolgani-sink) va ПМЦ -54 (52- 56% mis, qolgani-sink).

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling