Qoldirilgan dars
Download 60 Kb.
|
Uyg\'ur yozuvi va uning bitiktoshlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
III.Xulosa.
Uygur yozuvining hozirgi kundagi ahamiyati. Xulosa qilib shuni aytish joizki, yaratilishi moziyga borib taqaluvchi uyg`ur yozuvi uzoq asrlar mobaynida turklarning asosiy yozuvlaridan biri bo`lib kelgan. Uyg`ur xati arablar bosqini davrida ham, mo`gullar itilosi sodir bo`lganda ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi adabiy asarlarda o`z ifodasini topgan Bizgacha saqlanib qolgan uyg`ur yozuvli yodgorliklar eski o`zbek tili davri ya`ni XV asrga ham daxldordir. Uyg`ur xatida bitilgan yodgorliklarni o`rganish biz uchun moziyning eng sirli eshiklarni ochib beradi. Ota bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy adabiy qarashlarini ifoda etadigan uyg`ur xati yodgorliklari hozirda ham o`z ahamiyatiga ega. Olis ota bobolarimizning aqk zakovati , qalb qo`ri mahsuli bo`lmish bu noyob yodgorlikning zamon to`fonlaridan, qancha-qancha og`r sinovlardan o`tib bizning davrimizgacha yetib kelishda katta ma`no mujassam. Uyg`ur xatida yaratilgan yozma yodgorliklar va adabiy asarlar bu ko`hna o`lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo`lganidan dalolat beradi. Qadimiy tariximizni o`rganish va baho berishda uning biror bir davri yoki jabhasini e`tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Zero yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek “Oz tarixini bilmagan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q”* Foydalanilgan adabiyotlar Sodiqov Q “Ajdodlarimiz bitigi” T “Fan” 1990 Aliyev A, Sodiqov Q “O`zbek adabiy tili tarixidan” T “O`zbekiston”1994 Qayumov A, Ishoqov M, Otaho`jayev A, Sodiqov Q “Qadimgi yozma yodgorliklar” T “Yozuvchi” 2000 Mahmudov N “Yozuv tarixidan qisqacha lug`at ma`lumotnoma” T “Fan” 1990 Rahmon Nasimxon “Turk hoqonligi” A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti , 1993 Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling