Qo’llaniladi
Download 43.23 Kb.
|
1 2
Bog'liq10.04 quymakorlikNB
2. Bog’lovchilar
Qolip va o’zak ashyolarining sifatini oshirish maqsadida bog’lovchi deb nomlanadigan qo’shichalar qo’shiladi. Bog’lovchilarga bir qator talab lar qo’yiladi. 1. Quritilgan yoki boshqa ishlov berilgan (masalan, gaz bilan ishlash) qoliplargaham yuza mustahkamligini,hamhajmiy mustahkamlikni bera olishi qotish jarayoni tez va arzon bo’lishi kerak. 2. Aralashmaga yuqori oquvchanlikni ta’minlashi kerak. 3. Qolipning metall bilan to’ldirilgan davrining dastlabki bosqichida unga yuqori mustahkamlikni ta’minlay olishi kerak. Qolipning isib borishi natijasida bu mustahkamlik pasayib, quymaning qotish davriga kelib juda past mustahkamlik qolishi kerak, ya’ni quymani qolipdan ajratib olish oson bo’lishi kerak. 4. Gaz o’tkazuvchanligi yuqori, nisbiy gaz ajratish qobiliyati esa past bo’lishi kerak. 5. Quyishga qarshi xossalari yuqori bo’lishi kerak. 6. Aralashmani modelga yopishmasligini ta’minlashi kerak. Yuqorida ko’rsatilgan talablarni ta’minlashda kam miqdordagi bog’lovchi (0,5-6%) kifoya qilishi kerak. Quymakorlikda qo’yilgan talablarni turli darajada qondiriladigan bir qator bog’lovchilar qo’llaniladi. Bog’lovchilar kimyoviy tarkibiga va xossalariga ko’ra sinflarga bo’li-nadi. Barcha bog’lovchilar o’z xossalariga ko’ra uch sinfga bo’linadi; a, b, v (4.1-jadval). a sinfga suvda erimaydigan yoki namiqmaydigan organik bog’lovchilar kiradi; b sinfga suvda eriydigan yoki namlanadigan organik bog’lovchilar kiradi; v sinfiga suvda eriydigan yoki namlanadigan noorganik bog’lovchilar kiradi. Bog’lovchilarni sinflarga bo’lishdan maqsad ularning xossalarini, ya’ni aralashmaning nam xolatdagi mustahkamligini, bog’lovchilarni gil bilai birgalikda qo’llanilish imkonini, aralashmaning yopishqoqlik darajasini, oquvchanlikni, moyillikni, uni quymadan ajralish darajasini vahakozalarni oldindan bila olishdan iborat. Aralashmaning tarkibiga optimal miqdorda bog’lovchi qo’shiladi.har bir turdagi bog’lovchi uchun gost yoki texnik shartda ko’rsatilgan aniq bir miqdor mavjud. Nisbiy mustahkamlik bog’lovchi qobig’ining qotish xarakteriga bog’liq. Agar qotish davrida chuqur kimyoviy o’zgarishlar kechsa, (oksidlanish, polimerlanish yoki polikondensastiyalanish), uholda bog’lovchining nisbiy mustahkamligi 5 kg kuch/sm2-1% dan katta bo’ladi. Agar qotish jarayoni qaytar reakstiya asosida borsa, uholda nisbiy mustahkamlik 3 kg kuch/sm2-1% dan kichik bo’ladi. Download 43.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling