Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish


Download 167.21 Kb.
bet19/22
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1478053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
An\'anaviy xonandalik

Musiqiy xotira - inson ruhiy jarayonining muhim jihatlaridan biri yod olish va xotirada saqlash bo‘lib, uning mohiyati esda saqlab qolish va zarur paytda o‘sha xotiradagilarni ma’lum bir vosita orqali yuzaga chiqarish-namayon qilish hisoblanadi.

Xotira turlari:
a) tovush balandligi, kuchi, tembri, lad tizimi, usuli, ohangdoshligi, kuy va qo‘shiq shaklini esda saqlash bilan bog‘liq xotira turlari;
b) inson qiyofasi, tabiat manzarasi, buyum namunasi, biror obraz, nota yozuvi, ularning cho‘zimi, turoqlanishi va boshqalarning qog‘ozda – yozuvda, ekranda ifodalanishi ko‘zda muhrlanadi va ko‘rish xotirasiga kiradi;
v) turli harakatlarni eslab qolish va uni qaytarish (dirijerlik, raqs, pantomima va h.k.), cholg‘u asbobini tana sezgi organlari (lab, qo‘l va barmoqlar, nafas organlari harakati va h.k.) sezib eslab qolinishi sezgi-harakat xotirasi;
g) esnash, kulish, yig‘lash, lazzatlanish, ta’sirlanish, emotsiya tuyg‘ularini esga olib o‘zida aks ettirish his-hayajon xotirasi;
d) hikoya, roman, she’r, maqol, topishmoq va boshqalar so‘z-mantiq xotirasi turlariga kiradi.
Xotirani yanada mustahkamlash uchun ustoz sozandalar (G.G.Neygauz) tomonidan musiqiy asarni yod olishda quyidagicha yo‘l tutilishi uqtiriladi:
a) asarni nota bilan cholg‘u asbobida chalib esda saqlashga harakat qilish;
b) notasiz cholg‘uda yoddan chalish;
v) cholg‘u asbobisiz notaga qarab ko‘rish orqali ko‘z xotirasida mustahkamlash;
g) notasiz va cholg‘u asbobisiz hayoldan o‘tkazish orqali musiqiy xotira mustahkamlanadi.
Musiqiy xotira mustahkam bo‘lishi uchun nafaqat aqliy xotira (quvvaiy hofiza), balki, «qalb xotirasi» zarurligini ko‘pchilik olimlar ta’kidlashadi.
Usul sezgisi musiqiy asarlarning tuzilishida eng asosiy omillardan biri bo‘lib, ijrochilik jarayonida katta ahamiyatga ega. U inson organizmi bilan tabiatdagi o‘zaro o‘lchov va ritmik bog‘liqlik hamda mutanosiblikni ifodalaydi. Bunda insonning yurak urishi, nafas olishi, qadam tashlashi, hissiy (emotsional) harakat sezgilari tabiatining barcha jihatlari bilan bog‘liqdir.
Rubato — lotincha – o‘g‘irlangan, notalarning cho‘zim miqdori aniq saqlanmagani holda ijrochining xohishi bo‘yicha kengaytirib yoki qisqartirib ijro qilish.



Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling