Ushbu atamalar glossariysida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda keltirilgan atamalarning qisqacha izohi keltirilgan.
Avj (arab - cho‘qqi) – 1.Musiqa asarning eng yuqori cho‘qqisi, kulminatsiyasi. 2.O‘n ikki maqom tizimidagi ma’lum sho‘ba nomi. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari mumtoz musiqasida kichik, o‘rta va katta (yuqori) avjilari mavjud bo‘lib, ular «Ushshoq», «Muxayyar», «Turk», «Zebo pari» singari nomlar bilan ataladi.
Adajio (ital. adajio – tinch, sekin) - 1.Asarni og‘ir, vazmin sur’atda ijro etish belgisi. 2.Klassik baletida yakkaxon bo‘lib yoki duetda ijro etiladigan sekin su’ratdagi raqs. Temp.
Akkord (ital. accordo, frans. accord, lot. accordo - birdamlik) - uchva undan ortiq tovushlarning bir vaqt o‘zida yangrashi.
Allegro (ital.Allegro – jonli, xushchaqchaq) - temp, sur’at.
Agogika - lotincha yurgizish, ergashtirish. Musiqa ijrochiligidagi badiiy niyatni ko‘zlab asar sur’atini biroz o‘zgartirish, ya’ni tezlatish yoki sekinlatishni bildiradi.
Andante (ital. Andante – piyoda yurmoq) – musiqada o‘rtacha tezlikda ijro etiladigan temp, sur’at.
Ansambl (frans.yensemble – birgalikda) – 1.Badiiy jamoa guruhi. 2.Ovoz yoki cholg‘ularning uyg‘unlashuvi. 3.Bir guruh ijrochilari uchun musiqa asari (duet, trio, kvartet va x.q.).
Arpedjiolar ikki va uch oktava oralig‘ida triollar bilan ikki yarim oktava oralig‘ida kvartollar bilan, D7 va kich. VII7 lar ikki va uch oktava oralig‘ida kvartollar (ikki yarim oktava oralig‘ida chalinmaydi) bilan chalinadi.
Asosiy tonlik arpedjiosi aylanmalari triol va kvartol shaklida ham chalinadi. D7 va kich. VII7 lar esa kvartol shaklida ijro qilinadi;
d) gammalarni detache, legato, staccato, marcato, portato kabi turli shtrixlarda ifodalash;
ye) f, p, sf, fp kabi har xil dinamik belgilar bilan chalish;
j) turli applikaturani qo‘llagan holda ijro etish bilan ijrochilik mahorati rivojlantiriladi.
Artikulyatsiya barcha shtrix harakatlari orqali (ma’lum kuy jumlasi yoki frazasida) erishilgan natijalar yig‘indisi bo‘lib, muayyan shtrixlar asosida kuyning barcha ifoda vositalari (temp, ritm, dinamika, registr)ning ham mutanosib va muvofiq ravishdagi ishtirokini ta’minlashiga artikulyatsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |