Qo‘lyozma huquqida udk535. 33


Download 1.31 Mb.
bet31/40
Sana05.01.2022
Hajmi1.31 Mb.
#226820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
ferromagnitlarning magnit xossalarini xoll effekti yordamida aniqlash (1)

2.3-rasm. Xoll datchigi ko'rinish sxemasi

Bu zanjir I tokning ikkita chiqish zanjiridan va II chiqish zanjiridan iborat zanjir qarshiligi = 385 Om bo'lgan G galvanometrli qayd qilish qurilmasidan iborat bo'lib, u universal kuchaytirgich orqali ulangan. Ток KBC - L - 0.5 (B) manbadan I zanjirda R=5000 Om qarshilikli reostat orqali tanlanadi. Bu tokning qiymati (1-10 mA) atrofida bo'ladi. Shundagina II zanjirda magnit induksiyasi bo'yicha zarur bo'lgan sezgirlik hosil bo'ladi. Magnit induksiyasining maksimal qiymatida galvanometrning (G) strelkasi 0 dan chapga o'ng tarafga maksimal qiymatni ko'rsatishi kerak.

Agar bu qayd qilayotgan ko'rgazmali jihozimiz tavsifida Xoll datchigi magnit induksiyasining (B) indikatori sifatida xizmat qilar ekan, jismni shunday joylashtirish kerakki, u datchik sirtiga parallel joylashsin. Bunda qayd qiluvchi qurilma В magnit induksiyasining qiymatini qayd qiladi[8,9]. Bu qiymat magnit induksiyasi vektoriga to'g'ri proporsional bo'ladi.



Bunda k - proporsionallik koeffitsiyenti, В - esa barcha hollarda doimiy bo'lib, barcha namumalar uchun bir xil.

1, 2, 3 taqdimotlarda kuchaytirgich ulanadi, Dx ning ishchi sirtiga esa metal simlar, sterjinlar yoki mixchalar yaqinlashtirilib sinab ko'riladi. Keyin magnitni kuzatilayotgan jismga yaqinlashtiriladi yoki g'altak orqali tok o'tkaziladi. Shundan keyin magnitni chiqarib olinadi yoki tok uzilib qo'yiladi. Bu vaqtda o'quvchilar galvanometrni kuzatib o'tiradilar va ular tashqi magnit maydonida kuchli magnitli modda juda katta miqdorda magnitsizlanishini o'z ko'zlari bilan kо'rib, ishonch hosil qiladilar. Lekin ayrim moddalar o'zlarining magnit xususiyatlarini tashqi magnit maydon ta'siri to'xtagandan keyin ham saqlab qolishadi. Ya'ni ular o'zlari doimiy magnitga aylanib qoladilar.

Shuni qayd qilish kerakki, bu tajriba yordamida moddaga tashqi magnit maydon ta'sir qilganda moddalarning magnitsizlanish darajasi nafaqat maydon ta'siriga balki moddaning kimyoviy tarkibiga va boshqa faktorlarga ham bog'liq bo'lishi ko'rsatiladi.



Endi biz quyidagi 4 va tajribalarga atroflicha to'xtalib o'tamiz. Magnitsizlanish egriligini olish uchun kuchlanishi 12 V ga teng bo'lgan ikkita g'altakdan foydalaniladi. Bu ikkita g'altak yonma-yon shunday joylashtiriladi va ular manbaga shunday ulanadiki, bunda ularning magnit maydonlari bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan bo'ladi (2.3-rasm).




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling