Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish


Intonatsiya (lotincha - baland, yuqori)


Download 167.21 Kb.
bet17/22
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1478053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
An\'anaviy xonandalik

Intonatsiya (lotincha - baland, yuqori): Uning tozaligiga erishish uchun avvalo sozandaning cholg‘u asbobi sifatli ishlangan va chalinib tajribadan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari tovushning toza chiqishi ijrochining mahoratiga va kayfiyatiga ham bog‘liq. Shuningdek, cholg‘udagi qo‘shimcha pardalar (dopolnitelnaya applikatura) ni qo‘llash orqali ham tovushni past yoki balandligini muvofiqlashtirish mumkin.
Tovush tembri (tembr fr. — tovush bo‘yog‘i, tusi, xarakteri) tovush sifatining muhim omillaridan bo‘lib, har bir inson ovozi va cholg‘u asbobi tovushiga xos xususiyat.
Tovush kuchi: Tebranish harakatinig kengligi va kuchiga bog‘liq. Ya’ni tovush hosil qiluvchi membrananing tebranish miqyosi – amplitudasi qancha keng va kuchli bo‘lsa tovush ham shuncha kuchayadi. Dinamik o‘zgarishlarni uch asosiy guruhga taqsimlanadi:
a) turg‘un, ya’ni o‘zgarmaydigan;
b) asta-sekin o‘zgaruvchan, pog‘onama-pog‘ona kuchayib yoki pasayib boruvchi turlari mavjud: kuchsizdan (pastdan): pp-p-mp-mf-f-ff kuchliga va aksincha kuchlidan ff-f-mf-mp-p-pp susayib boruvchi;
v) qarama - qarshi - tafovutli (kontrastnыy) p-f, pp-ff va unga aloqador urg‘ular tovush kuchini oshirish va pasaytirish belgilari sifatida asar mohiyatini ochishda xizmat qiladi.
Ijrochilik texnikasi: Barmoqlar harakati, ijrochilik nafasi, til va lablarning harakatchanligi, chap va o‘ng qo‘llarning mutanosibligi kabi omillar kiradi.
Ijrochilik holati (ispolnitelskaya postanovka): cholg‘u sozini qanday ushlash, uni chalishga hozirlash va chalish uchun (butun tana, bosh, qo‘llar, oyoqlar, ambushyur) tayyor bo‘lish tushuniladi
Legatissimo – tovushlarning yanada ko‘proq bog‘liqligini talab qiladigan shtrix.
Glissando – glissando –ma’lum bir notadan keyinchi notagacha bo‘lgan oraliqda kuyning sirpanchiq harakati,.
Ijrochilik nafasi: o‘pkaning to‘liq hajmiga olinadi. Uning asosan uch turi turi mavjud bo‘lib, bular:
a) ko‘krak nafasi, bunda o‘pkaning yuqori qismi havoga to‘lishi natijasida ko‘krak qafaslari kengayadi, qorin bo‘shlig‘i (diafragma)esa passiv holatda bo‘ladi;
b) qorin nafasi, bunda o‘pkaning pastki qismi havoga to‘lishi natijasida qorin bo‘shlig‘i (diafragma) ko‘tariladi. Ko‘krak qafaslari esa passiv holatda qoladi;
v) aralash nafasda o‘pkaning butun hajmi havo bilan to‘ladi, bunda olingan nafas o‘pkaning pastki qismidan to‘lishib, qorin (diafragma) ko‘tariladi va yuqori qismi ham to‘lishi natijasida ko‘krak qafasi kengayadi. Bu ko‘krak va qorin nafaslarining aralashgan turi bo‘lib, ijrochilikda eng ko‘p qo‘llaniladigan samarali nafas hisoblanadi.

Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling