III BOB.TAJRIBA NATIJALARI VA ULARNI TAHLILI………………51
3.1. Temir – kobalt asosidagi qotishmalarining magnit singdiruvchanligini aniqlash…………………………………………….…………………………...51
3.2. Temir – kobalt asosidagi qotishmalarining magnitlanish natijalari va tahlili……………………………………………………………………………54
Xulosa ………………………..…………………………………….…….........57
Foydalanilgan adabiyotlar ..…………………………………….……………58
Ilova .…………………………………………………………………………..59
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishida yaratilayotgan yangi magnit materiallarning o’rni beqiyosdir. Shunday ekan hozirgi vaqtda temir guruhi metallari va ular asosidagi birikmalarning elektr, magnit, shu jumladan fizik xossalarini o’rganishga bo’lgan qiziqish ularning amalda keng qo’llanilishi bilan bevosita bog’liqdir. Ulardan doimiy magnitlar, axborotlarni yozishda, kompyuter texnikasida va boshqa o’ziga xos magnit xossali yangi magnit materiallar yaratishda keng qo’llaniladi. Bunday materiallarga bo’lgan qiziqish ularning metallurgiyada, energetikada va boshqa sohalarda keng qo’llanilishi va ilmiy-nazariy ahamiyati bilan bog’liqdir. Keyingi vaqtda o'tkinchi elementlarning kislorod bilan hamda 4d elementlar qotishmalarining magnit xossasini o’rganishga keng etibor berilmoqda. Bunday materiallarni olish uchun uning kiristal strukturasi, eruvchanligi, erituvchanligi hamda holat diagrammasini bilish talab qilinadi.
Shu jihatdan olib qaraganda ularning magnit xossalarini o’rganish dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |