Ballada (frans.ballade) - adabiyot va musiqada lirik-epik janr.
Bastakor (fors.-toj. «basta» - bog‘lov, «kor» - ish) – musiqa asarlarni yaratuvchi ijodkor. Keng ma’noda – kompozitor.
Blyuz – (ingl.blues-qayg‘u, g‘amginlik) – afrikali negrlardan meros qolgan AQSh afro-amerikaliklarning yakkaxon qishloq¸ keyinchalik shahar g‘amgin mazmundagi lirik qo‘shiq.
Vokaliz (frans.vokalise –unli tovush) – kuylash uchun unli tovushga so‘zsiz aytiladigan qo‘shiq.
Vokal musiqasi – kuylash uchun mo‘ljallangan musiqa.
Vibrato – to‘lqinlatish, tovush nolasi: tovush sifatini boyituvchi omillardan bo‘lib, u tovushga o‘ziga xos joziba baxsh etadi va go‘yo uni qizdirib jonlantiradi.
Garmoniya (yun.harmoniya – bog‘lanish, mutanosiblik, ohangdoshlik) – tovushlar ohangdoshligi uyg‘unlashuviga asoslangan, ko‘povozlilikni har qanday tuzilishi bilan bog‘langan musiqa ifoda vositalari.
Diapazon (yun.diapazon (chordon) – hamma (torlar)dan o‘tib) – osoz, cholg‘u, musiqa asardagitovush hajmi.
Dinamika (yun.dinamis - kuch) – tovushlarning qattiq-sekin ijro qilinishi. Ital.atamalari bilan belgilanadi.
Diqqat: musiqa san’atida ijrochining hissiy, intelektual, harakatga keluvchi jarayonlardagi faoliyat samaradorligining muhim shartidir. Musiqiy faoliyatning barcha turlari diqqat bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa jamoa bo‘lib ijro qilishda u juda muhimdir. Ya’ni orkestrda chalishdan avval dirijerning ko‘tarilgan qo‘llari, auftakt, yakkaxon va jo‘rnavoz o‘rtasidagi ishora va harakatlarning hammasi musiqada diqqat deb ataladi.
Musiqiy asar:
Ma’lum bir musiqiy asar B.Asafev ta’biri bilan aytganda uch xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi.
Bu nota matni, ya’ni yozuv asosida.
Ijrochi tomonidan talqin qilingan jonli ijroda.
Tinglovchining hayotiy tajribasi va badiiy obrazlarning u tomonidan qabul qilinishi natijasida asarni haqiqiy ijro jarayoni amalga oshiriladi.
Musiqiy ifoda vositalari: tovush hosil qilish va uning akustik asoslari, musiqiy tovush, sozning tozaligi (intonatsiya), tovush tusi (tembr), nola (vibrato), usul (ritm), o‘lchov, sur’at, agogika, artikulyatsiya, dinamik belgi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |