Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish
Download 167.21 Kb.
|
An\'anaviy xonandalik
Umumiy xulosa
Inson yaralibdiki, san’atga oshuq bo’lib yashab keladi. Har bir tarixiy davrning madaniyati va san’ati bo’lganidek, har bir xalqning xam o’z madaniyati va san’ati asrlar osha sayqal topib avlodtsanavlodga meros sifatida o’tib keladi. Uzoq aflarga borib taqaladigan bizning san’at merosimiz ham o’zining boy tarixiga ega. Yuraklarni junbushga keltiradigan maqomlarimiz, zakiylik, hofizlik san’atlarimiz bizga ulug’ usgozlar yoqib ketgan so’nmas chiroqlardir. Lekin shularning ichida bir noyob meros borki, bu san’atkorning odobi va madaniyatidir. Bu ulkan meros san’at axlini eng yuqori cho’qqiga ko’targan, xalq orasida hurmat e’tiborini oshirgan. Yoki aksincha, beodobligi tufayli qanchalik mashhur bo’lmasin, el nazaridan qoldirgan. Ustoz Yusufjon qiziq shunday der ekanlar: «Hoy san’atkorlar, odobli bo’linglar, sizlar o’rtaga chiqqanlaringizda minglab xalq sizga ko’z tikib turadi. Ular sizni qo’shiqlaringizni tinglash bilan birga odobingizga, kiyimingizga ham razm soladi. Odobni sizdan o’rganadi. Bizlar xalqni madaniyatga, odobga chorlovchi muqaddas kasb egalarimiz». Ustozning ushbu purma’no so’zlarini taxlil qilish joiz bo’lmasa kerak. San’atkor odobi va madaniyati juda keng qamrovli bo’lib, faqat uch to’rt og’iz so’z bilan buni ifodalab bo’lmaydi. San’atkor xalq orasida o’zini sipo tutishini, yaxshi muomalasi, ozoda kiyinishi, birbirlariga bo’lgan xurmati, ayniqsa ustozlarga bo’lgan izzate’tibor, kamtarinligi bilan ajralib turishi kerak. CHunki bu xislatlarning barchasi xalqning ko’z o’ngida bajariladi. Xalq bularni ko’rib san’atkordan andoza oladi. Ming afsuslar bo’lsinki, bugunga keyaib biz bularning ko’proq aksini kuzatayapmiz. Hozirgi avlod san’atkorlarida, ayniqsa yoshlarimizda ustozlarimiz bizlarga o’lmas meros qilib qodirib ketgan odob va madaniyat yetishmayotgandek tuyulmoqda. Bunga sabab nima?degan tabiiy savol tug’iladi. Ilgarilari ashula aytishni yoki soz chalishni o’rganish uchun biron ustozga shogird tushilar edi. Shogird bir necha yil o’sha ustozning xizmatini qilib, o’gitlarini tinglab, achchiqquruq so’zlarini eshitib, ashula aytishni yoki soz chalishni o’rganar edi. Ustoz nazarida shogird shu soxada o’z nonini topib yeyarlik darajasiga yetganda oq fotiha va hayotga yo’llanma berar edi. Hozir esa bugungi hayot taqazosi bilan texnika rivojlangan davrda mashhurlika juda oson erishilmoqtsa. Natijada ular xayotning ustozshogirdlik bosqichini bosib o’tishmayapti. Ularning ustozi magnitofonga aylanib qolmoqda. Ularga san’at odobidan, madaniyatidan saboq beradigan ustozlar tobora kamayib bormoqda. Aksincha, biron nasihat qilsangiz ba’zilar o’zlariga or deb tushunishadi. Ba’zi san’atkorlarni televidenie ekaranlarida, sahna va izdihomlarda mensimay o’zlarinitutishlari, noo’rin kiyinishlari, balandparvoz so’zlari, qo’pol muomalalari, arzimas pulning orqasidan birbirlariga bo’lgan behurmatliklari odamning ensasini qotiradi. Naxot bugunga kelib ustozlarimiz biz uchun oltin meros qilib qoldirib ketishgan san’atkorona odobimiz, madaniyatimiz toptalsa, biz bunga amal qilmasak. Bu xech kechirib bo’lmas holdir. Qanchalik achchiq bo’lmasin, ushbu so’zlarni aytishga majbur bo’ldik. Buning uchun ham kasb do’stlarimiz kechirsinlar. 1963 yilda Marg’ilonda sozanda Obloyor aka o’g’illariga sunnat to’yi qildi. Ustoz Jo’raxon Sultonov bu to’yga to’yona qilib xorazmlik mashhur san’atkorlar Hojixon Boltaev, Nurmuxammad Boltaev, Quvondiq Iskandarovlarni birga olib keldi. To’yxonaga kirishda mehmonlar sharafiga oq poyondoz solindi. Jo’raxon aka Hojixon Boltaevga, marxamat kirsinlar, deb, yo’l ko’rsatdi. Shunda Hojixon usgoz: Yo’q, Jo’raxon, xali sizning oldingazga tushib yuradigan hofiz tug’ilgan emas, siz oldin yurasiz, men orqangizdan yuraman, deb javob berdi. Ustoz odobini ko’rib, odamlar xayratda lol qoldilar. Shu kuni bazmni boshqargan Jo’raxon Sultonov kelgan san’atkorlarni birbir tanishtirib bazmni ochib berishni ustoz xofizlar Boltaboy Rajabov va Mamat buva Sattorovlarga berdilar. So’ngra barcha tashrif buyurgan san’atkorlarga bir juftdan qo’shiq navbati berildi. Bazm so’ngida Jo’raxon ustoz bir juft ajoyib qo’shiqlaridan kuylab bazmga fotixa berdilar. Ustoz san’atkor to’g’risida S.Mannopov shunday deydi : Qo’qon shaxrida juda katta to’y marosimiga mashhur hofiz Komiljon Otaniyozov kirib keldilar. So’riga o’tirib fotixa qilganlaridan so’ng, darxol qo’llarigatorni olib qo’shiq boshladilar. Xorazm maqomlaridanto’rtta qo’shiq ku ylab torlarini qo’ydilar. So’ngra to’yni boshqarayotgan Murodjon Axmedov mehmonlar qatorida o’tirgan Jo’raxon Sultonovdan bazmni ochib berishni iltimos qildi. Jo’raxon ustozning shu yerda ekanligidan ogoh bo’lgan Komiljon Otaniyozov o’rnidan irg’ib turib pastga tushdida, oyoq kiyimini xam kiymay to’g’ri ustozning oldilariga borib, tizzasi bilan yukundi va beodoblik qilib ustozdan oddin qo’shiq aytgani uchun uzr so’radi. Jo’raxon ustoz Komiljon akaning yelkasiga qo’lini qo’yib uzrini qabul qildilar. O’tirgan barcha mehmonlar bu voqeadan taajjubda qoldilar va bunday ulug’ odobga taxsin o’qidilar. Ba’zida o’ylanib qolaman, shunday ulug’ merosdan benasib qolmoqdamiz. Naxot kelajak sanatkorlar avlodi ham ushbu ulug’ ne’matdan benasib bo’lib qoladilar. Yo’q, bunday bo’lishi mumkin emas. Buyuk ustozlarimiz asrlar bo’yi e’zozlab kelgan san’atkor odobi va madaniyatidan ko’z yumishga, uni toptashga hech xaqqimiz yo’q. Bu ujan merosni kelgusi avlodga yetkazishda barcha san’atkorlardan bu yo’lda sobitqadam bo’lishlikni, ulug’ ustozlarimiz yoqib ketgan odob va madaniyat chirog’ini avaylab asrashlik talab qilinadi. Hozirda yashab ijod etayotgan ko’shiqchilarimiz mumtoz ko’shiq kuylasalar, ba’zi davralarda ularni hurmat qilmaydigan ba’zi yoshlarni ko’rib xursand bo’lib ketaman. Yosh bo’lishiga qaramay, bemalol maqom ko’shiklariini yuragidan kuylayotgan honandalarni ko’rsak dilimiz yayraydi. Vodiyda yashab ijod etgan ustozlar Mamadbobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erkaqori Karimov, Hamroqul qori To’raqulov, Sherqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzaev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Ortiqxo’ja Imomxo’jaev, Zaynab Polvonova, Rasulqori Mamadaliev Ro’zmatjon Isaboev Berta Davidova, Fattohxon Mamadaliev, Tavakkal Qodirov, Tolibjon Badinov, va ijod etayotgan ustozlar M.Azizova X.Oxunova Rahimaxon Mazohidova, Kamoliddin Rahimov, O’rinboy Nuraliev, Jo’raxon Rahimov, SHerali Jo’raev Nuriddin Hamroqulov Ikromjon Bo’ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqovlar, xamda ana shunday xonandalarimizdan Munojot Yo’lchieva, Ma’murjon To’xtasinov, Mahmudjon Tojiboev, Mahmudjon Yo’ldoshev, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Qobiljon Yusupov, Solijon MamatovMatluba Dadaboyeva, Hurriyat Isroilova, Abdulhay Karimov, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, Salohiddin Azizboyev, Tohirjon Shokirov singari hofiz va xonandalar, ustozlar ijrochilik maktabiga suyangan holda, o’zlariga xos ijrochilik yo’llari va uslublari bilan qo’shiqchilik xazinasiga katta xissa qo’shmoqdalar. Avlodlarimiz asrlar mobayiida e’zozlab sayqal berishib katta ijodiy yo’llari bilan buyuk san’atimiz xazinasini, milliy qo’shqchiligimizning ijrochilik an’anasini ushbu san’atkor biz yosh avlod vakillari kelgusi asrlarga ham olib o’tadilar degan umiddamiz. Mazkur tadqiqot ishi yakunida olingan xulosalar va natijalarga tayanib, quyidagilarni taklif etaman: Farg’ona vodiysi an’anaviy xonandalik Ijro uslublarini umum ta’lim maktablariga tadbiq etish kerak. An’anaviy xonandalik ijrochi nomoyondalari hayot faoliyatini va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqlarini yoshlar ongiga singdirish lozim. Farg’ona vodiysi an’anaviy xonandalik maktabi namoyondalari nomini abadiylashtirish, ijod maktablari va uy muzeylarini tashkil etish kerak. An’anaviy xonandalik qo’shiqlaridan o’rganish davomida maktablarida ustoz-shogird an’analarini takomillashtirish zarur. Download 167.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling