Qo‘lyozma huquqida udk535. 33


I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI


Download 1.31 Mb.
bet6/40
Sana05.01.2022
Hajmi1.31 Mb.
#226820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
ferromagnitlarning magnit xossalarini xoll effekti yordamida aniqlash (1)

I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

§ 1.1. Ferromagnetizm. Ferromagnitizmning magnitlanish egri chizig’i. Magnit gisterizesi.

Dia va paramagnetiklar bilan birga shunday moddalar ham borki, ular juda kuchli magnitlanish qobilyatiga ega. Tashqi maydon bo’lmaganda ham magnitlanish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar magnetiklarning alohida sinfini tashkil etadi. O’zining eng ko’p tarqalgan vakili temir bo’lganidan ular ferromagnitiklar deb nomlanadi [1]. Temir, nikel, kobalt, gadaliniy va ularning qotishmalari, shuningdek, marganes va xromning ferromagnit bo’lmagan elementlar bilan birlashmalari (masalan Mn AlCu, CrTe va boshqalar) ferromagnetlarga misol bo’la oladi. Keyingi vaqtda ferritlar deb nomlangan ferromagnit yarimo’tkazgichlar katta ro’l o’ynamoqda. Ferromagnitizm bu moddalarning faqat kristall holatlari uchun xos bo’lgan xususiyatdir.

Ko’pgina ferromagnitiklarning magnit singdiruvchanligi oddiy temperaturalarda bir necha yuz va ming birliklar bilan o’lchanadi, ular maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan ferromagnitiklarda milliongacha yetadi.

Ferromagnetiklar kuchli magnitlanish qobilyatiga ega bo’lishidan tashqari dio va paramagnitlardan muxim farq qiluvchi qator xossalarga ham ega.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling